Beketov Nurseit Alijan o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va boshqarish texnologiyalarini takomillashtirish”, 13.00.01. – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3334.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Botirova Shaxlo Isamiddinovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Qodirov Quvondiq Ayitbaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish va boshqarish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish va boshqarishning ijtimoiy omillari va pedagogik funksiyasi global va tinchlik uchun ta’lim g‘oyasiga ustuvorlik berish orqali umuminsoniylik tamoyilini zamonaviy o‘quvchiga qo‘yilayotgan talablarga assosatsiv integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
tarbiyaviy faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlari, yo‘nalishlari va hamkorlik mexanizmlari o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish va ijtimoiy institutlar (oila, mahalla, ta’lim muassasasi va b.) o‘rtasida o‘zaro integrativ, maqsadli va tizimli hamkorlikni qaror toptirish asosida ishlab chiqilgan;
globallashuv sharoitida yoshlar tarbiyasini tashkil etishning funksional modeli o‘quvchilar kognitiv faoliyatining algoritmik bosqichlarini jamiyatning o‘zgaruvchan talablaridan kelib chiqqan holda maktab tarbiyaviy faoliyatiga muvofiqlashtirish asosida ishlab chiqilgan;
tarbiyaviy ishlarni rivojlantirish mexanizmining didaktik ta’minoti zamonaviy o‘qituvchi professiogrammasini globballashuvning paradoksal yondashuvlariga ta’lim va tarbiya omili rakursi hamda davr jarayonlariga muvofiq uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
globallashuv jarayonining umuminsoniylik, yaxlitlashuv, zamon va makon birligi tamoyillarini zamonaviy o‘quvchiga qo‘yilayotgan tashkilotchilik, kommunikativ va gnostik malakalar hamda kognitiv, didaktik, akademik va perseptiv qobiliyatlarga integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish va boshqarishning ijtimoiy omillari va pedagogik funksiyasi bo‘yicha xulosa va takliflardan umumiy o‘rta ta’lim maktablari tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va boshqarishda “Tarbiya” o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-buyrug‘i, ro‘yxat raqami 166-155). Natijada, umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlarni zamonaviy talablarga mos holda tashkil qilish va boshqarishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish va ijtimoiy institutlar (oila, mahalla, ta’lim muassasasi va b.) o‘rtasida o‘zaro integrativ, maqsadli va tizimli hamkorlikni qaror toptirish asosida ishlab chiqilgan tarbiyaviy faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlari, yo‘nalishlari va hamkorlik mexanizmlari bo‘yicha amaliy taklif va metodik tavsiyalardan O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpoq filialida A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy – axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihada doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpoq filialining 2022 yil 18 maydagi 123/1-son dalolatnomasi). Natijada, umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilar kognitiv faoliyatining tanishuv-bilish, tushunish-qo‘llash, tahlil qilish-umumlashtirish, refleksiya-baholash kabi algoritmik bosqichlarini jamiyatning o‘zgaruvchan talablaridan kelib chiqqan holda maktab tarbiyaviy faoliyatiga muvofiqlashtirish asosida ishlab chiqilgan globallashuv sharoitida yoshlar tarbiyasini tashkil etishning funksional modeli va zamonaviy o‘qituvchi professiogrammasini globallashuvning paradoksal yondashuvlariga ta’lim va tarbiya omili rakursi hamda davr jarayonlariga muvofiq uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan tarbiyaviy ishlarni rivojlantirish mexanizmining didaktik ta’minoti bo‘yicha bildirilgan xulosalardan 2017-2020 yillarda bajarilgan O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpoq filialida F3-2016-09081165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” fundamental loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpoq filialining 2022 yil 18 maydagi 123/1-son dalolatnomasi). Natijada, yoshlar tarbiyasida globallashuv omilini hisobga olish va ularni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash g‘oyasi asosida boyitilishiga xizmat qilgan.