Eshmuradov Olmosbek Elamanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Oila mustahkamligini ta’minlashning ijtimoiy-psixologik omillari», 19.00.05-Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/P122.
Ilmiy rahbar: Umarov Baxriddin Mengboevich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Samarov Rustamjon Sadriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor; Fayzieva Mavluda Xudayarovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oila mustahkamligini ta’minlashning ijtimoiy-psixologik omillarini tadqiq qilish va oila mustahkamligini ta’minlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oila mustahkamligini ta’minlashda shaxsning yangi ijtimoiy muhitga moslashishi bilan bog‘liq rollarga identifikatsiyasini emotsional munosabatlardagi simpatiya xissini kuchayishi asosida barqarorlashuviga muvofiq, nikohga psixologik etuklik darajasini belgilovchi ijtimoiy-psixologik omillarning o‘rni muhim ekanligi dalillangan;
oila mustahkamligini ta’minlashga oilalarning uyushganlik va shaxslararo munosabatlarning egiluvchanlik darajasini ta’siri natijasida shaxsdagi «ideal men» va «real men» o‘rtasidagi mutanosiblikning emotsional munosabatlar orqali integrativ namoyon bo‘lishiga ko‘ra, yosh er-xotinlarda rashk hissining yuqori darajada ifodalanishi dalillangan;
oilaviy qadriyatlarning oila mustahkamligini ta’minlashga bevosita ta’siri natijasida er-xotinning o‘zaro munosabatlaridagi qadriyatlar transformatsiyasini ijtimoiy faollik darajasini ortishiga adaptiv integratsiyasiga muvofiq, er-xotin dunyoqarashining birligi (qarashlar, fikrlar, qiziqishlar, ideallar, qadriyatlar yo‘nalishi) ijtimoiy-etnik asosi ekanligi dalillangan;
oila qurish motivlarining differensial namoyon bo‘lishiga ko‘ra, oilada ota-ona va bolalarning ijtimoiy psixologik mavqelari va uyushganlik darajasini oilaviy hayoti haqidagi tasavvurlarini reallikka yaqinlashtirish orqali oshirish, er-xotin maqomining to‘g‘ri anglanilishiga olib kelishiga asoslanib, ijtimoiy faollik xususiyatlarining oila mustahkamligini ta’minlashdagi o‘rni dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oila mustahkamligini ta’minlashning ijtimoiy-psixologik omillarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
oila mustahkamligini ta’minlashda shaxsning yangi ijtimoiy muhitga moslashishi bilan bog‘liq rollarga identifikatsiyasini emotsional munosabatlardagi simpatiya xissini kuchayishi asosida barqarorlashuviga muvofiq, nikohga psixologik etuklik darajasini belgilovchi ijtimoiy-psixologik omillarning o‘rni muhim ekanligi dalillanganligiga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining PM-12-son buyrug‘i asosan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 5 maydagi P-M-12-m-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lg‘usi psixologlarda oila mustahkamligini ta’minlashning ijtimoiy-psixologik omillari yuzasidan muayyan tushuncha va ma’lumotlarining oshishi ta’minlangan;
oila mustahkamligini ta’minlashga oilalarning uyushganlik va shaxslararo munosabatlarning egiluvchanlik darajasini ta’siri natijasida shaxsdagi «ideal men» va «real men» o‘rtasidagi mutanosiblikning emotsional munosabatlar orqali integrativ namoyon bo‘lishiga ko‘ra, yosh er-xotinlarda rashk hissining yuqori darajada ifodalanishi dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining PM-12-son buyrug‘i asosan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 5 maydagi P-M-12-m-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lg‘usi pedagog-psixolog va amaliyotchi psixolog mutaxassislarni oila psixologiyasi yo‘nalishida o‘qitishning nazariy va amaliy jihatdan uzviyligi kuchaytirilgan;
oilaviy qadriyatlarning oila mustahkamligini ta’minlashga bevosita ta’siri natijasida er-xotinning o‘zaro munosabatlaridagi qadriyatlar transformatsiyasini ijtimoiy faollik darajasini ortishiga adaptiv integratsiyasiga muvofiq, er-xotin dunyoqarashining birligi (qarashlar, fikrlar, qiziqishlar, ideallar, qadriyatlar yo‘nalishi) ijtimoiy-etnik asosi ekanligi dalillanganligiga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining PM-12-son buyrug‘i asosan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 5 maydagi PM-12-m-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliyotchi psixologlarning oilaga psixologik xizmat ko‘rsatishga tayyorlanuvchi psixolog mutaxassislar kasbiy kompetentlik darajasini oshirish sohasida sifat jihatdan o‘sishga erishilgan;
oila qurish motivlarining differensial namoyon bo‘lishiga ko‘ra, oilada ota-ona va bolalarning ijtimoiy psixologik mavqelari va uyushganlik darajasini oilaviy hayoti haqidagi tasavvurlarini reallikka yaqinlashtirish orqali oshirish, er-xotin maqomining to‘g‘ri anglanilishiga olib kelishiga asoslanib, ijtimoiy faollik xususiyatlarining oila mustahkamligini ta’minlashdagi o‘rni dalillanganligiga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining PM-12-son buyrug‘i asosan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 5 maydagi PM-12-m-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lg‘usi pedagog-psixolog va amaliyotchi psixolog mutaxassislarni oila psixologiyasi yo‘nalishida o‘qitishning nazariy va amaliy imkoniyatlari oshirilgan.