Boboqulova Xurshida Erkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekistonda ijtimoiy-falsafiy tafakkur transformatsiyasi (XX asr oxiri – XXI asr boshlari)”, 09.00.03–Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fal161.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Ilmiy rahbar: Bozorov Mustafo Jabborovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Yunusova Gulandom Samievna, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent; Abdivohidov Sunatillo Abdinabievich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asr oxiri – XXI asr boshlarida O‘zbekistonda ijtimoiy-falsafiy tafakkur tranformatsiyasi jarayonining jahon falsafiy tafakkuri rivojidagi o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asr oxiri - XXI asr boshlarida O‘zbekistonda yuzaga kelgan ijtimoiy muhit falsafiy tafakkur transformatsiyasining dinamik o‘zgarishiga olib kelganligi sababli uning hozirgi zamon ijtimoiy-falsafiy fikrlar rivojiga, fanlar integratsiyasiga va mafkuraviy jarayonlar intensivligiga ta’sir qilganligi dalillangan;
milliy falsafaning xalqimiz tafakkurida yangicha qarashlarni shakllantirishdagi deterministik xususiyati turli madaniyatlar simbiozi jarayonida inson, jamiyat, ijtimoiy borliq va ma’naviy qadriyat singari ijtimoiy kategoriyalar bilan dialektik aloqadorlikda rivojlanib borishi falsafiy asoslangan;
umuminsoniy va milliy tafakkurning antropotsentristik mohiyati inson manfaatlariga xizmat qiladigan “inson-jamiyat-davlat” tamoyili elementlari o‘rtasidagi ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-madaniy munosabatlar bilan o‘zaro adekvatligi dalillangan;
milliy falsafada shaxs ma’naviyatini rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy ongni shakllantirish mexanizmlari bevosita shaxsning ma’naviy-ruhiy yuksalishi jarayoni bilan o‘zaro bog‘liqligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotda O‘zbekistonning ijtimoiy-falsafiy tafakkur tarixi mavzusini o‘rganish natijasida olingan xulosalar va takliflar asosida:
XX asr oxiri - XXI asr boshlarida O‘zbekistonda yuzaga kelgan ijtimoiy muhit falsafiy tafakkur transformatsiyasining dinamik o‘zgarishiga olib kelganligi sababli uning hozirgi zamon ijtimoiy-falsafiy fikrlar rivojiga, fanlar integratsiyasiga va mafkuraviy jarayonlar intensivligiga ta’sir qilganligiga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashr etilgan “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi” nomli ensiklopediyani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2021 yil 1 apreldagi 02/112-son ma’lumotnomasi). Natijada, davlat, jamiyat va inson hayotida ma’naviyat, axloq, ezgulik va go‘zallik birlamchi omil ekanligini hamda ajdodlarimizning inson ma’naviy borlig‘i va go‘zallik borasidagi ilmiy-falsafiy merosining o‘rganilishi inson tafakkurini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qilgan;
milliy falsafaning xalqimiz tafakkurida yangicha qarashlarni shakllantirishdagi deterministik xususiyati turli madaniyatlar simbiozi jarayonida inson, jamiyat, ijtimoiy borliq va ma’naviy qadriyat singari ijtimoiy kategoriyalar bilan dialektik aloqadorlikda rivojlanib borishiga doir nazariy-amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan “Mahallalardagi “Uyushmagan yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida “Mahallada tadbirkorlik kuni” loyihasini tashkil etishda va “Viloyatimiz yoshlari, ayniqsa, uyushmagan yoshlar bilan “Yoshlar o‘rtasidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish” mavzusidagi tadbir ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2021 yil 23 apreldagi 02-09/1069-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatda 1100 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘tkazilgan tadbir (davra suhbati, seminar, ko‘rik-tanlov va uchrashuv)larda jamiyatdagi ijtimoiy-falsafiy tafakkur tarixini, undagi sog‘lom ma’naviy olamni, yoshlarda yuksak tafakkur tarixini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qilgan;
umuminsoniy va milliy tafakkurning antropotsentristik mohiyati inson manfaatlariga xizmat qiladigan “inson-jamiyat-davlat” tamoyili elementlari o‘rtasidagi ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-madaniy munosabatlar bilan o‘zaro adekvatligiga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da ma’naviy-ma’rifiy ishlar natijadorligini oshirishga, aholining intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishga, mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 5 maydagi 02/08-563-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmun va mohiyatini keng jamoatchilikka etkazishga hamda jamiyatda faol fuqarolik tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qilgan;
milliy falsafada shaxs ma’naviyatini rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy ongni shakllantirish mexanizmlari bevosita shaxsning ma’naviy-ruhiy yuksalishi jarayoni bilan o‘zaro bog‘liqligiga doir ilmiy yangiliklar va taklif-tavsiyalaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan 2021 yil 10 mart kuni efirga uzatilgan “Yoshlar-kelajagimiz” hamda 12 mart kuni efirga uzatilgan “Tarix tilsimi” ko‘rsatuvlarining dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 24 martdagi 09-01/124-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston davlati oldidagi ijtimoiy falsafiy tafakkur tarixining muayyan muammolarini echimini topish orqali keng jamoatchilikda zamonaviy dunyoqarash va falsafiy tafakkurni shakllantirishga xizmat qilgan.