Ergasheva Fotimaxon Ibragimovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda tadbirkorlik malakalarini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish (iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi talabalari misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped935.
Ilmiy rahbar: Asqarova O‘g‘iloy Mamashokirovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/05.06.2020.Ped.76.03.  
Rasmiy opponentlar: Azimova Ziyoda Ergashevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Atajanov Umid Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
 II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi talabalarida tadbirkorlik malakalarini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda tadbirkorlik malakalarini rivojlantirishning didaktik mazmuni aniq maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatning ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida kishilar o‘rtasida paydo bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlarning ob’ektiv va sub’ektiv birliklariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda tadbirkorlik malakalarini rivojlantirishda tadbirkorlikka  xos  bo‘lgan “qattiq” va “yumshoq” malaka turlari iqtisodiy munosabatlar talablarini talabalar ongiga singdirishga yo‘naltirilgan aniq iqtisodiy vaziyatlarni tahlil eta olish  malakasiga ega bo‘lishlikning mantiqiylik darajasiga ustivorlik berish asosida takomillashtirilgan;
tadbirkorlik malakalarini rivojlantirish mexanizmlari talabalarning kasbiy-iqtisodiy faoliyatga tayyorgarligining ijtimoiy – iqtisodiy o‘zgarishlar ta’sirida intellektual rivojlanishining internal va eksternal namoyon bo‘lish darajalarini tashqi va ichki omillar bilan qayta aloqaga kirishuv darajasi barqarorligini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasasi talabalarida tadbirkorlik malakalarini rivojlantirish modeli  iqtisodiy faoliyatda ishtirok etishga tayyorgarlik, iqtisodiy aloqalar va munosabatlar mohiyatini tushunish, xo‘jalik faoliyatining nazariy va amaliy asoslarini bilish, aniq iqtisodiy vaziyatlarni tahlil eta olish kabi taksonomik ko‘rsatkichlar bilan validlik darajasi produktivligini hisobga olish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqticodiyot ta’lim yo‘nalishi talabalarida tadbirkorlik malakalarini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari acocida:
talabalarda tadbirkorlik malakalarini rivojlantirishda tadbirkorlikka  xos  bo‘lgan “qattiq” va “yumshoq” malaka turlari iqtisodiy munosabatlar talablarini talabalar ongiga singdirishga yo‘naltirilgan aniq iqtisodiy vaziyatlarni tahlil eta olish  malakasiga ega bo‘lishlikning mantiqiylik darajasiga ustivorlik berish asosida takomillashtirilganligiga doir yangiliklardan Namangan viloyat “Kelajak nuri” tashkiloti tomonidan 2020-2021 yillarda amalga oshirilgan 66-08/160-raqamli “Biznec ko‘nikma – tadbirkorlik rivoji acoci” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2022 yil 27 iyuldagi 11/05-16-7118-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda aniq iqtisodiy vaziyatlarni tahlil eta olish malakasiga ega bo‘lishlikning mantiqiy darajasi rivojlantirilgan;
tadbirkorlik malakalarini rivojlantirish mexanizmlari talabalarning kasbiy-iqtisodiy faoliyatga tayyorgarligining ijtimoiy – iqtisodiy o‘zgarishlar ta’sirida intellektual rivojlanishining internal va eksternal namoyon bo‘lish darajalarini tashqi va ichki omillar bilan qayta aloqaga kirishuv darajasi barqarorligini hisobga olish asosida takomillashtirishga hamda oliy ta’lim muassasasi talabalarida tadbirkorlik malakalarini rivojlantirish modeli  iqtisodiy faoliyatda ishtirok etishga tayyorgarlik, iqtisodiy aloqalar va munosabatlar mohiyatini tushunish, xo‘jalik faoliyatining nazariy va amaliy asoslarini bilish, aniq iqtisodiy vaziyatlarni tahlil eta olish kabi taksonomik ko‘rsatkichlar bilan validlik darajasi produktivligini hisobga olish orqali takomillashtirishga taklif va tavsiyalardan O‘zbekicton  Recpublikaci  Oliy  Majlici huzuridagi nodavlat-notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatini boshqarish inctitutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan, davlat tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash dacturlari doiracida 2020-2021 yillarda O‘zbekicton Cavdo-canoat palataci,  Namangan viloyat boshqarmaci bilan hamkorlikda   66-08/161-raqamli “Omilkor tadbirkorlar bilan buyuk kelajakni birga quramiz!” nomli amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2022 yil 27 iyuldagi 11/05-16-7118-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda nazariy va amaliy  iqtisodiy bilimlarni egallashi hamda kasbiy-iqtisodiy faoliyatga tayyorgarligining barqarorligini oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish