Xolova Dilorom Sharifovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gipofiz nofaol adenomalarini (GNA) davolashda D2-reseptorlari agonistlarining ahamiyatini baholash», 14.00.03–Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib193.

Ilmiy rahbar: Xalimova Zamira Yusupovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02.

Rasmiy opponentlar: Najmutdinova Dilorom Qamardinovna, tibbiyot fanlari doktori; Maxkamov Kozim Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: o‘smalar o‘sishini ta’minlovchi omillarni hamda ularni davolashda ishlatiladigan D2-reseptorlari agonistlarining samaradorligini baholash orqali gipofiz nofaol adenomalari rivojlanishining klinik, gormonal va vizualizatsion xususiyatlarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

gipofiz nofaol adenomalari rivojlanishida polimorf apoptoz markyorlari - FNO-α, r53, bcl-2 hamda angiogenez markyorlari – VEGF va uning reseptori – VEGFR–2ning xususiyatlari ochib berilgan;

gipofiz nofaol adenomalarini davolashda D2-reseptorlari agonistlari, ya’ni kabergolinning kasallikning klinik kechishi, o‘sma o‘lchamlari hamda apoptoz va angiogenez ko‘rsatkichlariga ta’sir mexanizmi isbotlangan;

gipofiz nofaol adenomalarini davolashda D2-reseptorlari agonistlaridan foydalanish maqsadga muvofiqligi hamda klinik amaliyotda  samarali tartibda davolash tizimining tartibi ishlab chiqilgan;

kasallikni tashxislashda magnitli rezonans tomografik tekshiruv natijalari klinik va gormonal ko‘rsatkichlar hamda apoptoz va angiogenez omillarini baholash orqali gipofiz nofaol adenomalari davolash tartibining natijalari isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Gipofiz nofaol adenomalarini (GNA) davolashda D2-reseptorlari agonistlarining ahamiyatini baholash  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

ma’lumotlar bazasi kompyuter dasturi ko‘rinishida «Gipofizning nofaol adenomasi (GNA) mavjud bemorlarni istiqbolli kuzatish registri» ishlab chiqilgan (guvohnoma №BGU 00334) hamda 1 iyun` 2016 yilda ro‘yxatdan o‘tkazilgan;

«Gipofiz nofaol adenomalarini kuzatish, tashxislash va davolash tartibi» uslubiy qo‘llanmasi sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 15 dekabrdagi 8n-r\\184-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma gipofiz nofal adenomalari bilan xastalangan bemorlarni erta tashxislashda neyroendokrin va genetik xususiyatlarni isbotlash hamda kasallikning davolash tartibini amalga oshirishga imkon bergan;

gipofiz nofaol adenomalarini davolashda D2-reseptorlari agonistlarining ahamiyatini baholash va kasallik asoratlarini kamaytirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy endokrinologiya tibbiyot markazi hamda Buxoro va Samarqand viloyatlari endokrinologiya dispanserida tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 15 dekabrdagi 8N-z\\56-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi xastalikni davolash samaradorligini oshirib, kasallikning tarqalishini kamaytirib, kasallik tufayli nogironlikni oldini olish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilanishini ta’minlagan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish