Sunatov Dilshod Hoshimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Madaniy makon va axloqiy ong dialektik aloqadorligining falsafiy-konseptual tahlili», 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (madaniyat nazariyasi) (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fal233.
Ilmiy rahbar: Nurmatova Mukaram Axmedovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Rasmiy opponentlar: Samadov Aktamkul Rafikovich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent; Tursunov Lochin Erkinovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi madaniy makon va axloqiy ong aloqadorligining falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
polietnik jamiyatda madaniy makon barqarorligini ta’minlashda va global ma’naviy tangliklarni bartaraf etishda millatlararo muloqot, madaniyatlar xilma-xilligi (madaniy plyuralizm), milliy mentalitet va xalqlarning turmush tarzi bilan bog‘liq xususiyatlarni hisobga olish zaruriyati birlamchi omil ekanligi asoslangan;
madaniy makon va umuminsoniy identifikatsiya mezonlari milliy axloqiy paradigma (axloq, bunda u tartibga soluvchi paradigma vazifasini bajaradi) vositasida aniqlashtirilib, yoshlarning kommunikatsiya madaniy makonida o‘zini tutish axloqiy qoidalari ishlab chiqilgan hamda, axloqiy ong lokallashuvi va uning madaniy makonga ta’siri axloqning atributiv kategoriyalari (axloq, insonparvarlik) kontekstida isbotlangan;
madaniy faoliyat natijasida ijtimoiy-tarixiy shakllanib muomalada bo‘lgan etnik urf-odatlar, an’analar, qadriyatlar, madaniy makon strukturasining zaruriy komponentlari va asosiy fenomeni ekanligi falsafiy rakursda aniqlangan;
iqtisodiy taraqqiyotning yangi bosqichida davlatning ijtimoiy-madaniy barqarorligini ta’minlash va millatlararo o‘zaro hamkorlikni yuksaltirish madaniy makon va axloqiy ong transformatsiyasining pozitiv xususiyatga egaligi sababli til, axborot kommunikatsiyalar (internet, televidenie), din, bilim madaniy makon shakllanishining zaruriy determinantlari ekanligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda madaniy makonni yuksaltirish omillarini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan ijtimoiy-falsafiy takliflar asosida:
polietnik jamiyatda madaniy makon barqarorligini ta’minlashda va global ma’naviy tangliklarni bartaraf etishda millatlararo muloqot, madaniyatlar xilma-xilligi (madaniy plyuralizm), milliy mentalitet va xalqlarning turmush tarzi bilan bog‘liq xususiyatlarni hisobga olish zaruriyati birlamchi omil ekanligi hamda axloqiy ong lokallashuvi va uning madaniy makonga ta’siri axloqning atributiv kategoriyalari (axloq, insonparvarlik) kontekstida isbotlanganligi to‘g‘risidagi ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2018-2020 yillarda bajarilgan PZ-20170915198 raqamli «Qoraqalpoq jamiyatida ijtimoiy mo‘ljallarning transformatsiyasi: tarix va amaliyot» mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 9 martdagi 01/15-09/53-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarni umummilliy qadriyatlarimizga xos tarbiyasini shakllantirish, ularda yuksak axloqiy, madaniy, iqtisodiy bilim va ko‘nikmalarini boyitishga xizmat qilgan;
madaniy makon va umuminsoniy identifikatsiya mezonlari milliy axloqiy paradigma (axloq, bunda u tartibga soluvchi paradigma vazifasini bajaradi) vositasida aniqlanganligi va yoshlarning kommunikatsiya madaniy makonida o‘zini tutish axloqiy qoidalari bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan va Qarshi davlat universiteti qoshidagi «Zamon» mintaqaviy tadqiqot markazida 2017-2018 yillarda bajarilgan «Qashqadaryoning turistik salohiyati – global tarmoqda» mavzusidagi 49-10/133-raqamli amaliy loyihada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2022 yil 2 fevraldagi 04/678-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarni yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishdan himoya qilish uchun Qashqadaryo viloyatida amalga oshirilayotgan yangilanish jarayonlariga turizm orqali faol jalb qilish, ularda yuksak axloqiy, madaniy iqtisodiy hamda yetakchilikka oid bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilgan;
madaniy faoliyat natijasida ijtimoiy-tarixiy shakllanib muomalada bo‘lgan etnik urf-odatlar, an’analar, qadriyatlar, madaniy makon strukturasining zaruriy komponentlari va asosiy fenomeni ekanligiga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi PF-5938-son Farmonining 2-ilovasi «Mamlakatda «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyiliga asoslangan tizimni samarali joriy etish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»»ning 12 bandi, «Mahalla – qadriyatlar maskani» haftaligining 57, 59 bandi, shuningdek «Ehtirom, e’zoz, e’tibor» konsert dasturlarini tashkil etish bo‘yicha Qo‘shma qarorini tayyorlashda foydalanilgan («Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 18 noyabrdagi 01-09/634-son ma’lumotnomasi). Natijada, yurtimiz mahallalarida istiqomat qilayotgan barcha millat va etnik guruh vakillarining ma’naviy-axloqiy va madaniy yuksalishi hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni qaror topishiga xizmat qilgan;
iqtisodiy taraqqiyotning yangi bosqichida davlatning ijtimoiy-madaniy barqarorligini ta’minlash va millatlararo o‘zaro hamkorlikni yuksaltirish madaniy makon va axloqiy ong transformatsiyasining pozitiv xususiyatga egaligi sababli til, axborot kommunikatsiyalar (internet, televidenie), din, bilim madaniy makon shakllanishining zaruriy determinantlari ekanligi bilan bog‘liq taklif va tavsiyalaridan Qashqadaryo viloyat «Oltin voha» radiosining «Savol bering, javob beramiz!» radio eshittirishining dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 24 dekabrdagi 12-15/417-son ma’lumotnomasi). Natijada, keng jamoatchilik va yoshlar ongida yagona mamlakatning polietnik sharoitida madaniyatlarning turli tumanligi, millatlar o‘rtasida do‘stlik, o‘zaro hamkorlikning mustahkamlanishiga, hamda barqaror rivojlanishiga ijobiy ta’sir etishi bilan bog‘liq ilmiy asoslangan g‘oyalarni singdirishga xizmat qilgan.