Jo‘raeva Sohibjamol Norqobilovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Zamonaviy pedagog imiji shakllanishining ijtimoiy-psixologik omillari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2016.3.DSc/R71.
Ilmiy maslahatchi: Shoumarov G‘ayrat Baxramovich psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Abdullaeva Shoira Xamidovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Shamsiev O‘ktam Badriddinovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasasi zamonaviy pedagogi imiji shakllanishining ijtimoiy-psixologik omillarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy pedagog imijining shaxslilik xususiyatlarini rivojlanganlik darajasiga muvofiq, ularda o‘ziga ishonch, talabchanlik, mustaqillik, kasbiy refleksiyaning differensial namoyon bo‘lishi natijasida pedagogik muloqotni tarkib topishiga asoslanib, kasbiy «Men»ning interpersonal «Men» bilan uyg‘un shakllanishi dalillangan;
«ideal o‘qituvchi»ning kasbiy-shaxsiy kompetensiyalarini rivojlanganlik holatini talabalar tomonidan anglanilganlik darajasiga ko‘ra, intellektual (o‘z sohasining ustasi, keng qamrovli dunyoqarash), ijtimoiy-perseptiv (adolatlilik, talabalarning muammolarini tushunish, kirishimlilik) xususiyatlarga liderlikning axloqiy komponenti asosida ustuvorlik berish orqali zamonaviy pedagogning imijini tavsiflovchi sifatlarni baholash mumkinligi isbotlangan;
o‘qituvchi imijini yaratish va tavsiflashda «ekstrovertlik», «o‘zini o‘zi nazorat qilish», «emotsional barqarorlik», «ekspressivlik-praktiklik»ni shaxs psixoemotsional holatiga ustuvor ta’siri muhimligiga ko‘ra, «pedagogning shaxslilik ustanovkalari» yetakchi ijtimoiy-psixologik omil ekanligi dalillangan;
pedagogning talabalar va hamkasblari bilan shuxslararo munosabatlaridagi sotsial-kommunikativ xususiyatlarini yuqori darajada namoyon bo‘lishi emotsional bilimdonlik, o‘zining ijtimoiy maqeini saqlashga (o‘z emotsiyalarini boshqarish), o‘zining doimiy ravishda ijtimoiylashuvini ta’minlashga xayrixohlik (o‘zini o‘zi rag‘batlantirish), pedagogik qarorlarni qabul qilish ko‘nikmalarini hamkorlikdagi kognitiv faoliyatni boshqarish jarayonida ustuvor rivojlanishiga asoslanib, pedagog imijining pedagogik kompetentligini belgilovchi tarkibiy komponent ekanligi isbotlangan;
shaxs ijtimoiy tiplarining psixologik portretda namoyon bo‘lish darajasiga muvofiq, mantiqiy-sensor ratsional introvert (islohatchi va novator, hamma narsaga hushyor va real qaraydigan, murakkab vaziyatlarda ham echim topadigan, shaxslararo munosabatlarida agressivlik bilan xushmuomalalik almashib turadigan «nozir»), etikaviy-intuitiv ratsional (atrofdagilarning muammolari haqida o‘ylaydigan, o‘zlariga yuklatilgan vazifalarga mas’uliyatli, ekstremal vaziyatlarda ehtiyotkor, ijtimoiy munosabatlarda yaxshilik bilan yomonlikni to‘liq farqlaydigan, atrofdagilarga mag‘rur odamdek tassurot uyg‘otadigan «murabbiy»), ekstravert sensor-mantiqiy irratsional introvert (o‘jar, o‘zini tutib olgan, kamgap, ish o‘rni va faoliyatida hamma narsa batartibli va ozoda bo‘lishini yoqlaydigan, keskin vaziyatlarda atrofdagilarga nisbatan his-tuyg‘ularini sovuqqonlik bilan yashira oladigan, o‘ta dilkash va e’tiborlilikni o‘zida namoyon etuvchi «usta») xususiyatlarni pedagogik faoliyatda rivojlanishiga asoslanib, zamonaviy pedagog imijini ifodalovchi mezon ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy pedagog imiji shakllanishining ijtimoiy-psixologik omillarini o‘rganishdan olingan ilmiy natijalar asosida:
zamonaviy pedagog imijining shaxslilik xususiyatlarini rivojlanganlik darajasiga muvofiq, ularda o‘ziga ishonch, talabchanlik, mustaqillik, kasbiy refleksiyaning differensial namoyon bo‘lishi natijasida pedagogik muloqotni tarkib topishiga asoslanib, kasbiy «Men»ning interpersonal «Men» bilan uyg‘un shakllanishi dalillanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 15 sentyabrdagi 9-sonli buyrug‘i bilan «Pedagogik psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 15 sentyabrdagi 9-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagoglar qayta tayyorlash kursi o‘quv jarayonida pedagog faoliyatini tashkil etish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
«ideal o‘qituvchi»ning kasbiy-shaxsiy kompetensiyalarini rivojlanganlik holatini talabalar tomonidan anglanilganlik darajasiga ko‘ra, intellektual (o‘z sohasining ustasi, keng qamrovli dunyoqarash), ijtimoiy-perseptiv (adolatlilik, talabalarning muammolarini tushunish, kirishimlilik) xususiyatlarga liderlikning axloqiy komponenti asosida ustuvorlik berish orqali zamonaviy pedagogning imijini tavsiflovchi sifatlarni baholash mumkinligi isbotlangan takliflar ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 15 sentyabrdagi 9-sonli buyrug‘i bilan «Kasb psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi 2021 yil 15 sentyabrdagi 9-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim jarayonida pedagoglarning talabalar bilan hamkorligini tashkil etishning uslubiy ta’minoti shakllantirilgan;
o‘qituvchi imijini yaratish va tavsiflashda «ekstrovertlik», «o‘zini o‘zi nazorat qilish», «emotsional barqarorlik», «ekspressivlik-praktiklik»ni shaxs psixoemotsional holatiga ustuvor ta’siri muhimligiga ko‘ra, «pedagogning shaxslilik ustanovkalari» yetakchi ijtimoiy-psixologik omil ekanligi dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 15 sentyabrdagi 9-sonli buyrug‘i bilan «Pedagogik psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi 2021 yil 15 sentyabrdagi 9-son ma’lumotnomasi). Natijada psixologlarni qayta tayyorlash kurs ishlarida pedagogning shaxslilik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlashda faoliyatlari samaradorligini oshirishga yordam berilgan;
pedagogning talabalar va hamkasblari bilan shuxslararo munosabatlaridagi sotsial-kommunikativ xususiyatlarini yuqori darajada namoyon bo‘lishi emotsional bilimdonlik, o‘zining ijtimoiy maqeini saqlashga (o‘z emotsiyalarini boshqarish), o‘zining doimiy ravishda ijtimoiylashuvini ta’minlashga xayrixohlik (o‘zini o‘zi rag‘batlantirish), pedagogik qarorlarni qabul qilish ko‘nikmalarini hamkorlikdagi kognitiv faoliyatni boshqarish jarayonida ustuvor rivojlanishiga asoslanib, pedagog imijining pedagogik kompetentligini belgilovchi tarkibiy komponent ekanligi isbotlangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 15 sentyabrdagi 9-sonli buyrug‘i bilan «Pedagogik psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi 2021 yil 15sentyabrdagi 9-son ma’lumotnomasi). Natijada kurs tinglovchilarida metodikalardan tejamkorona va operativ foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonining samaradorligini oshishiga erishilgan;
shaxs ijtimoiy tiplarining psixologik portretda namoyon bo‘lish darajasiga muvofiq, mantiqiy-sensor ratsional introvert (islohatchi va novator, hamma narsaga hushyor va real qaraydigan, murakkab vaziyatlarda ham echim topadigan, shaxslararo munosabatlarida agressivlik bilan xushmuomalalik almashib turadigan «nozir»), etikaviy-intuitiv ratsional (atrofdagilarning muammolari haqida o‘ylaydigan, o‘zlariga yuklatilgan vazifalarga mas’uliyatli, ekstremal vaziyatlarda ehtiyotkor, ijtimoiy munosabatlarda yaxshilik bilan yomonlikni to‘liq farqlaydigan, atrofdagilarga mag‘rur odamdek tassurot uyg‘otadigan «murabbiy»), ekstravert sensor-mantiqiy irratsional introvert (o‘jar, o‘zini tutib olgan, kamgap, ish o‘rni va faoliyatida hamma narsa batartibli va ozoda bo‘lishini yoqlaydigan, keskin vaziyatlarda atrofdagilarga nisbatan his-tuyg‘ularini sovuqqonlik bilan yashira oladigan, o‘ta dilkash va e’tiborlilikni o‘zida namoyon etuvchi «usta») xususiyatlarni pedagogik faoliyatda rivojlanishiga asoslanib, zamonaviy pedagog imijini ifodalovchi mezon ekanligi dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 15 sentyabrdagi 9-sonli buyrug‘i bilan «Pedagogik psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi 2021 yil 15 sentyabrdagi 9-son ma’lumotnomasi). Natijada kurs tinglovchilarda ta’lim oluvchilarning tipalogik xususiyatlariga ko‘ra ishni tashkil etish bilan bog‘liq faoliyatlari samarasi oshirilgan.