Cho‘lieva Vasila Erkinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bahovuddin Valad va Jaloliddin Rumiy falsafasida inson muammosi: qiyosiy-analitik tahlil”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Fal178.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Ilmiy maslahatchi: Karimov Sayimnazar Karimovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Shadmonov Qurbon Badriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor; Mamatov Mamadjan Axmadjanovich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent; Hoshimxonov Mo‘min, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Bahovuddin Valad va Jaloliddin Rumiy falsafasidagi inson muammosining hozirgi zamondagi ilmiy-nazariy ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Bahovuddin Valad va Jaloliddin Rumiyning millatlararo totuvlik, hamjihatlikka da’vat etuvchi uyushqoqlik, birdamlik, hamfikrlilik, murosa singari ijtimoiy-falsafiy qarashlari ijtimoiy guruhlarni birlashtirishga va ularning manfaatlarini himoya qilishga qaratilganligi asoslangan;
shaxslar o‘rtasida ilm-ma’rifat, ijtimoiy intellekt, zamonaviy ta’lim-tarbiyani rivojlantirishda Bahovuddin Valad va Jaloliddin Rumiyning gumanistik g‘oyalaridagi ilmiy-madaniy, milliy qadriyatlar tizimidagi didaktik-ta’limiy hamda inson va jamiyat manfaatlarini uyg‘unlashtirishdagi siyosiy g‘oyalari zamon va makonda yetakchi o‘ringa ega ekanligi isbotlangan;
yoshlar ma’naviy qiyofasini shakllantirishda mutafakkirlarning “Maorif”, “Masnaviyi ma’naviy”, “Ichindagi ichindadur” asarlarida ilgari surilgan meliorizm (individual kamolot yo‘li bilan ma’rifatni yuksaltirish orqali jamiyat hayotini yaxshilash), evdemonizm (baxt-saodatga intilishni inson axloqiy faoliyatining mezoni deb bilish), ijtimoiy faollik kabi gumanistik g‘oyalaridan foydalanish zarurligi mantiqiy jihatdan asoslangan;
zamonaviy etnoegoizm, “ommaviy madaniyat” va shaxs marginallashuvi (bir jinsli nikoh, odam savdosi va boshqa g‘ayriinsoniy deviant xulq-atvor elementlari)ga oid destruktiv holatlarni oldini olishda Bahovuddin Valad va Jaloliddin Rumiyning ma’naviy-axloqiy qarashlarida ilgari surilgan “insonni ulug‘lash”, “inson qadri” tamoyillari konstruktiv ahamiyatga ega ekanligi dalillangan;
mutafakkirlarning shaxs va jamiyat o‘rtasidagi korrelyasion munosabatlar tizimini tartibga solishga yo‘naltirilgan ijtimoiy sherikchilik, murosa madaniyati, umuminsoniy madaniyatlararo aloqadorlik kabi qarashlari ijtimoiy taraqqiyot mezoni ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bahovuddin Valad va Jaloliddin Rumiy falsafasida Inson muammosining qiyosiy-analitik tahlili bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Bahovuddin Valad va Jaloliddin Rumiyning millatlararo totuvlik, hamjihatlikka da’vat etuvchi uyushqoqlik, birdamlik, hamfikrlilik, murosa singari ijtimoiy-falsafiy qarashlari ijtimoiy guruhlarni birlashtirishga va ularning manfaatlarini himoya qilishga qaratilganligining asoslanganligiga oid nazariy g‘oya va amaliy ahamiyatga ega taklif-tavsiyalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan PZ-20170927147–raqamli “Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” mavzusidagi amaliy loyihasining uchinchi bosqichidagi rejalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021 yil 24 noyabrdagi 01-2325-son ma’lumotnomasi). Natijada, yurtimizda istiqomat qiluvchi fuqarolarning hamjihatlik, umuminsoniy madaniyatlararo aloqadorlik, yurtga muhabbat singari tuyg‘ularining ortishida hamda diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik yo‘nalishida olib borilayotgan ilmiy izlanishlarning salohiyatini oshishiga xizmat qilgan;
shaxslar o‘rtasida ilm-ma’rifat, ijtimoiy intellekt, zamonaviy ta’lim-tarbiyani rivojlantirishda Bahovuddin Valad va Jaloliddin Rumiyning gumanistik g‘oyalaridagi ilmiy-madaniy, milliy qadriyatlar tizimidagi didaktik-ta’limiy hamda inson va jamiyat manfaatlarini uyg‘unlashtirishdagi siyosiy g‘oyalari zamon va makonda yetakchi o‘ringa ega ekanligining isbotlanganligiga oid ilmiy-nazariy taklif va tavsiyalardan Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyida yangidan tashkil etilgan “IX-XII asrlar yozma yodgorliklari va ilmiy adabiyotshunoslik asarlari” va “XIII-XIV asr birinchi yarmi adabiyoti” nomli ekspozisiya taqdimotida hamda muzeyning elektron katalogini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining 2021 yil 25 noyabrdagi 14-01/309-son ma’lumotnomasi). Natijada, muzey ashyolari-eksponatlari orqali yosh avlodga ma’naviy-axloqiy, diniy-ma’rifiy, ilmiy-tarbiyaviy kabi umuminsoniy qadriyatlarimizga nisbatan hurmat ruhini shakllantirishda muhim manbalardan biri bo‘lib xizmat qilgan;
yoshlar ma’naviy qiyofasini shakllantirishda mutafakkirlarning “Maorif”, “Masnaviyi ma’naviy”, “Ichindagi ichindadur” asarlarida ilgari surilgan meliorizm (individual kamolot yo‘li bilan ma’rifatni yuksaltirish orqali jamiyat hayotini yaxshilash), evdemonizm (baxt-saodatga intilishni inson axloqiy faoliyatining mezoni deb bilish), ijtimoiy faollik kabi gumanistik g‘oyalaridan foydalanish zarurligi mantiqiy jihatdan asoslanganligiga oid falsafiy tahlillar, ilmiy-nazariy xulosalar va taklif-tavsiyalardan VII-XVI asrlarda yashagan 650 nafar Sharq alloma va mutafakkirlari haqidagi tarixiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan “O‘rta asr Sharq allomalari” nomli ensiklopediyani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2021 yil 10 dekabrdagi 02/506-son ma’lumotnomasi). Natijada, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi huzuridagi kutubxonaning tarixiy qo‘lyozmalar fondini mutafakkirlarning ma’naviy-axloqiy, diniy-ma’rifiy, ilmiy-tarbiyaviy qarashlari bilan boyitish va markaz faoliyatining samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
zamonaviy etnoegoizm, “ommaviy madaniyat” va shaxs marginallashuvi (bir jinsli nikoh, odam savdosi va boshqa g‘ayriinsoniy deviant xulq-atvor elementlari)ga oid destruktiv holatlarni oldini olishda Bahovuddin Valad va Jaloliddin Rumiyning ma’naviy-axloqiy qarashlarida ilgari surilgan “insonni ulug‘lash”, “inson qadri” tamoyillari konstruktiv ahamiyatga ega ekanligi dalillanganligiga oid taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining O‘zbekiston Respublikasida 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining VI. yo‘nalishiga oid “Xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa, yoshlarimiz o‘rtasida dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash” 40-bandi Vatanparvarlik, hamjihatlik, insonparvarlik, do‘stlik, murosa madaniyati negizida zamonaviy ta’lim-tarbiyani rivojlantirish, yoshlar ma’rifiy dunyoqarashini shakllantirish maqsadida “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ulug‘ ajdodlarimizniig boy ma’naviy merosini targ‘ib qilish, zamonamiz qahramonlari obrazini yaratish” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 26 noyabrdagi 02/08/1520-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholi, ayniqsa, yoshlarda Sharq allomalarining boy ma’naviy merosiga hurmat tuyg‘usini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qilgan;
mutafakkirlarning shaxs va jamiyat o‘rtasidagi korrelyasion munosabatlar tizimini tartibga solishga yo‘naltirilgan ijtimoiy sherikchilik, murosa madaniyati, umuminsoniy madaniyatlararo aloqadorlik kabi qarashlari ijtimoiy taraqqiyot mezoni ekanligi aniqlanganligiga oid ilmiy-nazariy tahlillar, ilmiy xulosalar va taklif-tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yilda efirga uzatilgan “Bedorlik”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 13 sentyabrdagi 04-25-1476-son ma’lumotnomasi). Natijada, bugungi kunda mamlakatimiz ijtimoiy hayotida OAVlarining o‘rni hamda ularning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri, xususan, kommunikativ aloqa texnologiyalaridan unumli foydalangan holda, mintaqamizda kamol topgan va faoliyat yuritgan buyuk allomalarimiz hayoti, ilmiy-ma’naviy merosi yuzasidan ma’lumotlarni ishonchli manbalar asosida keng jamoatchilikka taqdim etish imkoniyatini yanada oshirishga xizmat qilgan.