Iskandarov Erkin Burievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston qurilish sanoati korxonalarida barqaror innovatsion rivojlanishni ta’minlash», 08.00.03-Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt1222.
Ilmiy rahbar: Djabriev Akbarali Normurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmanov Qalandar Xodjaevich, akademik, fanlari doktori, professor; Ikromov Murot Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotni raqamli rivojlantirish sharoitida respublika qurilish sanoati korxonalarini barqaror innovatsion rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qurilish sanoati korxonalarining innovatsion salohiyatini baholashda ilmiy-tadqiqot ishlari, texnologik va innovatsiyalar natijaviyligi hamda innovatsiyalarning turmush darajasiga ta’siri salohiyatlarini integral baholash bo‘yicha «mutlaqo yuqori» (80-100), «me’yoriy yuqori» (60-79), «barqaror» (30-59), «o‘rtacha xavfli» (10-29) va «xavfi yuqori» (0-9) foiz chegaralari doirasida baholash asoslangan;
qurilish sanoatini innovatsion-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlovchi “besh tomonlama spiral`” qurilish klasterini maqsadga muvofiqli asoslangan va ularda innovatsion salohiyatini tashkiliy-texnologik differensiatsiyasi bo‘yicha baholash taklif etilgan;
mahalliy xomashyo resurslaridan foydalanish asosida qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatini 2027 yilga qadar iqtisodiy rivojlantirishning ssenariylari ishlab chiqilgan.
qurilish sanoati korxonalarining moddiy-texnik vositalaridan ratsional foydalanish darajalari bo‘yicha ichki va tashqi omillar asosida tizimlashtirilgan innovatsion loyihalar portfeli taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekistonda qurilish sanoati korxonalarining barqaror innovatsion rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qurilish sanoati korxonalarining innovatsion salohiyatini baholashda ilmiy-tadqiqot ishlari, texnologik va innovatsiyalar natijaviyligi hamda innovatsiyalarning turmush darajasiga ta’siri salohiyatlarini integral baholash bo‘yicha «mutlaqo yuqori» (80-100), «me’yoriy yuqori» (60-79), «barqaror» (30-59), «o‘rtacha xavfli» (10-29) va «xavfi yuqori» (0-9) foiz chegaralari doirasida baholash taklifi O‘zbekiston Respublikasi qurilish vazirligi tomonidan qurilish materiallari sanoati sohasida faoliyat yurituvchi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qurilish vazirligining 2022 yil 06 iyundagi 08-08/6919-son ma’lumotnomasi). Natijada, sohada faoliyat yurituvchi mintaqadagi qurilish materiallari sanoati korxonalari samaradorligini 10-12  foizga oshirishga erishilgan;
qurilish sanoatini innovatsion-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlovchi “besh tomonlama spiral`” qurilish klasterini maqsadga muvofiqli asoslangan va ularda innovatsion salohiyatini tashkiliy-texnologik differensiatsiyasi bo‘yicha baholash taklifi O‘zbekiston Respublikasi qurilish vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qurilish vazirligining 2022 yil 16 iyundagi 
08-08/6919-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasida soha korxonalarining o‘rtacha yillik daromadi 14 foizga oshishi imkoniyati yaratilgan;
mahalliy xomashyo resurslaridan foydalanish asosida qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatini 2027 yilga qadar iqtisodiy rivojlantirishning ssenariylari taklifi O‘zbekiston Respublikasi qurilish vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qurilish vazirligining 2022 yil 16 iyundagi 08-08/6919-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida qurilish sanoati korxonalarining samaradorligini oshirish va ular hajmining o‘sish sur’atlarini ta’minlaydigan tadbirlarni tanlash imkoniyati yaratilib, korxonada qurilish ishlab chiqarish hajmi 2027 yilga borib 32,1 foizga oshishi  aniqlangan;
qurilish sanoati korxonalarining moddiy-texnik vositalaridan ratsional foydalanish darajalari bo‘yicha  ichki va tashqi omillar asosida tizimlashtirilgan innovatsion loyihalar portfeli taklifi O‘zbekiston Respublikasi qurilish vazirligi tomonidan qurilish materiallari sanoati sohasida faoliyat yurituvchi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qurilish vazirligining 2022 yil 16 iyundagi 08-08/6919-son ma’lumotnomasi). Natijada qurilish materiallari sanoati korxonalarining barqaror rivojlanish ko‘rsatkichlarining 20 foizga o‘sishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish