Ahmadov Olimjon Shodmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “XIX asr oxiri - XX asr birinchi choragida Buxoroda ta’lim-tarbiya tizimi”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1240.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Ro‘zieva Dilnoz Isomjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Qodirov Qutlug‘ Bekmurodovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX asr oxiri - XX asr birinchi choragida Buxorodagi ta’lim-tarbiya tizimini undagi ilg‘or g‘oya va qarashlardan zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanishga oid ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Buxoro amirligidagi maktablarda diniy fanlarning o‘qitilishi va dunyoviy bilimlarning o‘rgatilmasligi jadidlar tomonidan ta’lim tizimini isloh qilish uchun harakat boshlaganliklariga sabab bo‘lgani ochib berilgan;
XX asr boshlarida ta’limni modernizatsiyalashtirish yo‘lidagi islohotchilik harakatlarining yangi usul maktablari, gimnaziya, progimnaziya, rus-tuzem maktablari, o‘quv bilim yurtlari kabi turkumlari an’anaviy maktabxona va madrasa ta’limi tizimi o‘qitish tizimining shakl va vositalaridan foydalanganligi dalillangan;
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi yillarida ta’limni dunyo standartlari darajasiga rivojlangan dunyoviy hamda diniy ta’limni birgalikda tashkil qilish orqali ta’lim-tarbiya tizimini yuksaltirish, chet elda o‘qitish orqali mahalliy aholi orasidan raqobatbardosh milliy malakali kadrlar tayyorlash choralari ko‘rilganligi hamda zamonaviy ta’lim tizimini yaratish uchun amaliy hatti-harakatlar olib borilganligi xalq xo‘jaligining barcha sohalarigarivojiga xizmat qilgani aniqlangan;
XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi Buxorodagi ta’lim-tarbiya hamda pedagogik taraqqiyot bosqichlari, tajribalari va tashkiliy-didaktik komponentlarining hozirgi barkamol shaxsni yuksak ma’naviy-axloqiy tarbiyalashdagi milliy qadriyatlar hamda ijtimoiy tarixiy tajribalar asosida rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIX asr oxiri – XX asr birinchi choragida Buxoroda ta’lim-tarbiya tizimi masalalarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, xulosa va takliflar asosida:
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Buxoro amirligidagi maktablarda diniy fanlarning o‘qitilishi va dunyoviy bilimlarning o‘rgatilmasligi jadidlar tomonidan ta’lim tizimini isloh qilish uchun harakat boshlaganliklariga sabab bo‘lganligi to‘g‘risidagi tarixiy ma’lumotlar asosidagi taklif va tavsiyalardan pedagogik ta’lim sohasi bakalavriat yo‘nalishlari talabalari uchun «Umumiy psixologiya va pedagogika» o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106-son buyrug‘i, 106-198-raqamli guvohnoma). Natijada, pedagogika tarixi modulini o‘qitishda birlamchi manbalardan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi yillarida ta’limni dunyo standartlari darajasiga davrining rivojlangan dunyoviy hamda diniy ta’limni birgalikda tashkil qilish orqali ta’lim-tarbiya tizimini ko‘tarish, chet elda o‘qitish orqali mahalliy aholi orasidan raqobatbardosh milliy malakali kadrlar tayyorlash choralari ko‘rilganligi hamda zamonaviy ta’lim tizimini yaratish uchun amaliy hatti – harakatlar olib borilganligi xalq xo‘jaligining barcha sohalariga rivojiga xizmat qilganligi to‘g‘risidagi natijalaridan Buxoro teleradiokompaniyasining “Moziy bisotidan”, “Asrlarning asraganlari”, “Assalom Buxoro” ko‘rsatuvlari ssenariysini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 1 noyabrdagi 1/281-son ma’lumotnomasi). Materiallar ko‘rsatuvlarni mazmunan boyitishga, teletomoshabinlarda Rossiya imperiyasi davrida o‘lkaga yangi kirib kelgan ta’lim-tarbiya shakllari, Buxoroda ta’lim-tarbiya tizimi haqida keng tushunchaga ega bo‘lishlariga xizmat qilgan;
XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi Buxorodagi ta’lim – tarbiya hamda pedagogik taraqqiyot bosqichlari, tajribalari va tashkiliy-didaktik komponentlarining hozirgi barkamol shaxsni yuksak ma’naviy-axloqiy tarbiyalashdagi milliy qadiryatlar hamda ijtimoiy tarixiy tajribalar asosida rivojlantirishdagi o‘rni ochib berilganligiga doir ilmiy xulosalaridan hamda XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi Buxorodagi ta’lim – tarbiya hamda pedagogik taraqqiyot bosqichlari, tajribalari va tashkiliy-didaktik komponentlarining hozirgi barkamol shaxsni yuksak ma’naviy-axloqiy tarbiyalashdagi o‘rni to‘g‘risidagi ma’lumotlardan «O‘zbekiston davlat va mahalliy boshqaruv tarixi» darsligining «Buxoro amirligining ag‘darilishi, Buxoro Xalq Sovet Respublikasining tashkil topishi» sarlavhali 10-mavzusini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2019 yil 2 maydagi 394-sonli buyrug‘i, 394-186-raqamli guvoxnoma). Bu oliy ta’limning tarix yo‘nalishi talabalariga Buxoro amirligi va Buxoro Xalq Sovet Respublikasi davri pedagogika tarixini o‘rganishlariga xizmat qilgan.