Nusratilloeva Dilnoza Nusratilloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xurshid Davronning individual uslubi va poetik mahorati”, 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil422.
Ilmiy rahbar: Xasanov Shavkat Axadovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: To‘raev Damin, filologiya fanlari doktori, professor; Quvvatova Dilrabo Habibovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xurshid Davronning lirik faoliyatini, individual uslubini aniqlash, poetik mahorati va adabiy-estetik qarashlarining asoslari, shakllanish bosqichlari, yetakchi tamoyillarini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xurshid Davron she’riyatida tabiat manzaralarining jamiyat hodisotlari bilan uyg‘unlashib ketganligi, tarixiy haqiqatning badiiy haqiqatga aylantirish jarayonlari, poetik fikr va hissiyotlar gammasining yaxlitlik kasb etganligi uning poetik uslubida peyzaj va ijtimoiy lirikaning mavqeini oshirganligi isbotlangan;
Xurshid Davron lirikasida jahon she’riyatining tank, xokku, terset kabi she’r shakllarini sintezlashtirganligi, milliy she’riyatning Cho‘lpon, Oybek, Rauf Parfi kabi namoyondalarining musallas she’r kompozisiyasini tuzishdagi lokanizmi, ramziylikka asoslangan obrazliligi, peyzaj yaratish uslubi, falsafiy tafakkur tarzi an’analariga izdoshligi ochib berilgan;
Xurshid Davronning voqelikning poetik idrok etishdagi she’r kompozisiyasi, lafziy va ma’naviy ifoda tasvir vositalari, poetik sintaksis, vazn va qofiya, ritm va ohang ustida ishlashdagi adabiy mahorati dalillangan;
shoirning lirika, she’rlar hamda rivoyatlar turkumi, esse, tarixiy badia, sonet, doston janrlariga hamda masnaviy, musallas, murabba, aralash vazn kabi she’r shakllariga mansub asarlarining badiiyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xurshid Davronning individual uslubi va poetik mahoratini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Xurshid Davron she’riyatida tabiat manzaralarining jamiyat hodisotlari bilan uyg‘unlashib ketganligi, tarixiy haqiqatning badiiy haqiqatga aylantirish jarayonlari, poetik fikr va hissiyotlar gammasining yaxlitlik kasb etganligi kabi omillar uning poetik uslubida peyzaj va ijtimoiy lirikaning mavqeini oshirganligi hamda Xurshid Davronning voqelikning poetik idrok etishdagi she’r kompozisiyasi, lafziy va ma’naviy ifoda tasvir vositalari, poetik sintaksis, vazn va qofiya, ritm va ohang ustida ishlashdagi adabiy mahorati kabi yetakchi tamoyillarini yoritishdagi xulosalaridan O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda amalga oshirilgan FA-F-1-005 raqamli “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunoslik tarixini tadqiq qilish” mavzuidagi fundamental tadqiqot loyihani bajarishda foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2021 yil 8 sentyabrdagi 17.02/208-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliy loyihaning samarali bo‘lishiga xizmat qilgan;
Xurshid Davron lirikasida jahon she’riyatining tank, xokku, terset kabi she’r shakllarini sintezlashtirganligi, milliy she’riyatning Cho‘lpon, Oybek, Rauf Parfi kabi namoyondalarining musallas she’r kompozisiyasini tuzishdagi lokanizmi, ramziylikka asoslangan obrazliligi, peyzaj yaratish uslubi, falsafiy tafakkur tarzi an’analariga izdoshligi kabi xulosalardan 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-F1-G002 raqamli “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzuidagi fundamental tadqiqot loyihani bajarishda foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2021 yil 13 dekabrdagi 383/1-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbek va Qoraqalpoq adabiyotidagi poetik qarashlar bog‘liqligi ilmiy dalillangan;
Xurshid Davronning lirika, she’rlar hamda rivoyatlar turkumi, esse, tarixiy badia, sonet, doston janrlariga hamda masnaviy, musallas, murabba, aralash vazn kabi she’r shakllariga mansub asarlarining badiiyati orqali bayon etilgan xulosalardan Navoiy viloyat telaradiokompaniyasining “Dolzarb mavzu”, “Adabiy muhit” dasturi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Navoiy viloyat telaradiokompaniyasining 2021 yil  7 iyuldagi 01-02-120-son ma’lumotnomasi). Natijada, tomoshabinlarning buyuk ajdodlarimiz ilmiy merosiga hurmat, umuminsoniy qadriyatlarga muhabbat tuyg‘usi haqidagi nazariy fikr-mulohazalar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish