Xudoyqulov Dilyor Ismoilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlarda axloqiy va estetik immunitetni shakllantirishda mutolaa madaniyatining konstruktiv xususiyatlari”, 09.00.02 - Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (madaniyat nazariyasi) (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Fal127.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Ilmiy rahbar: G‘aybullaev Otabek Muhammadievich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Qoraboev Usmon Xosilovich, falsafa fanlari doktori, professor; Abdullaev Nasiba Buronovna, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mutolaa madaniyatining yoshlar axloqiy-estetik immunitetini shakllantirishdagi o‘rnini va asosiy vazifasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mutolaa madaniyati yoshlarning axloqiy-estetik immunitetini oshirishi sababli ularning intellektual faoliyatida kognitiv bilim rivojlanishi (epistemologik), faoliyat va faolligi (praksiologik), ob’ekt va sub’ekt munosabati (ijtimoiy kommunikatsiya ) shakllanishiga olib kelishi mantiqiy dalillangan;
yoshlarning mutolaa madaniyatini shakllantirishda kutubxonaning ijtimoiy-funksionalligi bevosita etnoestetik, virtual makon, ekzistensial borliq singari substansional asosni tashkil qilib, o‘tmish va kelajakni bog‘laydigan, matnni analiz-sintez qiluvchi, estetik aura, dekorativ-estetik relaksatsiya vazifasini bajarishi asoslangan;
zamonaviy vertual muhitni sog‘lomlashtirishda yoshlar dunyoni “sensor o‘yini” kabi qabul qilishi (boshidan boshlash, orqaga qaytish, reja tuzish, berilgan imtiyoz va imkoniyatdan foydalanish) va bu orqali tafakkur tarzining dinamik o‘zgarishi virtual-reallikning kitobxonlik simulyasiyasi (mutolaa bilan bog‘liq korporatsiyalar, kutubxonalar, nashriyotlar, kitob savdosi tashkilotlari, ta’lim muassasalari veb-saytlari)ning infrastrukturasi shakllanishiga olib kelishi aniqlangan;
kitob mutolaasi yoshlar axloqiy-estetik tafakkurida transformatsion jarayonlarni tezlashtirishi orqali estetik idrok, axloqiy mukammallik, matn mazmunini tushunish va tushuntirish (germenevtika), anglash va talqin qilish singari kreativ tafakkurni shakllanishiga olib kelishi falsafiy jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlarda axloqiy va estetik immunitetni shakllantirishda mutolaa madaniyatini konstruktiv xususiyatlarini tadqiq etish asosida:
mutolaa madaniyati yoshlarning axloqiy-estetik immunitetini oshirishi sababli ularning intellektual faoliyatida kognitiv bilim rivojlanishi (epistemologik), faoliyat va faolligi (praksiologik), ob’ekt va sub’ekt munosabati (ijtimoiy kommunikatsiya ) shakllanishiga olib kelishiga oid ilmiy xulosa va taklif-tavsiyalaridan “Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi” nomli darslikning “Komil insonni shakllantirishda milliy g‘oyaning o‘rni” deb nomlanuvchi 18-bobining “Komil inson va barkamol avlodga xos bo‘lgan fazilatlar. Barkamollik sifatlari, mezonlari” hamda “Yoshlarda mafkuraviy immunitetni mustahkamlashda milliy g‘oyaning ahamiyati” nomli 23-bobining “Yoshlarda mustaqil fikrlash madaniyatini oshirish”, “Yoshlarning yot va zararli g‘oyalarning ta’siridan himoyalashda milliy g‘oyaning ahamiyati” kabi mavzularini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 dekabrdagi 89-03-5389-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalqimizning tarixiy-milliy qadriyatlari, urf-odat va an’analariga tayangan holda, ularni umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish asosida milliy xarakterimizga xos mutolaa madaniyatini shakllantirish hamda yoshlarni axloqiy madaniyati asosida komil inson qilib tarbiyalashga xizmat qilgan;
yoshlarning mutolaa madaniyatini shakllantirishda kutubxonaning ijtimoiy-funksionalligi bevosita etnoestetik, virtual makon, ekzistensial borliq singari substansional asosni tashkil qilib, o‘tmish va kelajakni bog‘laydigan, matnni analiz-sintez qiluvchi, estetik aura, dekorativ-estetik relaksatsiya vazifasini bajarishiga oid ilmiy tahlillar, taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan KA-3-007 “O‘zbekistonda fan va ta’lim integratsiyalashuvi jarayonining ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy, konseptual falsafiy muammolari tahlili” mavzusidagi fundamental grant loyihasi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2021 yil 15 sentyabrdagi 04/11-4768-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy-tadqiqot loyihasini yanada takomillashtirishga va yoshlarda mutolaa madaniyatini shakllantirish va uning axloqiy-estetik mohiyatini ochib berishga xizmat qilgan;
zamonaviy vertual muhitni sog‘lomlashtirishda yoshlar dunyoni “sensor o‘yini” kabi qabul qilishi (boshidan boshlash, orqaga qaytish, reja tuzish, berilgan imtiyoz va imkoniyatdan foydalanish) va bu orqali tafakkur tarzining dinamik o‘zgarishi virtual-reallikning kitobxonlik simulyasiyasi (mutolaa bilan bog‘liq korporatsiyalar, kutubxonalar, nashriyotlar, kitob savdosi tashkilotlari, ta’lim muassasalari veb-saytlari)ning infrastrukturasi shakllanishiga olib kelishiga oid ilmiy xulosalardan A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot kutubxona markazining 2020 yil 30 mayda o‘tkazilgan “Zamonaviy fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalashda kitoblarning o‘rni” mavzusidagi seminar dasturi ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2020 yil 25 dekabrdagi 01-02/857-son ma’lumotnomasi). Natijada, mavzu yuzasidan markaz tomonidan tashkil etiladigan targ‘ibot tadbirlarining saviyasini yanada boyitishga, yoshlar mutolaa madaniyatini yuksaltirishga mo‘ljallanagan turli mazmunli davra-suhbatlarini, badiiy kecha, ko‘rik-tanlovlarini tashkil etishga xizmat qilgan;
kitob mutolaasi yoshlar axloqiy-estetik tafakkurida transformatsion jarayonlarni tezlashtirishi orqali estetik idrok, axloqiy mukammallik, matn mazmunini tushunish va tushuntirish (germenevtika), anglash va talqin qilish singari kreativ tafakkurni shakllanishiga olib kelishiga oid ilmiy nazariy-metodologik xulosalari va tavsiyalaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 18 aprel` kuni efirga uzatilgan “Ijod gulshani” ko‘rsatuvini navbatdagi sonining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 21 maydagi 09-09/218-son ma’lumotnomasi). Natijada, keng jamoatchilikka mutolaa zavqi badiiy-estetik tafakkurni qirralarini shakllantirishda obrazli tasavvurlar hosil qilinishiga xizmat qilgan.