Hakimova Mehriniso Homitovnaning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi xaqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim jarayonida uzviylikni ta’minlashning metodik imkoniyatlari”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped655.
Ilmiy tadqikot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy raxbar: Qosimov Fayzullo Muhammedovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK rakami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Shodiev Rizamat Davronovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Jumaev Mamanazar Irgashovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy axamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim jarayonida uzviylikni ta’minlash negizida kompetensiyaviy yondashuv yo‘llarini aniqlash, hamda zamonaviy texnologiyalarni ta’lim-tarbiya amaliyotida qo‘llash metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim jarayonida uzviylikni ta’minlash o‘quvchilarining bog‘lanishli nutqi verbal va noverbal muloqot davomida nutqiy va lingvistik, kommunikativ, o‘yin, ijtimoiy va bilish kompetensiyalarining zaruriy shakllanganlik darajasi va nutqning grammatik tuzilishiga oid zaruriy motiv va ta’limiy ehtiyojlarni refleksiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
quyi bosqich ta’lim tizimida uzviylikni ta’minlashga yo‘naltirilgan diagnostik komponentning tizimli, shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy, kvalimetrik yondashuvlari, metodologik komponentning o‘z ustida ishlash, kreativlik, amaliy komponentning kognitiv va emotsional hamda natijaviylik komponenti o‘z-o‘zini baholash va rivojlantirish mezonlariga ko‘ra takomillashtirilgan;
maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda uzviylikni ta’minlashga xizmat qiladigan o‘quvchilarining mantiqiy, ijodiy fikrlashini rivojlantirish va shaxsning intellektual qobiliyatini o‘stirish, hozirjavoblikka o‘rgatish, evristik izlanishga yo‘naltirish kabi shartlari o‘quv topshiriqlari, matnli masalalar, mantiqiy savol va topshiriqlar, evristik mashqlar hamda savol-javoblar, pauzali o‘qish, matn ustida ishlash, didaktik vaziyatlarni turkumlashtirishga doir didaktik topshiriqlar ishlab chiqilgan;
maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim jarayonida uzviylikni ta’minlash samaradorligini oshirishda foydalaniladigan topshiriqlar o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarining rivojlanganlik darajasi ko‘rsatkichlari, bolalarning munosabat, faoliyat va muloqot madaniyati, ma’naviy-irodaviy, ijobiy hissiy kabi shaxsiy sifatlarni intellektual rivojlanish traektoriyasi bilan integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim jarayonida uzviylikni ta’minlashning metodik imkoniyatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim jarayonida uzviylikni ta’minlash o‘quvchilarining bog‘lanishli nutqi verbal va noverbal muloqot davomida nutqiy va lingvistik, kommunikativ, o‘yin, ijtimoiy va bilish kompetensiyalarining zaruriy shakllanganlik darajasi va nutqning grammatik tuzilishiga oid takliflar “Matematika o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 7 dekabrdagi 648-son buyrug‘i, 648-004-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, maktabga tayyorlov guruhi va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik tasavvurlarini shakllantirish va bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini innovatsion kasbiy-pedagogik faoliyatga kreativ tayyorlashga xizmat qilgan;
quyi bosqich ta’lim tizimida uzviylikni ta’minlashga yo‘naltirilgan diagnostik komponentning tizimli, shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy, kvalimetrik yondashuvlari, metodologik komponentning o‘z ustida ishlash, kreativlik, amaliy komponentning kognitiv va emotsional hamda natijaviylik komponenti o‘z-o‘zini baholash va o‘z-o‘zini rivojlantirishga oid takliflardan Buxoro davlat universitetida 2017-2020 yillarda bajarilgan OT-F1-002 raqamli “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2022 yil 2 fevraldagi 01-01/01-1267-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarini boshlang‘ich ta’limga asoslangan o‘quv-biluv faoliyatini rivojlantirish metodlaridan samarali foydalanish ko‘nikmalari va o‘quv predmetlarga oid tasavvurlari shakllantirilgan;
maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda uzviylikni ta’minlashga xizmat qiladigan o‘quvchilarining mantiqiy, ijodiy fikrlashini rivojlantirish va shaxsning intellektual qobiliyatini o‘stirish, hozirjavoblikka o‘rgatish, evristik izlanishga yo‘naltirish kabi shartlari o‘quv topshiriqlari, matnli masalalar, mantiqiy savol va topshiriqlar, evristik mashqlar hamda savol-javoblar, pauzali o‘qish, matn ustida ishlash, didaktik vaziyatlarni turkumlashtirish va qo‘llashga oid takliflardan Namangan davlat universitetida 2017-2018 yillarda bajarilgan A-5-37 raqamli “Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dastlabki matematik bilimlarini shakllantirishga mo‘ljallangan mul`timediali intellektual o‘yinlar” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2022 yil 2 fevraldagi 01-01/01-1267-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchi-larining dastlabki matematik bilimlarini shakllantirish orqali boshlang‘ich ta’limga bo‘lgan motivatsiyasini rivojlantirishga erishilgan.