Ismoilov Voxid Isropilovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Samarqand viloyatining sug‘oriladigan erlari sharoitida kuzgi javdar etishtirish texnologiyasini takomillashtirish”, 06.01.08-O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Qx911.
Ilmiy rahbar: Hamzaev Abdushukur Xudoyqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar yniversiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Atabaeva Xalima Nazarovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Bozorov Xolmurod Maxmudovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand viloyatining sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida javdar navlaridan iqtisodiy samarali va yuqori don hosili etishtirish uchun maqbul ekish muddatlari va o‘g‘itlash me’yorlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor javdar navlarini ekish muddati va mineral o‘g‘itlash me’yorlari Samarqand viloyatining sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida takomillashtirilgan;
kuzgi javdarining iqtisodiy jihatdan samarali maqbul ekish muddatilari va mineral o‘g‘itlash me’yorlarida o‘simlikning dala unuvchanligi, mahsuldor, umumiy tuplanish, o‘simliklarning qishga va yotib qolishga chidamligi qiyosiy jihatdan aniqlangan;
javdar navlarining er ustki massasi va ildiz tizimining shakllanishi, o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi, fotosintetik faoliyati, hosildorligi eng yuqori ko‘rsatkich ekish muddati 15 oktyabrda, mineral o‘g‘itlash me’yori N180 P110 K90 kg/ga ekanligi aniqlangan;
javdar navlari hosil elementlarining shakllanishi, don hosildorligi va sifat ko‘rsatkichlari ekish muddati 15 oktyabrda, mineral o‘g‘itlash me’yori N180 P110 K90 kg/ga qo‘llanilgan variantda eng yuqori bo‘lsada, iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari, xuddi shu ekish muddatida o‘g‘itlash me’yori N150 P90 K75 kg/ga qo‘llanilgan variantda yuqoriligi aniqlanib, Vaxshskaya 116 navida sof foyda 2 mln. 736,5 ming so‘m va rentabellik darajasi 46,7 %, Shalola navida esa sof foyda 3 mln. 561 ming so‘m hamda rentabellik darajasi 60,7 % bo‘lganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Javdar navlarining hosildorligiga ekish muddatlari va mineral o‘g‘itlar me’yorlarini ta’sirini aniqlash borasida olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
javdar navlarini etishtirish bo‘yicha fermer xo‘jaliklari uchun «Kuzgi javdar ekish muddati va maqbul o‘g‘itlash tizimi bo‘yicha tavsiyalar» tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 7 iyuldagi № 02/27-04/4525-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma bugungi kunda Samarqand viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklar va agroklasterlar uchun amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
javdarni kuzgi ekish muddatlarida mineral o‘g‘itlar me’yorlarini maqbullashtirish texnologisini takomillashtirish borasida Samarqand viloyati Payariq, Oqdaryo, Jomboy, Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on tumanlaridagi g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida jami 68,5 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 7 iyuldagi № 02/27-04/4525-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida maqbul ekish muddatida qo‘llanilgan va iqtisodiy jihatdan maqbul bo‘lgan o‘g‘itlash me’yorlari bo‘yicha gektaridan 1,7-11,3 sentner qo‘shimcha don hosili olingan; 
Samarqand viloyatining sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi javdarning Shalola navini oktyabr oyining ikkinchi o‘n kunligida ekish va gektariga N150 P90 K75 kg me’yorda mineral o‘g‘itlarni o‘simlikning rivojlanish fazalari bo‘yicha tabaqalashtirib qo‘llash texnologiyasi 68,5 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 7 iyuldagi № 02/27-04/4525-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur texnologiyani joriy qilish evaziga xo‘jaliklarda o‘rtacha 67,0 s/ga don hosili olinib, gektaridan 3 mln. 561 ming so‘m sof foyda va 60,7 % rentabellikka erishgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish