Usmanov Parviz Raxmatilloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gipertonik kassaligi bor bemorlarda generalashgan parodontitni davolanishi klinik-patogenetik asoslash», 14.00.21–Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1734.
Ilmiy rahbarlari: Zoyirov Tulkin El`nazarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universtiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020 Tib102.02.
Rasmiy opponentlar: Bejanova Ol`ga Esenevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shomurodov Kaxramon Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Uzok shark davlat tibbiyot univestiteti (Rossiya)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gipertoniya kasalligi bor bemorlarda surunkali tarqalgan parodontitni kompleks davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor gipertoniya bilan kasallangan bemorlarda tizimli patologiyaning og‘irligini parodontdagi mahalliy o‘zgarishlarning namoyon bo‘lishiga ta’sirini baholash orqali generallashgan parodontitning tarqalishi, og‘irlik darajasi va rivojlanish xavfi aniqlangan;
og‘iz bo‘shlig‘ining antioksidant tizimlar faolligining pasayishi va lipid peroksidlanish mahsuli konsentratsiyasining oshishi tufayli gipertoniya bilan generallashgan parodontit bilan kasallangan bemorlarda so‘lak bezlarining funksional holatidagi o‘zgarishlar va parodontitning og‘irlik darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlik asoslangan;
gipertoniya bilan generallashgan parodontit bilan kasallangan bemorlarda parodont to‘qimasining zararlanish darajasiga bog‘liq holda lipidlarni perioksidlanishi va antioksidant tizim jarayonlari hamda og‘iz suyuqligining lipid spektridagi o‘zgarishlarning klinik va diagnostik ahamiyati aniqlangan;
ilk bor gipertoniya bilan generallashgan parodontit bilan kasallangan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i suyuqligining fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarini va prooksidant-antioksidant muvozanatini tiklash hamda lipid spektrini normallashtirishga yordam beradigan statin va antioksidant preparatlarni kompleks terapiya tartibiga kiritish orqali davolash usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gipertoniya kasalligi bor bemorlarda generallashgan parodontitni davolanishini klinik-patogenetik asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gipertoniya kasalligi bor bemorlarda tarqalgan parodontitni davolashda gipolipidemik preparatlarni qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Gipertoniya kasalligi bor bemorlarda parodontitni komples terapiyasida Atorvakor statinni qo‘llash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘likni saqlash vazirligining 2021 yil 27 iyuldagi 8n-r/677-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma gipertoniya kasalligi bor bemorlarda parodontitni davolashda statinlar guruxiga kiruvchi preparatni qo‘llash orqali kasallikning davolash samaradorligini oshirish va kasallik asoratlarini kamaytirish imkonini bergan;
yurak qon tomir kasalliklari fonida rivojlangan parodonttitni davolash natijasida lipidlarni perioksidlanishi, antioksidant tizim va og‘iz suyuqligidagi lipid spektri mo‘tadillashtirish orqali terapiya dastur samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Yurak qon tomir patologiyasi bor bemorlarda parodont kasalliklarini davolashda amaliy yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘likni saqlash vazirligining 2021 yil 27 iyuldagi 8n-r/678-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma yurak qon tomir patologiyasida parodont kasalliklarini davolash dastur asosida komorbid kasalliklarini kechishini engillashtirish imkonini bergan;
gipertoniya kasalligi bor bemorlarda parodontitni tashxislash va davolash sifatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand viloyati stomatologiya poliklinikasi va Samarqand shaxar stomatologiya poliklinikasi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 8 sentyabrdagi 8n-z/299-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni amaliyotga tadbiq etilishi takomillashtirilgan davo usulni qo‘llash natijasi parodontitni erta tashxislash, kasallik kechishini bashorat qilish, o‘z vaqtida kelib chiqadigan asoratlarni profilaktikasini optimallashtirishga hamda bemorlar hayot sifatini yaxshilab, davolash chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish imkonini bergan.