Taylaqov Abdurazoq Abilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi tabiiy resurslarini ekoturizmni rivojlantirish maqsadida zamonaviy usullar yordamida baholash” 11.00.05 – “Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T2035.
Ilmiy raxbar: Qulmatov Rashid Anorovich, kimyo fanlari doktori, O‘zbekiston Milliy universiteti Ekologiya fakul`teti “Ekologiya” kafedrasi professori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.02/30.04.2021.T.79.02.
Rasmiy opponentlar: Murodov Shuhrat Odilovich texnika fanlari doktori, professor; Atanazarov Qurolboy Mavlenovich – biologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi suv resurslarining miqdor va sifat ko‘rsatgichlari o‘zgarishini aniqlash va baholash, ko‘llar tizimi hududlarida ekologik turizmni rivojlantirish imkoniyatlaridan samarali foydalanish borasida taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagicha:
AAKTda suv miqdori, suvning sifat ko‘rsatgichlarining o‘zgarishi Chordara suv ombori orqali tashlanayotgan Sirdaryo va KDS suvlarning miqdori yiliga 4270 mln. m3 dan ko‘p bo‘lsa ko‘llar tizimining ko‘rsatgichlari plyus tomonga, 4270 mln. m3 dan kam bo‘lgan yillarda ko‘llar tizimining ko‘rsatgichlari minus tomonga o‘zgarishi GAT dasturi yordamida bajarilgan xaritalar yordamida aniqlangan va baholangan;
AAKT suv resurslari gidrologik rejimining (1993-2019 yillar) davomida o‘zgarish dinamikasi: suv sathi 237,6-244,7 m, suv hajmi 16,7-34,3 km3, maydoni 2045-3224 km2, yillik amplituda 2,37-0,84 m. oralig‘ida o‘zgarishi GAT dasturi yordamida bajarilgan xaritalar orqali aniqlangan va baholangan;
AAKTning suv resurslari sifat ko‘rsatgichlari 22 ta komponent bo‘yicha: Arnasay ko‘lida minerallashuvi 6,67-8,12 g/l, kationlardan: kal`siy 614,1-798,8 mg/l, azot ammoniy 6,68-9,21 mg/l, og‘ir metallardan qo‘rg‘oshin 0,012-0,024 mg/l, mis 0,0028-0,004 mg/l, Tuzkon ko‘lida minerallashuvi 9,56-12,78 g/l, kationlar: kal`siy 501,0-1194,38 mg/l, azot ammoniy 6,54-9,55 mg/l, og‘ir metallardan qo‘rg‘oshin 0,024-0,032 mg/l, kobal`t 0,003-0,006 mg/l, Aydar ko‘lida minerallashuv 9,79-14,46 g/l, kal`siy 604,8-952 mg/l, og‘ir metallardan mis 0,0026-0,005 mg/l va boshqa ko‘rsatgichlarning o‘zgarishi GAT usulida tuzilgan xaritalar yordamida aniqlangan va baholangan;
ko‘llar tizimi 1:2000000 masshtabda 1 ta va 1:500000 masshtabdagi 4 ta: G‘arbiy Aydarko‘l hududida sarguzasht, tuyalardagi, vertolyotdagi ekoturlarni va yayov (piyoda) ekoturlar, Sharqiy Aydarko‘l hududida ovchilik, davolanish, ilmiy va sarguzasht ekoturlarni, Tuzkon ko‘li hududida ovchilik, sarguzasht, ilmiy, ma’rifiy-ma’naviy ekoturlar va Arnasoy ko‘li hududida tuyalardagi, samolyot va vertolyotdagi, kanoe yoki qayiqdagi ekoturlar, suv osti moslamalari orqali amalga oshiriladigan ekoturlar marshrutlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi tabiiy resurslarini ekoturizmni rivojlantirish maqsadida zamonaviy usullarda baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi suv resurslari sifat ko‘rsatgichlari (mineralizatsiyasi, biogen elementlar: azot, fosfor, kaliy, og‘ir metallar) va miqdori zamonaviy usullar yordamida kompleks o‘rganilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 23 noyabrdagi 03-02/8-1799 -sonli ma’lumotnomasi). Natijada suv resurslaridan ekoturizmni rivojlantirish uchun foydalanish maqsadida amaliy tavsiyalar ishlab chiqish imkonini bergan.
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida suv miqdori va sifat ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi Chordara suv ombori orqali tashlanilayotgan Sirdaryo va kollektor drenaj suvlariga bog‘liqligi va o‘zgarish sabablari GAT yordamida aniqlangan va baholangan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 23 noyabrdagi 03-02/8-1799 -sonli ma’lumotnomasi). Natijada Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining suv va biologik resurslarni muhofaza qilish uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan.
Dissertatsiya tadqiqoti Jizzax viloyati ekologiya va atrof-muhit muhofaza qilish boshqarmasi, Jizzax viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi, Sirdaryo-Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Jizzax meliorativ ekspedisiyasi tizimi amaliyotida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 23 noyabrdagi 03-02/8-1799 -sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘llar tizimi hududida ekoturizmni rivojlantirishda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish imkonini bergan.