Jumaev Akmal Axmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbek va nemis ertaklarida qushlar obrazi tipologiyasi hamda spesifikasi», 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil1139.
Ilmiy rahbar: O‘raeva Darmon Saidaxmedovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Qarshibaeva Uljan Davirovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Mahmudov Alisher Yuldashovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nemis va o‘zbek ertaklarida qushlar obrazining genezisi, semantik tiplari, poetik vazifalarini qiyosiy hamda spesifik xususiyatlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nemis va og‘zaki va yozma adabiyotidagi qush kul`ti bilan bog‘liq qadimiy qarashlarning mazmun-mohiyati, tarixiy-mifologik jihatdan kelib chiqish asoslari, qushlarga aloqador e’tiqodiy qarashlarning mif-marosim-fol`klor-yozma adabiyotdagi poetik tadrijiy talqini, obrazlantirilish tamoyillari aniqlangan;
og‘zaki va yozma adabiyotda qushlar obrazining poetik tamoyillari mif poetikasi badiiy ifoda vositalari, ijodkor uslubi doirasidagi transformatsiyasi, badiiy-estetik qonuniyatlar, yondashuv tamoyillari, funksionalligi, qahramon ruhiyatini aks ettirish, asarning g‘oyasini yoritib berish kabi kompozision vazifalarni bajarishda namoyon bo‘lishi isbotlangan;
qiyoslanayotgan tillarda ornitonimlarni obrazlantirish badiiy-estetik tajribasining an’anaviyligi, ornitonimik obrazlar genezisidagi mushtarakliklar, ularning badiiy matnda ornitopoetonim bo‘lib kelishi, semantik tiplari, turli ramziy-timsoliy ma’nolarida assotsiativlik kasb etishi, genderlik asosida berilishi, har bir xalqning tarixi va madaniyati bilan bog‘liqligi dalillangan;
qushlar obrazining nemis va o‘zbek ertaklarida poetik jihatdan g‘aroyiblik, rang, vaqt, makonga muvofiq epik qahramonga homiy, g‘ayrioddiy qobiliyatlarga egalik kabi ijobiy, sehr-joduli, shavqatsiz, yovuz niyatli, qo‘rqituvchi va ofat yog‘diruvchi raqib kabi salbiy xususiyatlarining mushtaraklik kasb etishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nemis va o‘zbek ertaklarida qushlar obrazining tipologik hamda spesifik talqinini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
og‘zaki va yozma adabiyotda qushlar obrazining poetik tamoyillari mif poetikasi badiiy ifoda vositalari, ijodkor uslubi doirasidagi transformatsiyasi, badiiy-estetik qonuniyatlar, yondashuv tamoyillari, funksionalligi, qahramon ruhiyatini aks ettirish, asarning g‘oyasini yoritib berish kabi kompozision vazifalarni bajarishda namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-OO5 raqamli “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 26 oktyabrdagi 312/1-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu dissertatsiyada qushlar obrazining og‘zaki va yozma adabiyotda homiy ruhlar haqidagi qadimgi mifologik tasavvur-tushunchalar, e’tiqodiy qarashlar, marosim, urf-odatlar bilan bog‘liqlikda talqin qilinishi, xalq ertaklarida qushlar obrazining asosiy tiplari, poetik vazifalari, hayot voqeliklari bilan bog‘lab tasvirlanishi, xalqona badiiy talqinlari, ramziy ma’nolari ko‘lami, timsoliy belgilari, qadimiy totemistik qarashlar, qush kul`tiga ishonchning ertaklardagi ifodasi tarixiy-mifologik aspektda yoritilishi asosida olingan ilmiy xulosalar fol`klorning yozma adabiyotga ta’sirini ochishga xizmat qilgan;
qiyoslanayotgan tillarda ornitonimlarni obrazlantirish badiiy-estetik tajribasining an’anaviyligi, ornitonimik obrazlar genezisidagi ayrim mushtarakliklar, ularning badiiy matnda ornitopoetonim bo‘lib kelishi, semantik tiplari, turli ramziy-timsoliy ma’nolarida assotsiativlik kasb etishi, genderlik asosida berilishi, har bir xalqning tarixi va madaniyati bilan bog‘liqligi borasidagi nazariy ma’lumotlardan Buxoro davlat universitetida 2018-2019-yillarda bajarilgan AQShning SUZ800-18-IN0049 raqamli “Kitobxonlar klubi” (“Readers Club at the Department of the English Literature”) mavzuidagi xorijiy loyihaa belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2021 yil 30 iyundagi 05-01-0330-son ma’lumotnomasi). Natijada kitobxonlar klubi faoliyati davomida dissertatsiyada keltirilgan nemis va o‘zbek ertaklarida qushlar obrazining tipologik hamda spesifik xususiyatlarini qiyosiy o‘rganish orqali ularning mushtarak va farqli jihatlari, rang-barang kul`t va qiyofalarda berilishidagi o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishga erishilgan;
qushlar obrazining nemis va o‘zbek ertaklarida poetik jihatdan g‘aroyiblik, rang, vaqt, makonga muvofiq epik qahramonga homiy, g‘ayrioddiy qobiliyatlarga egalik kabi ijobiy; sehr-joduli, shavqatsiz, yovuz niyatli, qo‘rqituvchi va ofat yog‘diruvchi raqib kabi salbiy xususiyatlarining mushtaraklik kasb etishi haqidagi ilmiy xulosalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘’jiza”, “Adabiy muhit”, “Jahon tamadduni durdonalari”, “Asrlarning asraganlari” teledasturlarida efirga uzatilgan ko‘rsatuvlar, shuningdek, “Muloqot va munozara”, “Qadriyatlar qadim beshigi” radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 13 oktyabrdagi 1/263-son ma’lumotnomasi). Natijada bu ko‘rsatuvlarni tayyorlashda qushlar obrazi ishtirok etgan xalq og‘zaki ijodi namunalari, xususan, turli tizimli tillardagi ertaklarda ularning badiiy talqini bilan bog‘liq qiziqarli tahliliy materiallar teletomoshabinlar e’tiboriga havola qilingan. Buning natijasida esa ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukamallashtirilib, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, ko‘rsatuvning ilmiy-ommaboplik xususiyati oshirilgan.