Satvaldiev Azizjon Axmadjonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

1. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning gender va etnopsixologik o‘ziga xosligi (gender tenglik misolida)», 19.00.05 - Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2022.1.PhD/ R161.
Ilmiy rahbar: Karimova Vasila Mamanosirovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatilayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Shoimova Shoxista Sanaqulovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning gender hamda etnopsixologik o‘ziga xosligini empirik jihatdan ochib berish hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik biznes va tadbirkorlik sohalarida faoliyat yuritayotgan boshqaruvchi va ish yurituvchilarning shaxs ijtimoiy maqomi bilan bog‘liq fenomenologik jihatlariga ko‘ra, «tadbirkorlikka moyillik» hamda «biznes qobiliyatlari»ning shakllanishini ijtimoiy-kognitiv komponentga ustivorlik berish asosida ta’minlash orqali kommunikativlikning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini gender farqlari mavjudligi asoslangan;
xususiy tadbirkorlik bo‘yicha boshqaruv faoliyatini tashkillashtirishda milliy-madaniy muhitning ta’siri natijasida,shaxsning motivatsion sohasida erudisiya va ahloqiy kognisiyalarning o‘zaro uyg‘un rivojlanib, qadriyatlar darajasiga o‘zgarishi tufayli, gender stereotiplarning transformatsiyalanishi ijtimoiy-psixologik jihatdan asoslangan;
 erkaklar agressiv va avtoritar boshqaruv uslubi va ayollardagi kommunikativ malakani sharqona integratsiyasi natijasida «ideal tadbirkor erkak» va «ideal tadbirkor ayol» obrazlarini qaror qabul qilishdagi dadillik xususiyatini ekstrovertlik, optimistlik, liderlik sifatlarini differensiallashuvi orqali xususiy va oilaviy tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda gender farqlar kuzatilishi dalillangan;
tadbirkorlik faoliyatida ayollar mavqeiga ta’sir etuvchi segregatsiyani bartaraf etishda shaxsning tashqi qiyofasi, rahbarlik imijida kognitiv sifatlarni namoyon bo‘lishiga ko‘ra, aksiologik va etnopsixologik mezonlarning zaruriyati kontent tahlil asosida dalillangan. 
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlikning gender va etnopsixologik o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kichik biznes va tadbirkorlik sohalarida faoliyat yuritayotgan boshqaruvchi va ish yurituvchilarning shaxs ijtimoiy maqomi bilan bog‘liq fenomenologik jihatlariga ko‘ra, «tadbirkorlikka moyillik» hamda «biznes qobiliyatlari»ning shakllanishini ijtimoiy-kognitiv komponentga ustivorlik berish asosida ta’minlash orqali kommunikativlikning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini gender farqlari mavjudligini asoslashga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 19 avgustdagi 9-sonli buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 19 avgustdagi P-M-9-g-son ma’lumotnomasi). Natijada xususiy tadbirkorlikning shaxs gender maqomi bilan bog‘liq fenomenologik jihatlari, xotin-qizlardagi biznes qobiliyatlarning ijtimoiy-psixologik hamda gender o‘ziga xosligining pozitiv imkoniyatlarini takomillashtirishga erishilgan;
xususiy tadbirkorlikning boshqaruv faoliyati,milliy-madaniy muhit, milliy psixologiya, tarbiya uslublari, jamiyatdagi mavjud bo‘lgan gender stereotiplar bilan bog‘liqligi hamda transformatsiyasi ijtimoiy-psixologik so‘rovnoma asosida dalillashga doir tavsiyalar Andijon viloyati mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasining «Xotin-qizlar o‘rtasida eng ilg‘or biznes loyiha» tanlovi loyihasini doirasida belgilangan vaziflara ijrosini ta’milashda hamda Andijon viloyati bandlik boshqarmasi tomonidan 2020 yil uchun belgilangan tadbirlarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2021 yil 25 fevraldagi 02-02/448-son, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021 yil 19 yanvardagi 01/00-03/09-575-son ma’lumotnomalari). Natijada ijtimoiy munosabatlar, milliy-madaniy muhitning xotin-qizlar tadbirkorlik faoliyatiga ijobiy ta’sirini shakllantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
xususiy va oilaviy erkaklardagi agressiv va avtoritar boshqaruv uslubi va ayollardagi kommunikativ malakani sharqona odob va integratsiyasi, boshqalarda taassurot qoldirish orqali o‘zgalarga ta’sir ko‘rsatish, turli vaziyatlarda samaradorlikka erishishga intilishi kabi psixologik xususiyatlari gender o‘ziga xosligini asoslashga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 19 avgustdagi 9-sonli buyrug‘iga asosan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 19 avgustdagi P-M-9-g-son ma’lumotnomasi).Natijada oilaviy muhit vositasida xususiy va (yoki) oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yuritayotgan ayollarning kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
tadbirkorlik faoliyatida ayollar mavqeiga ta’sir etuvchi segregatsiyani bartaraf etishning gender xususiyatlari, aksiologik va etnopsixologik mezonlari erkaklar xulqi motivlari bilan qiyoslanib, kontent tahlil asosida dalillash bo‘yicha tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 19 avgustdagi 9-sonli buyrug‘iga asosan «Etnopsixologiya va din psixologiyasi» moduliga kiritilgan (TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 19 avgustdagi P-M-9-g-son ma’lumotnomasi). Natijada tadbirkorlik faoliyatida ayollar mavqeiga ta’sir etuvchi segregatsiyani bartaraf etishning gender xususiyatlari, hududiy, etnopsixologik, muhit, din, mafkura, etnos tarixi va madaniyatining o‘rniga oid nazariy qarashlar va amaliy tavsiyalar bilan «Etnopsixologiya va din psixologiyasi» o‘quv fani mavzulari takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish