Norov Toji Omonovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alisher Navoiy ontologik qarashlarining falsafiy-konseptual tahlili”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2020.2.DSc/Fa160. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash. 
Ilmiy maslahatchi: Aliev Bekdavlat, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Karimov Sayimnazar Karimovich, falsafa fanlari doktori, professor; Turaev Baxtiyor Omanovich, falsafa fanlari doktori, professor; Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Alisher Navoiy ma’naviy merosining falsafiy-konseptual jihatlari asosida mutafakkir ijodiyotidagi ontologik va gnoseologik qarashlarni ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Alisher Navoiy merosidagi borliq va yo‘qlik dialektikasi (ontologik), bilish nazariyasi (gnoseologik), ilmiy bilish  (epistemologik) izohiga oid manbalar ilmiy-nazariy asoslanib, mutafakkir ijodida inson muammosining falsafiy-konseptual talqini ochib berilgan;
Navoiy adabiy merosida yoritilgan ontologik falsafaga oid hayula, qayum, mohiyat, javhar, adam, azal, abad, araz, dark, bidoyat, vujud, vahdoniyat kabi istilohlarning ma’naviy-axloqiy tarbiya bilan bog‘liq mazmun-mohiyati falsafiy asoslangan; 
Alisher Navoiy ma’naviy merosidagi borliq ibtidosi (substansiya), moddiy va nomoddiy borliqning mavjudlik xususiyatlari, borliqda harakat, borliqda o‘zgarish, yo‘qlikka aylanish kabi ontologik  qarashlarning  bugungi davr falsafasidagi zamonaviy talqinlari mantiqiy dalillangan;
Alisher Navoiy falsafasida vahdat, vahdatul vujud tasavvufiy kategoriyalar talqinida “hamma narsa Undan” va “hamma narsa U” konsepsiyalarining ideologik (g‘oyaviy) mazmun-mohiyati asoslanib, yoshlar mafkuraviy immuniteti hamda falsafiy tafakkurini shakllantirishdagi konstruktiv (bunyodkorlik) ahamiyati ochib berilgan. 
Navoiy asarlarida kosmos (fazo), zamon, makon kategoriyalarining hozirgi davrga xos diniy-falsafiy (panteistik) mohiyati va o‘sha davrga xos bilish muammosining irfoniy (tasavvufiy, qomusiy) jihatlari falsafiy asoslangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alisher Navoiy ma’naviy merosidagi ontologik qarashlarni falsafiy-konseptual tadqiq etish asosida: 
Alisher Navoiy merosidagi borliq va yo‘qlik dialektikasi (ontologik), bilish nazariyasi (gnoseologik), ilmiy bilish  (epistemologik) izohiga oid manbalar ilmiy-nazariy asoslanib, mutafakkir ijodida inson muammosining falsafiy-konseptual talqini ochib berilganligi xususidagi ilmiy yangilik, nazariy xulosalar, metodologik tavsiyalar hamda amaliy takliflardan  O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klor institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-F1-G039 raqamli “Alisher Navoiy (2 jildlik) va Abdulla Qodiriy qomuslarini yaratish” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022 yil 7 apreldagi 3/1255-778-son ma’lumotnomasi). Natijada Alisher Navoiy falsafiy merosidagi ontologiyaga oid qarashlarni ochib berilishiga xizmat qilgan; 
Navoiy adabiy merosida yoritilgan ontologik falsafaga oid hayula, qayum, mohiyat, javhar, adam, azal, abad, araz, dark, bidoyat, vujud, vahdoniyat kabi istilohlarning ma’naviy-axloqiy tarbiya bilan bog‘liq mazmun-mohiyati asoslanganiga oid yangilik va nazariy xulosalardan, amaliy takliflardan 2019 yilda nashr etilgan “Jahon falsafasi qomusi” nomli ensiklopediyani tayyorlashda (Alisher Navoiy maqolasi) hamda  “Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug‘ati”da (Alisher Navoiy maqolasi) foydalanilgan (O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyatining 2021 yil 13 sentyabrdagi  25-son ma’lumotnomasi). Natijada ensiklopediya va izohli lug‘atning Alisher Navoiy falsafiy qarashlariga oid ontologik, gnoseologik, ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan to‘ldirilishiga xizmat qilgan;
Alisher Navoiy ma’naviy merosidagi borliq ibtidosi (substansiya), moddiy va nomoddiy borliqning mavjudlik xususiyatlari, borliqda harakat, borliqda o‘zgarish, yo‘qlikka aylanish kabi ontologik  qarashlarning  bugungi davr falsafasidagi zamonaviy talqinlariga oid ilmiy yangilik, nazariy xulosalar, metodologik tavsiyalar hamda amaliy takliflardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatining 2021 yil davomidagi tadbirlarida, xususan, Adiblar xiyobonida amalga oshirilgan “Har ne istarsan, o‘zingdan istagil” mavzusidagi tadbir ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2020 yil 15 martdagi 01-03/418-son ma’lumotnomasi). Natijada Alisher Navoiyning falsafiy merosi targ‘ibotining barkamol shaxs ta’lim va tarbiyasidagi o‘rni misolida tadbirning mazmunan boyishiga xizmat qilgan;
Alisher Navoiy falsafasida vahdat, vahdatul vujud tasavvufiy kategoriyalar talqinida “hamma narsa Undan” va “hamma narsa U” konsepsiyalarining ideologik (g‘oyaviy) mazmun-mohiyati asoslanib, yoshlar mafkuraviy immuniteti hamda falsafiy tafakkurini shakllantirishdagi konstruktiv (bunyodkorlik) ahamiyatiga doir ilmiy yangilik, nazariy xulosalar, metodologik tavsiyalar hamda amaliy takliflardan Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyining elektron katalogini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyining 2022 yil 2 martdagi  44-son ma’lumotnomasi). Natijada Davlat adabiyot muzeyining elektron katalogining ilmiy ahamiyatini oshirishga, Alisher Navoiy falsafasida vahdat, vahdatul vujud tasavvufiy kategoriyalarning zamonaviy talqinlari bilan boyitishga xizmat qilgan;
Navoiy asarlarida kosmos (fazo), zamon, makon kategoriyalarining hozirgi davrga xos diniy-falsafiy (panteistik) mohiyati va o‘sha davrga xos bilish muammosining irfoniy (tasavvufiy, qomusiy) jihatlari asoslanganligiga oid ilmiy yangilik, nazariy xulosalar, metodologik tavsiyalar hamda amaliy takliflardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Buyuk siymolar” hamda “O‘zbekiston 24” teleradiokanalining “Navoiy abadiyati”, “Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi”, “Alisher Navoiy - g‘azal  mulkining sultoni” kabi eshittirishlari dastur  ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2022 yil 15 martdagi 02-06-593-son hamda “O‘zbekiston 24” teleradiokanalining 2022 yil 16 martdagi 03-09-154-son ma’lumotnomalari). Natijada eshittirish va ko‘rsatuvni ssenariysini mazmunan boyitishga hamda keng jamoatchilikka Navoiy siymosi haqida yangi falsafiy ma’lumotlarni etkazishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish