Murodov Sardor Normumin o‘g‘lining
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yuqori egrilik hadlariga ega bo‘lgan gravitatsiya nazariyalarida yangi skalyarizatsiyalangan echimlar”, 01.04.02 – Nazariy fizika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/FM570.
Ilmiy rahbarlar: Ibadov Rustam Mustafaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Jutta Kunz, Dr., professor, Oldenburg universiteti, Germaniya.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti qoshidagi Fundamental va Amaliy tadqiqotlar instituti, DSc.03/31.03.2022.T/FM.10.04.
Rasmiy opponentlar: Narzilloev Bakhtiyor Murot o‘g‘li, fizika-matematika fanlari doktori; Yves Brihaye, Dr., professor, Mons universiteti, Belgiya.
Yetakchi tashkilot: Al-Farabi nomidagi Qozoq milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori egrilik hadlariga ega bo‘lgan Eynshteyn-skalyaar-Gauss-Bonnet va Eynshteyn-skalyaar-Chern-Simons gravitatsiya nazariyalarida skalyarizatsiyalangan yumronqoziq ini echimlarini topishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Eynshteyn-skalyaar-Gauss-Bonnet gravitatsiya nazariyalarida skalyaar o‘zaro ta’sirlashuv potensialga ega bir va ekvator bilan chegaralangan ikki bo‘g‘izli yumronqoziq ini echimlari olindi va Gauss-Bonnet bog‘lanish doimiysi o‘zgartirilib, ushbu gravitatsiya nazariyalarida yumronqoziq inlarining mavjud bo‘lish sohasi aniqlangan;
yuqori egrilik hadlariga ega Eynshteyn-skalyaar-Gauss-Bonnet va ilk bor Eynshteyn-skalyaar-Chern-Simons gravitatsiya nazariyalarida bog‘lanish parametri va skalyaar zaryad o‘zgartirilib, yangicha skalyarizatsiyalangan Newman-Unti-Tamburino yumronqoziq inlarining mavjud bo‘lishi, hamda ularning Newman-Unti-Tamburino zaryadiga bog‘liqligi aniqlangan;
Gauss-Bonnet invarianti holatida va Newman-Unti-Tamburino zaryadining yo‘qolish chegarasida skalyarizatsiyalangan yumronqoziq ini echimlari to‘plamiga erishildi. Chern-Simons invarianti holatida esa, Newman-Unti-Tamburino zaryadining kamayishi va bog‘lanish doimiysing o‘zgarishi sababli, ushbu yumronqoziq ini echimlar chegaralari o‘ziga xos bo‘lgan ikki sohaga ajralishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori egrilik hadlariga ega bo‘lgan gravitatsiya nazariyalarida yangi skalyarizatsiyalangan echimlarni o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Eynshteyn-skalyar-Gauss-Bonnet gravitatsiya nazariyalarida skalyar o‘zaro ta’sirlashuv potensialga ega bir va ekvator bilan chegaralangan ikki bo‘g‘izli yumronqoziq ini echimlarini tadqiq etish davomida olingan natijalar xalqaro ilmiy jurnallarda (Physical Review D 103, 124062, 2021; Physical Review D 104, 024048, 2021; Physical Review D 104, 044006, 2021; The European Physical Journal C, Vol.81, 285, 2021; The European Physical Journal C, Vol.81, 858, 2021; Journal of Cosmology and Astroparticle Physics, 10(2021)059; Journal High Energy Physics, 104, 2021; Nuclear Physics B, Vol.980, 115848, 2022; Journal of Cosmology and Astroparticle Physics, 05(2022)022) va DFG RTG 1620 “Models of Gravity” loyihasi doirasida foydalanilgan. Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi yuqori egrilikli gravitatsiya nazariyalarida qora tuynuk va o‘tkazadigan yumronqoziq ini echimlarining mavjud bo‘lish sohalarini aniqlash imkonini bergan;
yuqori egrilik hadlariga ega bo‘lgan gravitatsiya nazariyalarida yangi skalyarizatsiyalangan echimlarini tadqiq etish davomida olingan natijalar Rossiya Federatsiyasi fan va oliy ta’lim vazirligining № 0723-2020-0041 “Elementar zarralar va kosmologiyaning asosiy xossalari” loyihasi, “RFBR 19-02-00346” loyihasi, va Malayziya texnologiya universitetining Q.J130000.2626.14J72 loyihasi doirasida foydalanilgan. Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi yuqori egrilikli gravitatsiya nazariyalarida qora tuynuk va yumronqoziq inlarini mavjudligi va xossalariga oid nazariy natijalarning muhim ilmiy asosli xulosalarini oqilona tushuntirishga imkon bergan;
Eynshteyn-skalyar-Gauss-Bonnet va Eynshteyn-skalyar-Chern-Simons gravitatsiya nazariyalarida skalyarizatsiyalangan yumronqoziq ini echimlarini aniqlash va ularni Newman-Unti-Tamburino zaryadiga bog‘liqligini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar xalqaro ilmiy jurnallarda (Journal High Energy Physics 104 (2021); The European Physical Journal C, Vol.82, 238, 2022; Journal of Cosmology and Astroparticle Physics, 05(2022)022) va “European COST action CA16104” loyihasida foydalanilgan. Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi massaga ega bo‘lmagan zaryadli yumronqoziq ini echimlarini va yumronqoziq ini echimlarining katta sinfini aniqlash imkonini bergan.