Jalolova Pokiza Muzaffarovnaning
doktorlik (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Atom fizikasini raqamli texnologiyalardan foydalanib o‘qitish asosida talabalarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Ped.382.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Ilmiy rahbar: Qurbonov Mirzaahmad, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Ikrom Gulomovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Zaynobiddinov Sirojiddin, fizika-matematika fanlari doktori, akademik; Karlibaeva Guljaxon Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.  
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi atom fizikasini raqamli texnologiyalardan foydalanib o‘qitish asosida talabalarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fizika yo‘nalishi talabalariga atom fizikasi bo‘limini raqamli texnologiyalarning tekshiruvchi, grafik tacvirlovchi va uzatuvchi kabi masofaviy ta’lim komponentlarining interaktiv imkoniyatlaridan foydalanib o‘qitishning tashkiliy-metodik ta’minoti fizik jarayonlarni vizualllashtirish va modellashtirish imkonini beruvchi raqamli texnologiyalarga (MX Media Flash; Java) ustuvorlik berish asosida mazmunan rivojlantirilgan;
atom fizikasi bo‘limini raqamli texnologiyalardan foydalanib o‘qitish orqali talabalarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning metodik modeli maqsadli, mazmunli, texnologik-jarayonli va diagnostik-natijaviy komponentlarini virtual fazoda sinxron modifikasiyalash orqali uzviylashtirish hamda fizika o‘qitishning didaktik, metodik, texnologik va pedagogik shart-sharoitlarini ta’minlash asosida ishlab chiqilgan;
atom fizikasi bo‘limini raqamli texnologiyalardan foydalanib o‘qitishda talabalarni pedagogik va ilmiy-tadqiqot faoliyatga tayyorlash hamda kommunikativ, shaxsiy, texnologik, innovatsion kasbiy kompetentlik komponentlarini rivojlantirishning elektron-didaktik vositalari zamonaviy android dasturlash (Python, Java, S++), veb dasturlash (PHP, CSS) va virtual simulyatorlardan kompleks foydalanish natijasida ishlab chiqilgan;
atom fizikasiga doir amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali talabalarni ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyatga tayyorlash metodikasi fizika o‘qitishning mobil ilovasini ishlab chiqish hamda olamning yagona fizik manzarasini anglashning metodik-raqamli fazosini optimallashtirilgan dualizmini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan; 
atom fizikasi bo‘limiga oid talabalarning o‘zlashtirgan bilimlari, egallagan kasbiy kompetensiyalari, fizika mutaxassisligiga xos yaratuvchanlik, mobillik sifatlari hamda kasbiy faoliyatga tayyorgarligining rivojlanganlik darajalari baholash mezonlarini ishlab chiqish hamda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining dispersion-spektral kengligi va samaradorligi algoritmik-vizuallashtirish-modellashtirish natijasida optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Atom fizikasini raqamli texnologiyalardan foydalanib o‘qitish asosida talabalarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
fizika yo‘nalishi talabalariga atom fizikasi bo‘limini raqamli texnologiyalarning tekshiruvchi, grafik tacvirlovchi va uzatuvchi kabi masofaviy ta’lim komponentlarining interaktiv imkoniyatlaridan foydalanib o‘qitishning tashkiliy-metodik ta’minotini mazmunan rivojlantirish, talabalarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning metodik modeli maqsadli, mazmunli, texnologik-jaryonli va diagnostik-natijaviy komponentlarini virtual fazoda sinxron modifikasiyalash orqali uzviylashtirish hamda fizika o‘qitishning didaktik, metodik, texnologik va pedagogik shart-sharoitlarini ta’minlash asosida ishlab chiqish bo‘yicha keltirilgan takliflardan O‘z FA Yadro fizikasi institutida bajarilayotgan AM-PZ-201962031-sonli «Yadro energetikasi», «Yadro medisinasi va texnologiyalari», «Radiatsion medisinasi va texnologiyalari» fanlari bo‘yicha bakalavr va magistrlar uchun mul`timediali darsliklar yaratish mavzusidagi innovatsion loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 12 yanvardagi 02-07-85/04-son ma’lumotnomasi). Mazkur model fizika ixtisosligi talabalarining kasbiy faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirib, raqamli texnologiyalardan foydalanib fizika o‘qitish mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan; 
atom fizikasi bo‘limini raqamli texnologiyalardan foydalanib o‘qitishda talabalarni pedagogik va ilmiy-tadqiqot faoliyatga tayyorlash hamda kommunikativ, shaxsiy, texnologik, innovatsion kasbiy kompetentlik komponentlarini rivojlantirishning elektron-didaktik vositalari zamonaviy android dasturlash (Python, Java, S++), veb dasturlash (PHP, CSS) va virtual simulyatorlardan kompleks foydalanish natijasida ishlab chiqishga oid takliflardan «5140200-Fizika» yo‘nalishi talabalari uchun «Atom fizikasi» darsligini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-sonli buyrug‘i, 166-076-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, atom fizikasi bo‘limidan mustaqil ishlarni bajarishga oid taklif va tavsiyalari bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
atom fizikasiga doir amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali talabalarni ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyatga tayyorlash metodikasi fizika o‘qitishning mobil ilovasini ishlab chiqish hamda integrativ yondashuv natijasida olamning yagona fizik manzarasini anglashning metodik-raqamli fazosini optimallashtirilgan dualizmi aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar asosida «Fizika» darsligi yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-sonli buyrug‘i, 237-015-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, raqamli texnologiyalardan foydalanib fizikaning atom fizikasi bo‘limini o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan;
atom fizikasi bo‘limiga oid talabalarning o‘zlashtirgan bilimlari, egallagan kasbiy kompetensiyalari, fizika mutaxassisligiga xos yaratuvchanlik, mobillik sifatlari hamda kasbiy faoliyatga tayyorgarligining rivojlanganlik darajalari baholash mezonlarini ishlab chiqish hamda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining dispersion-spektral kengligi va samaradorligi algoritmik-vizuallashtirish-modellashtirish natijasida optimallashtirishga oid taklif va tavsiyalaridan OT-F-2-77 raqamli «Modellashtirish asosida ichki nuqsonlarni hisobga olgan takomillashtirish usuli» mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining 2021 yil 14 dekabrdagi 50-son ma’lumotnomasi). Natijada fizika yo‘nalishi talabalarining kasbiy faoliyatga tayyorgarligi rivojlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish