Sayt test rejimida ishlamoqda

Azimov Rustam Sodiqovich 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida risklarni sug‘urtalash uslubiyotini takomillashtirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit» (Iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3DSc/Iqt403.
Ilmiy maslahatchi: -
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Raya Xodjabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Siganov Aleksandr Andreevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sug‘urta risklarini boshqarish metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mol-mulkning yo‘qotilishi (nobud bo‘lishi), kamomadi yoki shikastlanishi hamda sug‘urta qildiruvchining daromadlar ololmaslik, kutilmagan xarajatlari yuzaga kelishi tavakkalchiligi bilan bog‘liq manfaatlarini kiritish orqali sug‘urta ob’ektlari tarkibi aniqlashtirilgan;
sug‘urta faoliyati turlariga bog‘liq holda differensiatsiyalangan ustav kapitali minimal miqdorlarini bosqichma-bosqich oshirish, shuningdek zaxira jamg‘armasining cheklangan miqdorini sug‘urta tashkiloti ustav fondining 50 foizigacha oshirish taklif etilgan;
qayta sug‘urtalovchi sug‘urta majburiyatlarini qayta sug‘urtalash uchun xorijiy sug‘urta tashkilotlariga berishdan avval beriladigan sug‘urta majburiyatlarining kamida 50 foizini respublika hududidagi sug‘urta tashkilotlariga berish asoslangan;
sug‘urta zaxiralari mablag‘larining eng kam miqdorini va sug‘urtalovchilar tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlarning shakli, uni e’lon qilish muddatlarini belgilash vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshirilishi taklif etilgan;
davlat, biznes va fuqarolarning mulkiy manfatlarini ximoyalashda milliy sug‘urtani uch darajali modelini amalga oshirish asosida hududlarda aholini sug‘urta madaniyatini oshirishni kiritish orqali sug‘urta bozorini 2026 yilgacha rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida risklarni sug‘urtalash metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
mol-mulkning yo‘qotilishi (nobud bo‘lishi), kamomadi yoki shikastlanishi  hamda sug‘urta qildiruvchining daromadlar ololmaslik, kutilmagan xarajatlari yuzaga kelishi tavakkalchiligi bilan bog‘liq manfaatlarini kiritish orqali sug‘urta ob’ektlari tarkibini aniqlashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan taklif 2021 yil 23 noyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-730-son Qonunining “Sug‘urta ob’ektlari” deb nomlanuvchi 11-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligining 2022 yil 1 iyuldagi 01-16-32/845-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘urta ob’ektlari tushunchasining mazmun-mohiyati xalqaro talablarga muvofiqlashtirilgan, sug‘urta ob’ektining tarkibini ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatini to‘g‘ri talqin qilish imkoniyati vujudga kelgan hamda keng jamoatchilik tomonidan tushunilishi osonlashgan;
sug‘urta faoliyati turlariga bog‘liq holda differensiatsiyalangan ustav kapitali minimal miqdorlarini bosqichma bosqich oshirish, shuningdek zaxira jamg‘armasining cheklangan miqdorini sug‘urta tashkiloti ustav fondining 50 foizigacha oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4412-son qarorining 3-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligining 2022 yil 1 iyuldagi 01-16-32/845-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonda sug‘urta kompaniyalarining umumiy ustav kapitali miqdori 2022 yilning birinchi choragida 10 foizdan ortiq oshishiga erishilgan;
qayta sug‘urtalovchi sug‘urta majburiyatlarini qayta sug‘urtalash uchun xorijiy sug‘urta tashkilotlariga berishdan avval beriladigan sug‘urta majburiyatlarining kamida 50 foizini respublika xududidagi sug‘urta tashkilotlariga berish taklifi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019 yil 30 sentyabrdagi “Qayta sug‘urta qilish xizmatlari ko‘rsatishning yagona talablari va standartlari to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha kiritish haqida”gi 101-son buyrug‘ining 81-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligining 2022 yil 1 iyuldagi 01-16-32/845-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi hududida qayta sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyati kengaygan;
sug‘urta zaxiralari mablag‘larining eng kam miqdorini belgilash hamda sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar) tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlarning va ular tomonidan e’lon qilinadigan yillik moliyaviy hisobotning shaklini, shuningdek uni taqdim etish hamda e’lon qilish tartibi va muddatlarini belgilash bo‘yicha taklifi 2021 yil 23 noyabrda kuchga kirgan O‘zbekiston Respubliksining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-730-son Qonunining 6-bobida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligining 2022 yil 1 iyuldagi 01-16-32/845-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta faoliyatini Sug‘urta nazorati xalqaro assotsiatsiyasi o‘rnatgan standartlarga moslashtirish imkoniyatini bergan;
davlat, biznes va fuqarolarning mulkiy manfatlarini ximoyalashda milliy sug‘urtani uch darajali modelini amalga oshirish asosida xududlarda axolini sug‘urta madaniyatini oshirishni kiritish orqali sug‘urta bozorini 2026 yilgacha rivojlantirish strategiyasi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 yanvardagi PQ-104-son “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 10-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan “2022 yilda xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ning 24-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligining 2022 yil 1 iyuldagi 01-16-32/845-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonda sug‘urta bozorini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish asosida yalpi ichki maxsulot tarkibida sug‘urtaning ulushini oshirish imkoniyatini yaratgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish