Alimuxamedova Nodira Yadgarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy falsafadagi etnomilliy konsepsiyalarning ijtimoiy-falsafiy tahlil”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fal733.
Ilmiy rahbar: Sadulla Otamuratov, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muxandislari instituti - Milliy tadqiqotlar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03.30.06.2020.Fal.60.04.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Nasriddin Atakulovich, falsafa fanlari doktori, professor; Yunusov Kamoliddin Abzalovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy falsafadagi etnomilliy konsepsiyalarning ijtimoiy-falsafiy tahlilini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
etnomilliy konsepsiyalarning tarixiy ildizlarini aniqlash orqali asosiy metodologik va ilmiy-nazariy yondashuvlar tasniflashtirilgani natijasida zamonaviy etnomilliy konsepsiyalar shakllanishidagi shart-sharoitlar, geostrategik maqsad va manfaatlarning o‘rni va ularning nazariy metodologik yo‘nalganligining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishga xizmat qilishi isbotlangan;            
milliy taraqqiyot strategiyasi haqidagi primordialistik konsepsiyalar va ularning ijtimoiy taraqqiyotdagi ahamiyatini asoslanishi natijasida milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlovchi omillar aniqlanib, globallashuv davrida postmodernizm, konstruktivizm va kosmopolitizm ta’limotlarining g‘oyaviy mohiyati va uning milliy taraqqiyot strategiyasiga ta’siri asoslangan;
etnomilliy konsepsiyalar masalalarini hal etishda sinergetik paradigmani qo‘llash modeli ishlab chiqilib, natijada tizimning quyi darajadagi tartib parametrlari millatning elementi inconni o‘z-o‘zini tashkillashtirishi hamda ijtimoiylashuvning birlamchi agenti – oila tarbiya mackani cifatida farzandlarda milliy madaniyatimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimiz, milliy qadriyatlarimizga cobitlik ruhida tarbiyalash millat taraqqiyotining rivojlanish yo‘nalishi ekanligi aniqlangan;
O‘zbekiston jamiyatining yangilanishida milliy identifikasiya jarayonini optimallashtirish yo‘llari ishlab chiqilishi identiklikning xarakteri, ko‘lami, jadalligi, kishilarni yo‘naltirish va cafarbar qilish qobiliyati jamiyat taraqqiyotining ijtimoiy manbasi, davlat yaxlitligi hamda jamiyat barqarorligini caqlash sharti ekanligi isbotlangan.    
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy falsafadagi etnomilliy konsepsiyalarning ijtimoiy-falsafiy tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
etnomilliy konsepsiyalarning tarixiy ildizlarini aniqlash orqali asosiy metodologik va ilmiy-nazariy yondashuvlarni tasniflashtirilgani natijasida zamonaviy etnomilliy konsepsiyalar shakllanishidagi shart-sharoitlar, geostrategik maqsad va manfaatlarning o‘rni va ularning nazariy metodologik yo‘nalganligining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishga xizmat qilishi isbotlangani haqidagi xulosalar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutida o‘tkazilgan tashviqot-targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Markazining 2022 yil 6 maydagi 83-son dalolatnomasi).  Ilmiy ishdagi taklif va tavsiyalar ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni, targ‘ibot va tashviqot ishlari samaradorligini oshirgan;
etnomilliy konsepsiyalar masalalarini hal etishda sinergetik paradigmani qo‘llash modeli ishlab chiqilgan, buning natijasida esa tizimning quyi darajadagi tartib parametrlari millatning elementi inconni o‘z-o‘zini tashkillashtirishi hamda ijtimoiylashuvning birlamchi agenti – oila tarbiya mackani cifatida farzandlarda milliy madaniyatimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimiz, milliy qadriyatlarimizga cobitlik ruhida tarbiyalash millat taraqqiyotining rivojlanish yo‘nalishi ekanligi aniqlangani  haqidagi hulosalar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O’zbekiston tarixi” telekanalidagi “Ochiq dars” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tuzish va tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 2022 yil 18 apreldagi 40-40-58-41-son ma’lumotnomasi). Primordializm, konstruktivizm va instrumentalizm nazariyalari kesishmasida integral konsepsiya shakllanishi zarurligini, etnomilliy konsepsiyalar muammoviy masalalarini hal etishda sinergetik yondashuvning yangi paradigmal echim ekanligini haqidagi bilimlarni shakllantirishga va rivojlantirishga xizmat qilgan;
etnomilliy konsepsiyalar masalalarini hal etishda sinergetik paradigmani qo‘llash modeli ishlab chiqilgan, buning natijasida esa tizimning quyi darajadagi tartib parametrlari eca millatning elementi inconni o‘z-o‘zini tashkillashtirishda, ijtimoiylashuvning birlamchi agenti – oila tarbiya mackani cifatida farzandlarda milliy madaniyatimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimiz, milliy qadriyatlarimizga cobitlik ruhida tarbiyalash millat taraqqiyoti yo‘lidagi rivojlanish yo‘nalishlar aniqlangani haqidagi xulosalar O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi va Oliy Majlis qonunchilik palatasidagi fraksiyasining 2022 yilga mo‘ljallangan faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ish rejasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2022 yil 28 iyundagi 02/03-138-son dalolatnomasi). Natijalar O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston jamiyatining yangilanishida milliy identifikasiya jarayonini optimallashtirish yo‘llari ishlab chiqilishi identiklikning xarakteri, ko‘lami, jadalligi, kishilarni yo‘naltirish va cafarbar qilish qobiliyati jamiyat taraqqiyotining ijtimoiy manbasi, davlat yaxlitligi hamda jamiyat barqarorligini caqlash sharti ekanligi isbotlangani  haqidagi xulosalar O‘zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2022 yil 25 martdagi 14-07-447-son ma’lumotnomasi). Natijalar qo‘mitaning millatlararo munosabatlar sohasidagi turli ilmiy–amaliy konferensiyalari va seminarlarini tashkil etishda, shuningdek, targ‘ibot materiallarini tayerlashda foydalanilgan.    

Yangiliklarga obuna bo‘lish