Xudaykulova Shaxnoza Suvanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tili aksiologik leksikasining semantik-stilistik xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1265.
Ilmiy rahbar: Dadaboev Xamidulla Aripovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Sobirov Abdulhay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor; Baxronova Dilrabo Keldiyorovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi frazeologizmlar hamda badiiy matnlar asosida aksiologik leksikaning semantik-stilistik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tili aksiologik leksikasini ifodalovchi frazeologizmlarning mental, madaniy o‘ziga xos jihatlari ochib berilib, aksiologik frazeologiyani ilmiy asoslash jarayonida qadriyat va aksilqadriyat maqomidagi aksiologik juftliklarning semantik-stilistik imkoniyati aniqlangan;
o‘zbek tili poetik aksiologiyasi asosida badiiy matnning baholovchi xususiyati ochib berilib, qadriyatlar va ularning badiiy matnda ijodkorning dunyoqarashi va aksiologik bahoni aks ettirishi dalillangan;
Abdulhamid Cho‘lpon she’riyatida erk-erksizlik konseptlari aksiologik dominanta ekanligi aniqlanib, ularning yetakchi mavqei ochib berilgan;
aksiolingvistikaning hozirgi tilshunoslik yo‘nalishlari bilan bog‘liqligi aniqlanib, aksiologiya va aksiologik baho tushunchalarining o‘zbek tiliga xos leksik-semantik xususiyatlari, matnning stilistik-aksiologik tabiati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili aksiologik leksikasining semantik-stilistik xususiyatlari tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
olam milliy manzarasi xususiyatlarini ifodalovchi badiiy matn aksiologiyasining o‘ziga xosligi, lisoniy xususiyatlari, qadriyatlarning tildagi odatiy voqelanishi, hozirgi tilshunoslikda aksiolingvistik tahlilning maqsadi hamda turli ijtimoiy guruh va idiolektlarning aksiosohasini qayta tiklashi kabi tavsiflari va ilmiy xulosalaridan Erasmus+dasturining ISM, KA-107 – “2020-1-ES01-KA107-080851” Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti va Rioxa universiteti o‘rtasidagi xalqaro kredit safarbarligi xalqaro loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 7 iyundagi 01-2006-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilidagi ilmiy hamda badiiy materiallar misolida aksiologik qatlamni aks ettiruvchi vositalarning konseptual-mazmuniy xususiyatlarini ochib beruvchi belgilar, qadriyat va aksilqadriyat maqomidagi aksiologik juftliklar mazkur dastur mazmunini boyitgan;
ko‘p asrlik o‘zbek tilining shakllanishi va rivojlanish bosqichlarida muhim omil hisoblangan qadimgi yozma badiiy matnlardagi aksiologik konseptlarning poetik talqini borasidagi kuzatish va tahlillar, millat ongida ajdodlardan avlodlarga ko‘chuvchi azaliy qadriyatlarga davr, din, falsafa, mafkura, siyosat o‘z ta’sirini ko‘rsatishi, aksiologik bahoning lisoniy birliklarda voqelanishi, shuningdek, rivojlanish shart-sharoitlari xususidagi ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan PZ-20170927147-raqamli “Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” (2018-2020 yy.) mavzusidagi amaliy loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 9 iyundagi 04/1-2019-son ma’lumotnomasi). Natijada aksiologik leksika tahlilida xalq tili va badiiy til muhim manba bo‘lib xizmat qilishi, xususan, xalqning asrlar bo‘yi shakllanib kelgan tafakkur tarzi, mental xususiyatlari va olam manzarasini o‘ziga xos tarzda aks etishi bo‘yicha xulosalar chiqarishga asos bo‘lgan;
o‘zbek tili poetik aksiologiyasi asosida badiiy matnning baholovchi xususiyati ochib berilib, qadriyatlar va ularning badiiy matnda ijodkorning dunyoqarashi va aksiologik bahoni aks ettirishi dalillanganligi, qadriyatlar, muqaddas tushunchalar insonning ruhiy va moddiy dunyosi, milliy-madaniy dunyoqarashining o‘ziga xosligiga oid ilmiy ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot” radioeshittirishlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRK “O‘zbekiston teleradiokanali” DUKning 2022 yil 28 fevraldagi 04-36-475-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotga oid masalalarni radio orqali efirga uzatish davomida dissertatsiya radio ijodkorlariga yaqindan ilmiy manba sifatida yordam bergan.