Shukurova O‘g‘iloy Umarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Talabalarni innovatsion faoliyatga yo‘nalganligining ijtimoiy-psixologik jihatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/P164.
Ilmiy rahbar: Samarov Rustamjon Sadriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Turaeva Dilafruz Rustamboevna, psixologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarni innovatsion faoliyatga yo‘nalganligida ishtirok etuvchi ijtimoiy-psixologik omillarni ochib berish va innovatsion faoliyatga yo‘naltirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxsning yangi ma’lumotlarga nisbatan ta’sirchanligini namoyon bo‘lishiga ko‘ra, talabalarda axborotlarga tolerantlik, o‘ziga ishonch, ijodkorlik, mas’uliyatlilik, hamkorlikda faoliyat yuritish, mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatining darajaviy tarzda ifodalanishi innovatsion faoliyatga yo‘nalganlikning muhim jihatlari ekanligi dalillangan;
talabalarni innovatsion faoliyatga tayyor ekanligini belgilashda indikativ ko‘rsatkichlardan motivlar, yo‘nalganlik, ijodkorlik, tashabbuskorlik, yangiliklarni izlab topish va kiritish, innovatsion faoliyatga psixologik tayyor turish, o‘ziga baho berishning zarurligi sababli, innovatsion faoliyatga yo‘nalganlikni aniqlash muhimligi isbotlangan;
talabalarni innovatsion faoliyatga yo‘naltirish natijasida kreativ tafakkurni, badiiy-estetik ta’sirchanlikni kasbiy refleksiyaga ustuvorlik berish asosida namoyon bo‘lishiga ko‘ra, ilmiy-ijodiy tafakkurni shakllanishi asoslangan;
talabalarning innovatsion faoliyatga yo‘nalganligini psixologik tayyorlik mezonlariga ko‘ra, shaxs xususiyatlari (mustaqillik, o‘z-o‘zini qabul qilish, kreativlik) ning motivatsion, refleksiv-baholovchi komponentini rivojlanish dinamikasi asosida «tashabbuskorlik», «o‘zgarishlarga tayyorlik»ni darajaviy differensial xususiyatlarini aniqlash zarurati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarni innovatsion faoliyatga yo‘nalganligining ijtimoiy-psixologik jihatlarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
shaxsning yangi ma’lumotlarga nisbatan ta’sirchanligini namoyon bo‘lishiga ko‘ra, talabalarda axborotlarga tolerantlik, o‘ziga ishonch, ijodkorlik, mas’uliyatlilik, hamkorlikda faoliyat yuritish, mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatining darajaviy tarzda ifodalanishi innovatsion faoliyatga yo‘nalganlikning muhim jihatlari ekanligini dalillashga oid takliflar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 12 maydagi 5-a-son buyrug‘i asosida “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 12 maydagi 5-a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning innovatsion tafakkurni shakllantirish imkoniyatlarini kengaytirishga erishilgan;
talabalarni innovatsion faoliyatga tayyor ekanligini belgilashda indikativ ko‘rsatkichlardan motivlar, yo‘nalganlik, ijodkorlik, tashabbuskorlik, yangiliklarni izlab topish va kiritish, innovatsion faoliyatga psixologik tayyor turish, o‘ziga baho berishning zarurligi sababli, innovatsion faoliyatga yo‘nalganlikni aniqlash muhimligi isbotlanganligi bilan bog‘liq ilmiy natijalar bo‘yicha chiqarilgan xulosalar va tavsiyalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 12 maydagi 5-a son buyrug‘i asosida “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 12 maydagi 5-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda innovatsiyaga nisbatan ijobiy munosabatni rivojlantirish imkoni oshirilgan;
talabalarni innovatsion faoliyatga yo‘naltirish natijasida kreativ tafakkurni, badiiy-estetik ta’sirchanlikni kasbiy refleksiyaga ustuvorlik berish asosida namoyon bo‘lishiga ko‘ra, ilmiy-ijodiy tafakkurni shakllanishi asoslanganligi bilan bog‘liq ilmiy yangilik natijalari Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 12 maydagi 5-a son buyrug‘i asosida “Umumiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 12 maydagi 5-a-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarni innovatsion faoliyatga yo‘naltirish samaradorligi oshgan;
talabalarning innovatsion faoliyatga yo‘nalganligini psixologik tayyorlik mezonlariga ko‘ra, shaxs xususiyatlari (mustaqillik, o‘z-o‘zini qabul qilish, kreativlik)ning motivatsion, refleksiv-baholovchi komponentini rivojlanish dinamikasi asosida «tashabbuskorlik», «o‘zgarishlarga tayyorlik»ni darajaviy differensial xususiyatlarini aniqlash zarurati isbotlashga oid ma’lumotlar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 12 maydagi 5-a son buyrug‘i asosida “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan. (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 12 maydagi 5-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, psixologlar tomonidan olib boriladigan ijtimoiy psixologiya va psixologiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirishga erishilgan.