Axmedov Ulug‘bek Qamarbekovichning

falsafa doktori(PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Qishloq joylarida uy xo‘jaliklarining qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirish faoliyatini rivojlantirish», 08.00.04–Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisod fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.2.PhD/Iqt90.

Ilmiy rahbari: Berkinov Bozorboy, iqtisod fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.I.10.03.

Rasmiy opponentlar:Qodirov Abdurashid Majidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Jumaev Otabek Tolibovich,iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot nomi:  O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: qishloq joylarida uy xo‘jaliklarining ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish va rivojlanishini rag‘batlantirishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

aholi zich yashovchi hududlarda uy xo‘jaliklarida er resurslaridan yil davomida oqilona va samarali foydalanishni ta’minlovchi ekinlarni ekish orqali xo‘jalik faoliyatini rivojlantirish va daromadlarini oshirish yo‘llari asoslangan;

uy xo‘jaliklari bilan infratuzilma muassasalari o‘rtasida f`yuchers shartnomalari asosida iqtisodiy munosabatlarni joriy etish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish, resurslar bilan ta’minlash va qayta ishlash sohalarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilgan;

uy xo‘jaliklarida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabning prognoz variantlarini ishlab chiqish asosida, uni ta’minlash yo‘llari va aholi iste’molidan ortiqcha mahsulotlarni eksport qilish hisobiga uning hajmini oshirish imkoniyatlari asoslab berilgan;

uy xo‘jaliklarida noqishloq xo‘jalik faoliyatini (kichik sex, mahsulotni qayta ishlash va saqlash qurilmalari) tashkil etishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash (imtiyozli kreditlar) yo‘llarini kengaytirish, shuningdek mulkiy javobgarlik (subsidiar) tamoyillariga o‘tish asosida xo‘jalik manfaatlarini himoya qilish va javobgarligini oshirish yuzasidan takliflar tayyorlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Qishloq joylarida uy xo‘jaliklarining qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirish faoliyatini rivojlantirish yuzasidan:

aholi zich yashovchi hududlarda uy xo‘jaliklarining qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish va daromadlarini oshirish bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 20 sentyabrdagi № 03/15-4855-son ma’lumotnoma) amaliyotga joriy etilgan. Mazkur takliflar doirasida uy xo‘jaliklarida qoramol, qo‘y va parrandalar parvarishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish, shuningdek takroriy ekinlar ekish va bir yilda kamida ikki marta hosil olish hisobiga bitta dehqon xo‘jaligi daromadi o‘rtacha 4,1 mln. so‘mni tashkil qilgan;

qishloq joylaridagi uy xo‘jaliklarining xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilma muassasalari bilan o‘zaro iqtisodiy munosabatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 20 sentyabrdagi № 03/15-4855-son ma’lumotnoma) amaliyotga joriy etilgan. Mazkur takliflarni amaliyotga joriy etish natijasida uy xo‘jaliklariga mineral o‘g‘it va kimyoviy preparatlar hamda sug‘orish suvi etkazib berish hajmi 8-12 foizga ko‘paydi, ularda etishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishning yangi kanallarini ochilishi hisobiga eksport hajmi 5-7 foizga oshirish imkoniyatini yaratgan;

uy xo‘jaliklarida dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari etishtirib berish uchun f`yuchers shartnomalari tuzish hamda qishloq aholisi uchun kichik kreditlar berish yo‘llarini kengaytirish yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 20 sentyabrdagi № 03/15-4855-son ma’lumotnoma) amaliyotga joriy etilgan. Ushbu taklifni amaliyotga tadbiq etilishi dehqon xo‘jaliklarida ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlarini davlat xaridi va qayta ishlash ehtiyojlari uchun xarid qilish shartnomalari umumiy qiymatining 7-9 foizga oshishini ta’minlagan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish