Jo‘raev Komil Turaevich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida E’LON
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kanal qiyaliklarini qoplamalarining konstruksiyasini va hisobiy asoslash usulini takomillashtirish”, 05.09.06-“Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3. PhD/T1687
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Fayziev Xomitxon , texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent arxitektura qurilish” instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc. 03/30.12.2019. T.10.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Eshev Sobir Samatovich, texnika fanlari doktori, professor; Raxmatov Norqobil, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Kanal qiyalik massivlarida noturg‘un fil`tratsiyani hisoblash usulini va fil`tratsiya bosimi ta’siridagi qoplamalarning konstruksiyasini va hisobiy asoslash usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kanallar qiyaligi massivlarida noturg‘un fil`tratsiyani hisoblash usuli takomillashtirilgan;
er osti suvlari fil`tratsiya bosimini kanal qoplamalariga ta’sirini kamaytiruvchi yangi konstruktiv echimlar aniqlangan;
er osti suvlari fil`tratsiya bosimini kanal qoplamalariga ta’sirini kamaytiruvchi qoplamalar konstruksiyasini asoslovchi hisoblash usullari takomillashtirilgan;
turli xil geologik va gidrogeologik sharoitlarda joylashgan kanallar qiyaliklari uchun noturg‘un fil`tratsiyada fil`tratsiya bosimini kamaytiruvchi qoplamalarni optimal konstruksiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kanallar qiyaliklari konstruksiyasini va hisoblash usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kanallarda suv sathi birdaniga pasayganda yuz beradigan noturg‘un fil`tratsiyani hisoblashning takomillashtirilgan usuli “Gidroproekt” AJ tomonidan Samarqand viloyatidagi Darg‘om kanalidagi kichik GESni loyihalash va qurish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi suv ho‘jaligi ob’ektlarini xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2021 yil 8 noyabrdagi 277-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan sonli usul va algoritmlar gruntli kanallardagi noturg‘un fil`tratsiyani hisoblash va fil`tratsiyani qiyalik turg‘unligiga ta’sirini, kanallarda noturg‘un fil`tratsiya natijasida hosil bo‘ladigan fil`tratsiya bosim kuchlari miqdorini aniqlash va uni qiyalik qoplamalariga ta’sirini baholash imkonini bergan.
kanallar qoplamalari mustaxkamligi va turg‘unligini oshirish uchun taklif qilingan O‘zbekiston Respublikasini Intellektual mulk agentligining №315,316 patentlariga asoslangan yangi konstruksiyasi “Gidroproekt” AJ tomonidan Samarqand viloyatidagi Darg‘om kanalidagi kichik GESni loyihalash va qurish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi suv ho‘jaligi ob’ektlarini xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2021 yil 8 noyabrdagi 277-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kanallar qoplamalarini er osti suvlari yuqori holatida va kanaldagi suv sathi birdaniga pasayganda yuz beradigan ortiqcha gidrodinamik bosim ta’sirida o‘pirilishiga yo‘l qo‘ymaslik imkoniyati yaratilgan.
kanal qiyaligi qoplamasi parametrlarini aniqlashga taklif qilinayotgan usul “Gidroproekt”AJ tomonidan Samarqand viloyatidagi Darg‘om kanalidagi kichik GESni loyihalash va qurish jarayonida foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi suv ho‘jaligi ob’ektlarini xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2021 yil 8 noyabrdagi 277-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qanal qoplamalari konstruksiyasi parametrlarini, stakanlar sonini, joylashish o‘rnini to‘g‘ri va asoslangan holda tanlash imkoniyati yaratilib, iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.