Qurbonova Oltinoy Bekmurotovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ibrohim G‘afurovning munaqqidlik mahorati”, 10.00.02-O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1743.
Ilmiy rahbar: Axmedova Shoira Nematovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldoshev Boynazar, filologiya fanlari doktori, professor; Do‘stmuhammad Xurshid, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ibrohim G‘afurovning munaqqidlik mahoratini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tanqidchi mahoratini munaqqid dunyoqarashining o‘sishi, ilmiy-ijodiy originallik, badiiy matn talqinidagi mustaqillik, adabiy tanqid oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal etish, ilmiy - adabiy tafakkurning sintezi kabilar umumlashib, yuzaga chiqarishi Ibrohim G‘afurov ijodi asosida dalillangan;
she’r poetikasini rivojlantirish yo‘lida tanqidchi ilmiy-nazariy qarashlaridagi teranlik, ilmiy dalillanish kabi nozik estetik jihatlar, mumtoz adabiyot vakillari ijodiga germenevtik yondashuv, badiiy matnga xolis, yangicha munosabat, ilmiy-adabiy individual uslub va talqindagi asarning mazmuniga chuqurroq kirib borish, o‘ziga xosligini ko‘rish mahorati masalasi ochib berilgan;
munaqqid ijodining nasr tadqiqi va turkumlilik masalalaridagi o‘ziga xosligi ochib berilib, asarlaridagi integratsion yondashuv usullari, tanqidiy asar tarkibi, suhbat, maktub, bahs-munozaralarni yaratish mahoratini shakllantiruvchi va namoyon qiluvchi belgilar ekanligi aniqlangan;
Ibrohim G‘afurov taqriz, ijodiy portret, ochiq xat, dialog, bahs, adabiy fel`eton, adabiy o‘ylar, badialar va adabiy qahramonlarga xatlar kabi asalarining janriy xususiyatlari, kuchli kompozision yaxlitligi va ilmiy, badiiy (poetik) til xususiyatlarining uyg‘unligi, xususan, so‘z qo‘llashdagi yangi so‘z yaratish, xalqona so‘z va iboralarni adabiy-tanqidiy matnga singdirish mahorati kabi jihatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Uslub va ijodkor mahoratini Usmon Qo‘chqor ijodi misolida tadqiq etish jarayonida erishilgan natijalar asosida:
tanqidchi mahoratini munaqqid dunyoqarashining o‘sishi, ilmiy-ijodiy originallik, badiiy matn talqinidagi mustaqillik, adabiy tanqid oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal etish, ilmiy - adabiy tafakkurning sintezi kabilar umumlashib, yuzaga chiqarishi Ibrohim G‘afurov ijodi asosida dalillanganiga doir nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limida bajarilgan FA-F1-OO5 «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 4 avgustdagi 17.01/204-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha adabiyotshunoslikda munaqqidlik mahorati masalalari haqidagi yangi ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitish imkonini bergan;
Ibrohim G‘afurov taqriz, ijodiy portret, ochiq xat, dialog, bahs, adabiy fel`eton, adabiy o‘ylar, badialar va adabiy qahramonlarga xatlar kabi asalarining janriy xususiyatlari: kuchli kompozision yaxlitligi va ilmiy, badiiy (poetik) til xususiyatlarining uyg‘unligi, xususan, so‘z qo‘llashdagi yangi so‘z yaratish, xalqona so‘z va iboralarni adabiy-tanqidiy matnga singdirish mahorati kabi jihatlari ochib berilganiga doir xulosalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining «Assalom Buxoro», «Sakkizinchi mo‘’jiza», «Ilm dunyosi» ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 29 dekabrdagi 1/333-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlarning kitobxonlikka qiziqishini oshirish, ularning bugungi adabiy jarayon, munaqqidlar faoliyati bilan, ayniqsa, Ibrohim G‘afurov ijodi bilan tanishtirish imkonini bergan.