Omonov Anvar Jo‘raqulovich ning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Takroriy ekin sifatida ekilgan oddiy tariq (Ranicum miliaceum L) ning o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligiga ekish muddati va me’yorlarining ta’siri”, 06.01.08-O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Qx623.
Ilmiy rahbar: Xalilov Nasriddin, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar yniversiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Maxmatmurodov Alisher O‘l’masovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Azizov Qobiljon Qahramonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida takroriy ekin sifatida ekilgan tariqni “Saratovskoe 853” navidan yuqori va sifatli don hosili olishni ta’minlaydigan maqbul ekish muddatlari va me’yorlarini aniqlash hamda tavsiyalar berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Samarqand viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida takroriy ekin sifatida tariqning “Saratovskoe 853” navini faol o‘sishi va rivojlanishini ta’minlaydigan maqbul ekish muddatlari hamda me’yorlari aniqlangan, korrelyativ bog‘liqliklar, regressiya tenglamasi (to‘g‘ri chiziqli, egri chiziqli), korrelyasiya koeffisientlari aniqlangan;
takroriy ekin sifatida tariq urug‘larining dala sharoitidagi unuvchanligi, o‘simliklarning yashovchanligi, tuplanishi, fotosintetik faoliyati, barg yuzasini shakllanishi, fotosintetik potensiali, biomassa to‘planishi, fotosintez sof mahsuldorligini o‘zgarishiga ekish muddatlari va me’yorlarini ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;
tariqni takroriy ekin sifatida Davlat reestrida mavjud bo‘lgan “Saratovskoe 853” navidan yuqori va barqaror don hosili olish uchun eng maqbul ekish muddati 20 iyun`, ekish me’yori gektariga 2,5 mln. dona va kechki muddat 20 iyulda gektariga 3,0 mln. dona unuvchan urug‘ ekanligi isbotlangan;
tariqning “Saratovskoe 853” navini takroriy ekin sifatida 20 iyun va 5 iyulda gektariga 2,5 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida ekilganda don hosilini yuqori (31,8; 27,8 s/ga) bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Samarqand viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida tariqdan yuqori va sifatli don hosili olish maqsadida ekish muddatlari va me’yorlarining qay darajada ta’sir etganlik natijalari asosida:
fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari uchun “Tariqni ekish muddati va me’yorlari bo‘yicha tavsiyalar” tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 16 iyuldagi № 02/27-04/4722-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma fermer xo‘jaliklari va agroklasterlarda tariqdan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda.
tariqning takroriy ekin sifatida maqbul ekish muddatlari 20 iyun` va ekish me’yorlari 2,5 mln. dona/ga unuvchan urug‘ hisobida ekish texnologiyasi Samarqand viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida jami 70,5 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 16 iyuldagi №02/27-04/4722-son ma’lumotnomasi). Natijada, tariqni takroriy ekin sifatida maqbul ekish muddati va me’yorlarida ekilishi hisobiga gektaridan 1,6-4,7 s qo‘shimcha don hosili olingan;
Samarqand viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida tariqning “Saratovskoe 853” navini takroriy ekin sifatida 20 iyulda ekish va gektariga 2,5 mln. dona urug‘ qo‘llash texnologiyasi 70,5 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 16 iyuldagi №02/27-04/4722-son ma’lumotnomasi). Natijada, tariqni “Saratovskoe 853” navidan 30,1-28,6 s/ga don hosili olinib, rentabellik darajasi 60,9-69,3 % ni tashkil etgan.