Orazaliev G‘afur Bazarbaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qorin bo‘shlig‘i jarroxligida mahaliy yara qoplamalari qo‘llanishining klinik-eksperimental asoslanishi», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Tib638.
Ilmiy maslahatchi: Ismailov Saydmurad Ibragimovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Dsc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullajanov Baxrom Rustamjanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Krasnodar o‘lkasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “Professor. S.V. Ochapovskiy nomidagi 1-son o‘lka klinik shifoxonasi - ilmiy tadqiqot instituti” DSSBM (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: klinik-eksperimental tadqiqotlar, parenximatoz qon ketishlarni to‘xtatish usullarini ishlab chiqish va bitishma jarayoni rivojlanishini oldini olish orqali abdominal jarroxlikda mahalliy yara qoplamalarini qo‘llashning istiqbollarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasallikka, avval o‘tkazilgan amaliyotlarning turi va soniga, hamda peritonit mavjudligi va tarqalganligiga bog‘liq holda, qorin bo‘shlig‘i a’zolaridagi turli shoshilinch jarroxlik amaliyotlaridan keyin bitishmali ichak tutilishining rivojlanish ehtimolligi aniqlangan;
konservativ davodan kutilayotgan samaraga hamda xirurgik davolash zaruriyatiga ko‘ra taqsimlagan holda turli shoshilinch jarroxlik amaliyotlaridan keyin 5 yil davomida klinik jihatdan ahamiyatli bo‘lgan bitishmali ichak tutilishi rivojlanishining potensial xavfi aniqlangan; 
Na-karboksimetilsellyuloza, viskoza va ularga biriktirilgan kal`siy ionlarini qo‘llash, parenximatoz a’zolarning eksperimental yaralariga surtilganda, implantatning yuqori gigroskopik xususiyatlari hisobiga yallig‘lanish javob reaksiyalari rivojlanish xavfini kamaytirgani xolda neytral muhitni yaratishi hamda turg‘un gemostatik samarani ta’minlashi isbotlangan; 
taklif qilingan bioparchalanuvchan implantatning parenximatoz a’zoning jarohatlangan soxasiga uzoq muddatli fiksatsiyasi fonida yallig‘lanish belgilarining yo‘qligi hisobiga, qorin bo‘shlig‘ining atrof a’zolari bilan bitishma jarayoni rivojlanishining faollashishi hamda mahaliy infil`tratlar shakllanishi xolatlari kuzatilmasligi aniqlangan;
bioparchalanuvchan polimer vositasini mahaliy qo‘llash orqali qon ketayotgan yuzani tezda qoplab ishonchli gemostatik samaraga imkon beruvchi taloq jarohatlanishidagi qon ketishini to‘xtatish usuli ishlab chiqilgan;
qorin bo‘shlig‘i kovak a’zolarining butunligi buzilishi kuzatilgan jarohatlanishlarda, tarkibida viskoza bo‘lgan hamda perifokal yallig‘lanishsiz yara yuzasini uzoq muddat chegaralashni ta’minlab beruvchi davomli bioparchalanish xususiyatiga ega bo‘lgan yara qoplamasini qo‘llash bilan tavsiflanuvchi bitishma jarayoni rivojlanishini oldini olish usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qorin bo‘shlig‘i a’zolaridan parenximatoz qon ketish kuzatilgan bemorlarga yuqori texnologik xirurgik yordam ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Qorataloq jarohatlanganda qon ketishni to‘xtatish usuli» takomillashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2022 yil 31 martdagi IAP 06817-sonli ixtiro uchun patenti). Taklif qilingan usul, taloq jarohatlanishlarida samarador va yakuniy gemostazga erishishga, shu orqali, jarohatlanishga organizmning immun javobi shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan a’zoni saqlab qolishga, davo muddatlarini qisqartirishga, asoratlar sonini va takroriy qon ketish xavfini kamaytirishga imkon bergan; 
«Qorin bo‘shlig‘i a’zolarini butunligi jarohatlanganda bitishma jarayonini profilaktika qilish usuli» takomillashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2022 yil 31 martdagi IAP 06818-sonli ixtiro uchun patenti). Taklif qilingan usul, bitishma kasalligi rivojlanishini oldini olish maqsadida, qorin bo‘shlig‘i a’zolari yuzasida uzoq muddatli va mahaliy bitishmaga qarshi ta’sirga ega mustahkam yara qoplamasini shakllantirish, regeneratsiya jarayonini tezlashtirish, asoratlar soni va aralashuv sohasida qayta amaliyotlar xavfini kamaytirishga imkon bergan;
parenximatoz qon ketishlarda va bitishma jarayoni rivojlanishini oldini olish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy yangiligi asosida ishlab chiqilgan «Parenximatoz qon ketishlarda va bitishma jarayoni rivojlanishini oldini olish uchun yangi mahalliy «Xemoben» yara qoplamasini qo‘llash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 17 oktyabrdagi 08-32072-son ma’lumotnomasi). Taklif qilingan tavsiyalar samarali gemostatik effekt borasida mahaliy «Xemoben» yara qoplamasining qo‘llanish ko‘lamini kengaytirishga xamda qorin bo‘shlig‘ida tashrixdan keyingi bitishma jarayoni rivojlanishi xavfini kamaytirishga imkon bergan;
qorin bo‘shlig‘i a’zolarida parenximatoz qon ketish kuzatilgan bemorlarga xirurgik yordam ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Andijon va Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarining xirurgiya bo‘limlari faoliyatiga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 17 oktyabrdagi 08-32072-son ma’lumotnomasi). Qorin bo‘shlig‘i a’zolaridagi shoshilinch amaliyotlarning taktik-texnik jihatlarini takomillashtirish jigar va taloq parenximasining travmatik jarohatlanishlarida gemostatik samara sifatini 41,9% dan 71,4% ga yaxshilash, yotoq davri davomiyligini 8,3±1,6 dan 6,9±1,4 kungacha kamaytirish hamda uzoq muddatli kuzatuv davrida klinik jihatdan ahamiyatli bo‘lgan ichak tutilishi holatlari rivojlanish chastotasini 8,8% dan 2,0% gacha qisqartirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish