Abdurasulov Shoxrux Abdinaimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston teatrlarida nasriy asarlarning sahnaviy talqini”, 17.00.01 – teatr san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/San48.
Ilmiy rahbar: Muxtarov Il`dar Askadovich, san’atshunoslik fanlari doktori
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: San’atshunoslik instituti, DSc. 02/30.12.2019. San.51.01. 
Rasmiy opponentlar: Qodirova Dilafruz Muhsinovna, san’atshunoslik fanlari doktori; Kopazde Oybek Veysal o‘g‘li, san’atshunoslik fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy va jahon nasriy adabiyoti asosidagi spektakllarning estetik xususiyatlari, sahnaviy tamoyillari va o‘zbek teatri taraqqiyotidagi badiiy-g‘oyaviy ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nasriy asarlar spektakllarning stilistikasi, rejissyor talqinining obrazli jihatlari, aktyor ijrosining “kechinma san’ati”ga asoslangan xususiyatlari, ssenografiyadagi ramziy-allegorik echimlarga badiiy-g‘oyaviy jihatdan ta’sir ko‘rsatgani sababli o‘zbek teatrining muhim tendensiyalaridan biriga aylangani dalillangan;
zamonaviy rejissurada nasriy asarlarga yondashuv, sahnaviy echim, talqin shakllari takomillashayotgani, yangi uslubiy va ifodaviy vositalar yuzaga chiqayotgani bois inssenirovkaning “asar asosida inssenirovka”, “g‘oya asosida inssenirovka”, “motivlar asosida inssenirovka”, “kompozision kollaj” kabilarga ajratilgani asoslangan;      
Chingiz Aytmatov ijodining lirik-poetik xususiyatlar, xalq og‘zaki ijodi motivlari, mifologik syujetlar, fantasmogorik elementlarga boyligi sababli o‘zbek teatrida milliy musiqali drama janri, ramziy-metaforik uslubning rivojlanishi, fol`klor an’analarining zamonaviy sahna estetikasi bilan uyg‘unlashuviga xizmat qilgani isbotlangan;
istiqlol yillari milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotirani tiklashda milliy ruh va xarakter singdirilgan sahna asarlarini yaratish dolzarb ahamiyat kasb etgani bois mumtoz adabiyot, milliy nasr asarlarini sahnaviy talqini yangi davr o‘zbek teatrining ijodiy qiyofasini shakllantirishda muhim o‘rin tutganligi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston teatrlarida nasriy asarlarning sahnaviy talqini mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
nasriy asarlar spektakllarning stilistikasi, rejissyor talqinining obrazli jihatlari, aktyor ijrosining “kechinma san’ati”ga asoslangan  xususiyatlari, ssenografiyadagi ramziy-allegorik echimlarga badiiy-g‘oyaviy jihatdan ta’sir ko‘rsatgani sababli o‘zbek teatrining muhim tendensiyalaridan biriga aylanganini dalillovchi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik institutining 702 PZ-20170928517 “Teatr, kino va musiqa ustalari ijodi  O‘zbekiston milliy madaniyatining ustuvor omili sifatida” mavzusidagi amaliy loyihasining “O‘zbek teatr san’atining badiiy-g‘oyaviy xususiyatlari va ijtimoiy funksiyalari” deb nomlanuvchi qismini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022 yil 9 martdagi 3/1255-550-son ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekiston teatr san’atining tarixi va zamonaviy jarayonlarini o‘rganishda ahamiyatli bo‘lib, teatr nazariyasiga oid bilimlarni kengaytirishga xizmat qilgan;
Chingiz Aytmatov ijodining lirik-poetik xususiyatlar, xalq og‘zaki ijodi motivlari, mifologik syujetlar, fantasmogorik elementlarga boyligi sababli o‘zbek teatrida milliy musiqali drama janri, ramziy-metaforik uslubning rivojlanishi, fol`klor an’analarining zamonaviy sahna estetikasi bilan uyg‘unlashuviga xizmat qilganini isbotlovchi ilmiy xulosalardan respublika teatrlarida Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligi (2018 y) munosabati bilan adib asarlari asosida sahnalashtirilgan “Momo er”, “Jamila”, “Oq kema” spektakllarini badiiy-g‘oyaviy jihatdan takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022 yil 1 fevraldagi 02-12-05-339-son ma’lumotnomasi). Natijalar sahna ijodkorlarida nasriy asarlar bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish, adabiyot va teatr o‘rtasida ijodiy aloqalarni mustahkamlash, asar g‘oyasi va badiiyatining jamiyat estetik taraqqiyoti bilan mutanosibligini ta’minlashga xizmat qilgan; 
zamonaviy rejissurada nasriy asarlarga yondashuv, sahnaviy echim, talqin shakllari takomillashayotgani, yangi uslubiy va ifodaviy vositalar yuzaga chiqayotgani bois inssenirovkaning “asar asosida inssenirovka”, “g‘oya asosida inssenirovka”, “motivlar asosida inssenirovka”, “kompozision kollaj” singari turlarga ajratilganini asoslovchi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUKning 2020 yil 27 oktyabrdagi 02-40-1011-son ma’lumotnomasi). Natijada,  O‘zbekiston teatrlarida  nasriy asarlarning sahnaviy talqini alohida tendensiyaga aylangani asoslangan  va ilmiy natijalardan telekanalda teatr san’ati bilan bog‘liq dasturlar yaratishda foydalanilgan;      
istiqlol yillari milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotirani tiklashda milliy ruh va xarakter singdirilgan sahna asarlarini yaratish dolzarb ahamiyat kasb etgani bois mumtoz adabiyot, milliy nasr asarlarini sahnaviy talqini yangi davr o‘zbek teatrining ijodiy qiyofasini shakllantirishda muhim o‘rin tutgani aniqlanganini tasdiqlovchi ilmiy xulosalardan “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining “Ochiq namoyish”, “Telexiyobon” ko‘rsatuvlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali davlat muassasasining 2022 yil 1 fevraldagi 01-02-01/16-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Ochiq namoyish” ko‘rsatuvining “Otabek va Kumushbibi”, “Otamdan qolgan dalalar”, “Momo er”, “Telbaning nomalari” spektakllari tahliliga bag‘ishlangan sonlarida foydalanilgani dastur salmog‘ini yanada oshirishga, spektakllarning ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-g‘oyaviy ahamiyatini tomoshabinlar orasida keng targ‘ib qilishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish