Farfieva Komola Atxamdjanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘spirinlarda ilmiy-innovatsion tafakkur shakllanishining ijtimoiy-psixologik vositalari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.DSc/R35.
Ilmiy maslahatchi: Karimova Vasila Mamanosirovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Sodiqova Shoxida Marxaboevna, sotsiologiya fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘spirinlarda ilmiy-innovatsion tafakkur shakllanishining ijtimoiy-psixologik vositalarini aniqlash hamda ulardan samarali foydalanish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘spirinlarning ilmiy-innovatsion tafakkuridagi divergent xususiyatlarni differensiallashuvi natijasida ilmiy va ijodiylikka ahamiyat berish negizida axborotlarni qayta ishlash uchun idrok tanlovchanligining ortishiga ko‘ra, yoshlar tafakkuriga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik xususiyatlari aniqlangan;
oiladagi munosabatlar, virtual muloqot, ommaviy axborot vositalari, kitoblar, referent guruhning ta’siri natijasida muloqotdagi kreativlik, intellektual hislarni o‘z-o‘ziga beradigan bahoning adekvatligi asosida rivojlanishiga erishish orqali ilmiy-innovatsion tafakkurning shakllanishi dalillangan;
o‘spirinlarda ilmiy-innovatsion tasavvurlar tuzilmasining ma’noviy koordinatlariga ko‘ra, «anglanganlik», «mustaqil fikr», «havas», «vatanparvarlik» xissini dinamik rivojlanish xususiyatlari asosida qadriyatlarni baholashning semantik differensial ko‘rinishi dalillangan;
o‘spirinlarning kasbiy hamda shaxsiy rivojlanish xususiyatiga ko‘ra, ularda qarorlar qabul qilish murakkabligidagi ko‘rsatkichlarda muloqotchanlik, tavakkalchilik xususiyatlari hisobiga tasodifiy tanlovlarning ko‘p uchrashi tufayli, bilish, hissiy, xulq-atvor komponentlarining namoyon bo‘lishida differensial farqlar mavjudligi asoslangan;
shaxsda muvaffaqqiyatga erishish motivatsiyasining namoyon bo‘lish darajasi kreativ maydonda fikrlashni protsessual-faoliyat asosida boshqarish, uning maxsudlorligini qat’iyatlilik, ijtimoiy mas’uliyatlilikni shakllanish dinamikasiga muvofiq oshirishi natijasida ijodkorlikning ichki determinantlariga turtki beruvchi mexanizm ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘spirinlarda ilmiy-innovatsion tafakkur shakllanishining ijtimoiy-psixologik vositalarini o‘rganish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
o‘spirinlarning ilmiy-innovatsion tafakkuridagi divergent xususiyatlarni differensiallashuvi natijasida ilmiy va ijodiylikka ahamiyat berish negizida axborotlarni qayta ishlash uchun idrok tanlovchanligining ortishiga ko‘ra, yoshlar tafakkuriga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik xususiyatlari aniqlanganligi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 14 iyuldagi 7-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgust PM-33a-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy-innovatsion tafakkurini namoyon bo‘lishida ilmiy va ijodiylikni o‘rganish hamda tizimlashtirish imkoni kengaytirilgan;
oiladagi munosabatlar, virtual muloqot, ommaviy axborot vositalari, kitoblar, referent guruhning ta’siri natijasida muloqotdagi kreativlik, intellektual hislarni o‘z-o‘ziga beradigan bahoning adekvatligi asosida rivojlanishiga erishish orqali ilmiy-innovatsion tafakkurning shakllanishi dalillanganligi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 14 iyuldagi 7-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgust PM-33a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘spirin ilmiy-innovatsion tafakkurning shakllanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik vositalar va komponentlarni aniqlashga erishilgan;
o‘spirinlarda ilmiy-innovatsion tasavvurlar tuzilmasining ma’noviy koordinatlariga ko‘ra, «anglanganlik», «mustaqil fikr», «havas», «vatanparvarlik» xissini dinamik rivojlanish xususiyatlari asosida qadriyatlarni baholashning semantik differensial ko‘rinishi dalillanganligi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 14 iyuldagi 7-sonli buyrug‘i bilan «Umumiy psixodiagnostika» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgust PM-33a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘spirin ilmiy tasavvurini shakllanishida qadriyatlarni o‘rganish va baholashning qiyosiy tahliliga erishilgan;
o‘spirinlarning kasbiy hamda shaxsiy rivojlanish xususiyatiga ko‘ra, ularda qarorlar qabul qilish murakkabligidagi ko‘rsatkichlarda muloqotchanlik, tavakkalchilik xususiyatlari hisobiga tasodifiy tanlovlarning ko‘p uchrashi tufayli, bilish, hissiy, xulq-atvor komponentlarining namoyon bo‘lishida differensial farqlar mavjudligi asoslanganligi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 14 iyuldagi 7-sonli buyrug‘i bilan «Kasb psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgust PM-33a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘spirinlik davrida ilmiy tafakkurning an’anaviy va innovatsion faoliyat yo‘nalishlarida namoyon bo‘lishidagi differensial farqlarni aniqlash imkoni yaratilgan;
shaxsda muvaffaqqiyatga erishish motivatsiyasining namoyon bo‘lish darajasi kreativ maydonda fikrlashni protsessual-faoliyat asosida boshqarish, uning maxsudlorligini qat’iyatlilik, ijtimoiy mas’uliyatlilikni shakllanish dinamikasiga muvofiq oshirishi natijasida ijodkorlikning ichki determinantlariga turtki beruvchi mexanizm ekanligi asoslanganligi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 14 iyuldagi 7-sonli buyrug‘i bilan «Boshqaruv va marketing psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgust PM-33a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘spirin ilmiy-innovatsion tafakkurini mahsuldorligini rivojlantirish darajasini baholash imkoni yaratilgan.