Shavkatov Xasan Shavkat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jinsiy a’zolar prolapsi asorati va residivi kuzatilgan ayollarda jarroxlik davolashni optimallashtirish», 14.00.01-Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1476.
Ilmiy rahbar: Negmadjanov Baxodur Boltaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot instituti, PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Zakirova Nadira Islamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sultanov Saidazim Nosirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu ali Ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi asoratlangan va residivlangan jinsiy a’zolar prolapsi kuzatilgan ayollarni jarroxlik amaliyotini takomillashtirish va hayot sifatiga ta`sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jinsiy a’zolar prolapsi kuzatilgan ayollarda urogenital va anorektal disfunksiyasi oqibatida qin normal topografiyasi va biotsenozining buzilishi tufayli kasallikning residiv ko‘rsatgichi 68,4%, shu jumladan abdominal yoki transvaginal gisterektomiya jarroxlik amaliyotidan keyingi qin cho‘ltog‘inig prolapsi 24,3% uchrashi aniqlangan; 
jinsiy a’zolar prolapsi kuzatilgan ayollarda o‘tkaziladigan turli xil jarroxlik amaliyotlaridan keyingi yaqin va uzoq muddatli natijalarini baxolash orqali kasallik residivi va gisterektomiyadan keyingi qin cho‘ltog‘ining prolapsini maxalliy to‘qimalar yordamida bartaraf etish kerakliligi asoslangan;
ilk bor jinsiy a’zolar prolapsi asorati va residivini davolashda maxalliy to‘qimalar yordamida qin cho‘ltog‘ini “X” simon uzlikli choklar orqali mustaxkam “bublik” simon karkas xosil qilish natijasida transvaginal gisterektomiya jarroxlik amaliyoti takomillashtirilgan;
jinsiy a’zolar prolapsi kuzatilgan ayollarda takomillashtirilgan jarroxlik amaliyotini qo‘llash natijasida operatsiya vaqti 1,5 barobar qisqarishi, qon yo‘qotish xajmi sezilarli darajada kamayishi va jarroxlik amaliyotidan keyingi davrda bemorlarni tiklanish vaqti 2 barobar kamayishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. 
Jinsiy a’zolar prolapsi asorati va residivi kuzatilgan ayollarda jarroxlik davolashni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
jinsiy a’zolar prolapsi asorati va residivi bundan tashqari qin cho‘ltog‘i prolapsi oldini olish va davolash bo‘yicha ishlab chikilgan «Asoratlangan va kaytalangan jinsiy a’zolar prolapsi: klinika, diagnostika va jarrohlik davolash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 fevraldagi 8n-r/133-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma jinsiy a’zolar prolapsi asoratlari va birlamchi jarroxlik amaliyotidan keyingi residivlarning klinikasi, residiv uchrash davrlari va o‘tkaziladigan jarroxlik amaliyotlarining samaradorligini aniqlash imkonini bergan;
jinsiy a’zolar prolapsida o‘tkaziladigan turli xil jarroxlik amaliyoti, ayniqsa kasallikning og‘ir darajalari va residivlarida o‘tkaziladigan transvaginal gisterektomiya operatsiyasining optimallashtirish buyicha ishlab chikilgan «Jinsiy a’zolar prolapsida jarrohlik amaliyotini optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 fevraldagi 8n-r/132-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma jinsiy a’zolar prolapsi residivi va asorati bilan murojat qilgan ayollarda yangi ishlab chiqilgan jarroxlik amaliyotini qo‘llash natijasida ayollar hayot sifati va salomatligini saqlab qolish imkonini bergan;
jinsiy a’zolar prolapsi mavjud ayollarni davolashini optimallashtirishga qaratilgan tadqiqotdan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Samarqand shahar 2-son tug‘ruq majmuasi va Samarqand shahar perinatal markazi ginekologiya bo‘limlariga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 febraldagi 8n-d/281-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi maxalliy to‘qimalardan foydalanilgan xolda transvaginal gisterektomiya modifikatsiyalangan  jarroxlik davolash usulini qo‘llash orqali jaroxat soxasida to‘qimalar reparatsiyasi va regeneratsiyasi yaxshilash, deformatsiyalovchi chandiqlar va asoratlar shakillanishini  oldini olish, xamda jarroxlik amaliyotidan keyingi davrda bemorlarning statsionarda bo‘lish vaqtini ikki barobar kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish