Ro‘zieva Dilnoz Salimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Axborot texnologiyalari asosida fizika fanining yorug‘lik hodisalariga doir mavzularini o‘qitishda tizimli yondashuv”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari) .
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2269.
Dissertatsiya ishi bajarilgan tashkilot: Buxoro muhandislik- texnologiya instituti.
Ilmiy rahbar: Sharipov Mirzo Zokirovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Ikromjon Gulamjonovich, fizika-matematika fanlari doktori (DSc), dotsent; Xujanov Erkin Berdievich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi axborot texnologiyalari asosida fizika fanining yorug‘lik hodisalariga doir mavzularini o‘qitishda tizimli yondashuv metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitishning tizimli yondashuv metodikasi amaliy tahlil kontekstida fizik qonuniyatlarni klassifikatsiyali mushohada qila olish darajasiga qo‘yiladigan ilmiy-amaliy mohiyatni anglash, tahlil qilish, xulosalash kabi talablari orqali fanni chuqur o‘rganish va ilmiy faoliyatni rivojlantirishga ta’sir etuvchi analiz, sintez, qiyoslash, umumlashtirish hamda xulosa chiqarish kabi usullar ketma-ketligiga ierarxik tizim shaklida ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
tizimli kompetentlikning shakllanish darajasi talabalardagi o‘zlashtirish bo‘shliqlarini to‘ldirishga yo‘naltirilgan differensial muhitda ijodiy, diagnostik, vaziyatlarga moslashuvchanlik qobiliyatlarini ifodalovchi kommunikativlik, intellektuallik hamda ijodiy-yaratuvchanlik kabi elementlarni kiritish orqali aniqlashtirilgan;
fizika fanining yorug‘lik hodisalariga doir mavzularini o‘qitishda individual ta’lim traektoriyalarini qurish modeli fanga oid va integral tushunchalarning vizual o‘zlashtirilishini ta’minlashga mo‘ljallangan topshiriqlar variatsiyalarini modulli o‘qitish jarayonida qo‘llashga yo‘naltirilgan muammoli ta’lim elementlari hamda murakkab masalalar tarkibini analiz qilish va echimini sintezlash kabi kasbiy etilish darajalari sinergetikasiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
axborot texnologiyalari vositasida fizika fanining yorug‘lik hodisalariga doir mavzularning o‘zlashtirilganligini intellektual baholash mezonlari muammoli ta’limning oddiydan murakkabga harakatlar tizimini qiyosiy bajarish kabi elementini mustaqil o‘quv topshiriqlari mazmuniga sabab-oqibat munosabatida singdirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fizikaning “Yorug‘lik hodisalari”ga doir mavzularini axborot texnologiyalaridan foydalanib tizimli yondashuv asosida o‘qitishda olingan ilmiy natijalar asosida:
texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitishning tizimli yondashuv metodikasi amaliy tahlil kontekstida fizik qonuniyatlarni klassifikatsiyali mushohada qila olish darajasiga qo‘yiladigan ilmiy-amaliy mohiyatni anglash, tahlil qilish, xulosalash kabi talablari orqali fanni chuqur o‘rganish va ilmiy faoliyatni rivojlantirishga ta’sir etuvchi analiz, sintez, qiyoslash, umumlashtirish hamda xulosa chiqarish kabi usullar ketma-ketligiga ierarxik tizim shaklida ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid amaliy taklif va tavsiyalardan “Texnikada optikaning qo‘llanilish asoslari” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-son buyrug‘i). Natijada, texnika yo‘nalishidagi oliy ta’limda fizika fanining o‘qitilishida yuqori samaradorlikka erishilgan;
tizimli kompetentlikning shakllanish darajasi talabalardagi o‘zlashtirish bo‘shliqlarini to‘ldirishga yo‘naltirilgan differensial muhitda ijodiy, diagnostik, vaziyatlarga moslashuvchanlik qobiliyatlarini ifodalovchi kommunikativlik, intellektuallik hamda ijodiy-yaratuvchanlik kabi elementlarni kiritish orqali aniqlashtirishga doir amaliy tavsiyalar “Fizikadan tajriba ishlari to‘plami (2-qism)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga kiritilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-son buyrug‘i, 302-0306 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarda tizimli kompetentlik elementlari shakllanishiga erishilgan;
fizika fanining yorug‘lik hodisalariga doir mavzularini o‘qitishda individual ta’lim traektoriyalarini qurish modeli fanga oid va integral tushunchalarning vizual o‘zlashtirilishini ta’minlashga mo‘ljallangan topshiriqlar variatsiyalarini modulli o‘qitish jarayonida qo‘llashga yo‘naltirilgan muammoli ta’lim elementlari hamda murakkab masalalar tarkibini analiz qilish va echimini sintezlash kabi kasbiy etilish darajalari sinergetikasiga ustuvorlik berish asosidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutining AM-PZ-2019062031- sonli “Yadro energetikasi”, “Yadro medisinasi va texnologiyasi”,“Radiatsion medisina va texnologiya” fanlari bo‘yicha bakalavr va magistrlar uchun mul`timediali darsliklarni yaratish” nomli innovatsion loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi yadro fizikasi institutining 2022 yil 20 maydagi 32-2115-351-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’limda fizika fanini o‘qitish bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish imkoniyatlari yanada oshirilishiga erishilgan;
axborot texnologiyalari vositasida fizika fanining yorug‘lik hodisalariga doir mavzularning o‘zlashtirilganligini intellektual baholash mezonlari muammoli ta’limning oddiydan murakkabga harakatlar tizimini qiyosiy bajarish kabi elementini mustaqil o‘quv topshiriqlari mazmuniga sabab-oqibat munosabatida singdirish asosida takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Buxoro muhandislik-texnologiya institutining AIF2/20 –“Shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish sifatini oshirish” mavzudagi innovatsion loyihasini bajarishda foydalanilgan (Buxoro muhandislik-texnologiya institutining 2022 yil 18 martdagi 02/02-89-271-son ma’lumotnomasi).). Natijada, fizika darslari uchun qo‘shimcha o‘quv dasturiy ta’minot yaratilgan.