Xaitov Abror Uralovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Jismoniy imkoniyati cheklangan o‘smirlar sport faoliyatida norasolik kompleksini psixologik korreksiyalash», 19.00.06 - Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2 PhD/P291. 
Ilmiy rahbar: Shoumarov G‘ayrat Baxramovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD 03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent;  Avlaev Orif Umirovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jismoniy imkoniyati cheklangan o‘smirlarda norasolik kompleksini psixologik korreksiyalashning xususiyatlari asosida ularning ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jismoniy imkoniyati cheklangan o‘smirlarda  norasolik kompleksining namoyon bo‘lishida  emotsional beqarorlik, o‘z ichki olamiga yo‘nalganlik bilan bog‘liq xayoliy obrazlarning irratsional pozisiyaga muvofiq ustuvorligi tufayli,  shaxs tiplariga bog‘liq differensial farqlar mavjudligi dallilangan;
jismoniy imkoniyati cheklangan o‘smirlarda norasolik kompleksini shakllantiruvchi ijtimoiy-kognitiv omillarni tasniflashda shaxslararo munosabatlardagi emotsional qulaylik hissini «o‘z-o‘zini va boshqalarni qabul qilish»ga tanqidiy yondashishning kuchayishi hisobiga past darajadagi frustratsion tolerantlikka o‘zgarishiga asoslanib,   «ijobiy ichki kechinma», «maqsadni anglash», «ijtimoiy faollik», «ijtimoiy qiziqish» kabi mezonlardan foydalanish samarali ekanligi dalillangan; 
«Sport faoliyatida norasolik kompleksini psixologik korreksiyalash modeli» jismoniy imkoniyati cheklangan o‘smirlardagi «kemtiklik hissi»ni bartaraf etishda emotsional-irodaviy, motivatsion xususiyatlarga integrativ ta’sir etish muhimligiga ko‘ra, psixokorreksion faoliyatning kognitiv tuzilmasiga psixikaning faoliyatda rivojlanishi tamoyiliga muvofiq «ratsional giperkompensatsiyalash» komponentini biriktirish asosida takomillashtirilgan;
sportchi o‘smirlardagi norasolik kompleksini korreksiyalashda shaxsga bog‘liq xavotirlanish darajasini muloqotchanlik, o‘z-o‘zini adekvat qabul qilish jihatini kuchaytirish orqali bartaraf etishga qaratilgan «50 ta assotsiativ so‘z», «O‘rmondagi uy» psixoanalitik usullarni qo‘llash samarali ekanligi dalillangan.
  IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Jismoniy imkoniyati cheklangan o‘smirlar sport faoliyatida norasolik kompleksini psixologik korreksiyalashga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
jismoniy imkoniyati cheklangan o‘smirlarda norasolik kompleksi shakllanish omillarini o‘rganishga mo‘ljallangan anketa so‘rovnoma va norasolik kompleksini diagnostika qilish uchun ishonchli va milliy mentalitetimizga moslashtirilgan psixodiagnostik metodikalarga doir natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi  PM-24a-son buyrug‘i asosida “Umumiy psixodiagnostika” moduliga kiritildi (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi 2021 yil 26 avgustdagi PM-24a-son ma’lumotnomasi). Natijada, psixologlarning norasolik kompleksi tadqiqoti borasidagi bitiruv loyiha ishlarida diagnostik metodikalarni qo‘llash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
empirik ma’lumotlar asosida aniqlangan jismoniy imkoniyati cheklanganlik sababli o‘zini boshqalardek to‘liq his eta olmaslik; ijtimoiy faollikning kamligi; kelajakka umidsizlik; o‘quv muassasasidagi munosabatlar; oilada o‘zaro munosabatlar; tengdoshlar bilan munosabatlar; moddiy holat; tantanali uchrashuvlarning kamligi kabi jismoniy imkoniyati cheklangan o‘smirlarda norasolik kompleksi shakllanishining asosiy omillari haqidagi ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi  PM-24a-son buyrug‘i asosida “Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi 2021 yil 26 avgustdagi PM-24a-son ma’lumotnomasi). Natijada, psixologlarning kurs bo‘yicha norasolik kompleksi shakllanish omillarini o‘rganishga qaratilgan uslubiy ta’minoti shakllantirilgan;
 jismoniy imkoniyati cheklangan o‘smirlarning muvaffaqiyatga intilish motivsiyasini shakllantirish, ijtimoiy qiziqishlar darajasini rivojlantirish va ijtimoiy faollikni yuksaltirishga qaratilgan mashg‘ulotlar majmuasi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-24a-son buyrug‘i asosida “Ijtimoiy-psixologik trening” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi 2021 yil 26 avgustdagi PM-24a-son ma’lumotnomasi). Natijada, psixologlarning muvaffaqiyat motivsiyasi, ijtimoiy qiziqishlar va ijtimoiy faollikni yuksaltirishga qaratilgan treninglarni qo‘llash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan; 
jismoniy imkoniyati cheklangan o‘smirlarda norasolik hissi, jismoniy imkoniyati cheklanganlik sababli o‘zini boshqalardek to‘liq his eta olmaslik kechinmasini bartaraf etish, neyrotizm va frustratsiyaga moyillik darajasini minimallashtirishga qaratilgan psixokorreksion mashg‘ulotlar majmuasi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi  PM-24a-son buyrug‘i asosida “Psixokorreksiya” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi 2021 yil 26 avgustdagi PM-24a-son ma’lumotnomasi). Natijada, psixologlarning norasolik hissi, neyrotizm va frustratsiyaga moyillikni psixokorreksiyalashga qaratilgan mashg‘ulotlarni o‘rganish bo‘yicha uslubiy ta’minot samaradorligi oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish