Achilova Mavluda Sa’dullaevnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Qo‘l mehnatiga o‘rgatish orqali o‘quvchilar ijodiy tafakkurini rivojlantirish texnologiyasi”, 13.00.01.–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3325. 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti. 
Ilmiy rahbar: Botirova Shaxlo Isamiddinovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01. 
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Shahzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Rahimov Baxtiyor Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini qo‘l mehnatiga o‘rgatish orqali ularning ijodiy tafakkurini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy tafakkur ko‘nikmalarini rivojlantirishning infoteynment modifikatsiyasi, kreativ tafakkur matrisasi, ijodiy fikrlash evolyusiyasi texnologiyalari o‘quvchilarning nazariy va empirik, mantiqiy va intuitiv bilish ko‘nikmalarini interfaol mashqlar, keys va assismentlar vositasida shakllantirish asosida takomillashtirilgan; 
o‘quvchilarda ijodiy va kreativ tafakkur ko‘nikmasini rivojlantirish texnologiyasining funksional modeli universallik, izchillik, normativlik tamoyillarini ong va tafakkurning substansional negizlariga qadriyatli va refleksif virtual muvofiqligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
qo‘l mehnatiga o‘rgatishning kognitiv va refleksiv ko‘rsatkichlari sinf va sinfdan tashqari uyushtiriladigan ishlarning guruhli va yakka tartibdagi mexanizmlari asosida aniqlanib, uning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ijodiy tafakkur ko‘nikmalarini rivojlantirishda tafakkur fazalariga muvofiq deterministik omil ekanligi dalillangan;
 ijodiy tafakkur ko‘nikmasiga ega o‘quvchi shaxsini tarbiyalashdagi miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini takomillashtirishning kreativlik mezonlari ta’limga dual yondashuv imkoniyatlari asosida aniqlashtirilib, uning pedagogik ta’sir mexanizmlari kross-madaniy ta’lim imkoniyatlari orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini qo‘l mehnatiga o‘rgatish orqali ijodiy tafakkurini rivojlantirish texnologiyasi bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
innovatsion ta’lim muhiti sharoitida o‘quvchilarning nazariy va empirik, mantiqiy va intuitiv bilish ko‘nikmalarini qaror toptirish asosida ishlab chiqilgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy tafakkur ko‘nikmalarini rivojlantirish texnologiyalari, universallik, izchillik, normativlik tamoyillarini ong va tafakkurning substansional negizlariga integratsiyalash asosida ishlab chiqilgan  o‘quvchilarda ijodiy va kreativ tafakkur ko‘nikmasini rivojlantirish texnologiyasining funksional modeli bo‘yicha taklif va xulosalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-02997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash muammolari” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 18 maydagi 124-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarini tarbiyalashda ijtimoiy foydali mehnatning roli va ahamiyatini ochib berishga xizmat qilgan;
 sinf va sinfdan tashqari uyushtiriladigan ishlarning guruhli va yakka tartibdagi mexanizmlari asosida aniqlangan va uning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ijodiy tafakkur ko‘nikmalarini rivojlantirishda deterministik omil ekanligi dalillangan o‘quvchilarni qo‘l mehnatiga o‘rgatishning pedagogik va metodik ko‘rsatkichlari bo‘yicha nazariy xulosalar T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan FZ-2016-09081165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyiha mazmuniga singdirilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 18 maydagi 124-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ijodiy tafakkurini rivojlantirishda lingvistik omilning imkoniyatlarini aniqlashtirishga xizmat qilgan;
ta’limga dual yondashuv imkoniyatlari asosida aniqlashtirilgan ijodiy tafakkur ko‘nikmasiga ega o‘quvchi shaxsini tarbiyalashdagi miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini takomillashtirishning kreativlik mezonlari va uning pedagogik ta’sir mexanizmlarini takomillashtirishga doir tavsiyalardan “Maktabgacha ta’limda tasviriy faoliyat” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-sonli buyrug‘i, 166-156-son raqam bilan ro‘yxatga olingan guvohnoma). Natijada, o‘quvchilarning ijodiy tafakkur imkoniyatlarini oshirishda qo‘l mehnati va tasviriy faoliyat uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish