Qobilova Shahodat Shokirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sovershenstvovanie diagnostiki i lecheniya ekssudativnogo otita pri dobrokachestvennix novoobrazovaniyax nosa, okolonosovix pazux i nosoglotki», 14.00.04 – Otorinlaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1490.
Ilmiy rahbar: Lutfullaev G‘ayrat Umrillaevich tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020 Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Nasirov Vadim Aliyarovich tibbiyot fanlari doktori, professor (Qirg‘iziston), Nasretdinova Maxzuna Taxsinovna tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abuali Ibn Sino nomli Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi burun, burun yon bo‘shliqlari va burun-halqum xavfsiz o‘smalar negizida rivojlangan ekssudativ o‘rta otitni diagnostika usullarini va kompleks terapiyada mahalliy immunokorreksiyani qo‘llash orqali davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
burun, burun yon bo‘shliqlari va burun-halqum xavfsiz o‘smalarida ekssudativ o‘rta otitda oshib boruvchi otologik belgilar qo‘loqning funksional holatini bir tomonlama buzilishi (eshituv nayi ventilyasion funksiyasini III-IV darajali buzilishi, konduktiv va aralash turdagi eshitishni pasayishi, V-tipli patologik timpanogramma) bilan bir vaqtda burun belgilari (burundan nafas olishni qiyinlashishi, yot jism xissi, burundan qon ketish) aniqlangan;
burun, burun yon bo‘shliqlari va burun-halqum xavfsiz o‘smalar negizida rivojlangan ekssudativ o‘rta otitda otomikroskopik ko‘rinish asosida “spisali g‘ildirak” belgisining diagnostik axamiyati isbotlangan;
burun, burun yon bo‘shliqlari va burun-halqum xavfsiz o‘smalar negizida rivojlangan ekssudativ o‘rta otitda immunokompetent hujayralarni faollashishi natijasida xujayrali (CD3+, CD4+, CD8+, CD19+) va gumoral (IgA, IgM, IgG, IgE) immunitet ko‘rsatkichlarining salbiy o‘zgarishi aniqlangan;
operatsiyadan keyingi davrda burun, burun yon bo‘shliqlari va burun-halqum xavfsiz o‘smalar negizida rivojlangan ekssudativ o‘rta otitda immunitetning hujayrali va gumoral ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan “Gepon” immunomodulyatori bilan “Sinulor” burun spreyini birgalikda qo‘llash orqali kompleks davolash usuli takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalari asosida, burun, burun yon bo‘shliqlari va burun-halqum xavfsiz o‘smalar negizida rivojlangan ekssudativ o‘rta otit bilan kasallangan bemorlarda qo‘llanilgan tashxisot va davolashning takomillashtirilgan usullari baholandi:
burun, burun yon bo‘shliqlari va burun-halqum xavfsiz o‘smalarida EO‘Oni tashxislashning yangi yondashuvi bo‘yicha "Burun, burun yon bo‘shliqlari va burun-halqumning xavfsiz o‘smalarida ekssudativ o‘rta otitni erta tashxislash" uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 1 noyabrdagi №8n-r/994-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma burun, burun yon bo‘shliqlari va burun-halqumning xavfsiz o‘smalarida ekssudativ o‘rta otitni tashxislash imkonini berdi;
"Burun, burun yon bo‘shliqlari va burun-halqumning xavfsiz o‘smalarida ekssudativ o‘rta otitni kompleks davolash" uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 1 noyabrdagi №8n-r/995-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma bemorlarning hayot sifatini yaxshish, eshitish qobiliyatining pasayishini oldini olish va bemorni shifoxonada qolish muddatini kamaytirish imkonini berdi;
burun, burun yon bo‘shliqlari va burun-halqum o‘smalari negizida rivojlangan ekssudativ o‘rta otit bilan kasallangan bemorlarning klinik, immunologik, sitologik va instrumental xususiyatlarini ilmiy tekshirish natijalari Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Urgut tuman tibbiyot birlashmasi amaliyotiga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 18 noyabrdagi № 8n-z/436 -son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi burun, burun yon bo‘shliqlari va burun-halqum xavfsiz o‘smalarida EO‘Oni tashxisini optimallashtirish, turg‘un eshitish pasayishini oldini olish, bemorlarni shifoxonada qolish kunlarini qisqartirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini berdi.