Abdusattarov Bunyod Karimjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxta separatori uchun yangi ishchi organlar konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash” 05.02.03 - Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.2.PhD/T2861.
Ilmiy rahbar: Sarimsaqov Olimjon Sharibjonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Axmedxodjaev Xamit Tursunovich, texnika fanlari doktori, professor; Rasulov Ro‘zimurod texnika fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxtani havoda tashish tizimidagi separator qurilmasi konstruksiyasini takomillashtirish orqali paxta xomashyosining tabiiy sifat ko‘rsatkichlarini saqlagan holda ajratib olish va ish unumdorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: pnevmotransport tizimida paxtani havodan ajratish jarayonida paxtaga ta’sir qiluvchi kuchlarning separator ishchi kamerasi elementlariga ta’sirini inobatga olgan holda to‘rli yuzaga harakat berish orqali paxtani havodan mexanik shikast etkazmay ajratishga erishilgan;
separatorning ishchi kamerasida aylanma harakat qiluvchi to‘rli sirtga yopishgan paxtaning qo‘zg‘almas sidirgich ta’siridagi harakat traektoriyasi aniqlangan hamda to‘rli sirtning radial sterjenlarga ko‘p kirimli spiral shaklida mahkamlangan yassi simdan tarkib topgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
ishchi kamerada to‘rli yuzaga yopishgan paxtaning qo‘zg‘almas sidirgich bo‘ylab harakati traektoriyasini inobatga olib, sidirgichning to‘rli sirt tekisligiga nisbatan qiya hamda sirtining to‘rli yuzaga nisbatan qabariq qilib tayyorlangan konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
separator ishchi kamerasida to‘rli yuzadan paxtani ajratib olish uchun to‘rli sirtning paxtani to‘r ortiga tortuvchi aerodinamik kuchning minimal, to‘rli sirt foydali yuzasining maksimal bo‘lishini ta’minlaydigan vint qadami va yassi sim qalinligi aniqlangan;
to‘rli sirtning ko‘p kirimli spiral shaklida tayyorlanishi va sidirgichning yuzasiga nisbatan qiya o‘rnatilishi natijasida paxtani to‘rli yuza bilan uchrashish vaqtini kamaytirishga hamda ish unumining ortishiga erishilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Paxtani tashuvchi havodan ajratib beruvchi separator ishchi organlarining yangi konstruksiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
paxtani havodan ajratuvchi separator qurilmasi «O‘zpaxtasanoat» AJ tasarrufidagi korxonalarda, jumladan, “Namangan paxta teks” MChJga qarashli “Kosonsoy paxta tozalash” korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJ ning 2021 yil 14 iyuldagi FT18/1477-sonli ma’lumotnomasi). Natijada paxta tolasi tarkibidagi ifloslik va nuqsonli aralashmalar massaviy ulushini 0,8 %ga kamaytirishga, tolaning yo‘qolishi paxtaning I-II navlarida 0,3% dan 0,1% ga hamda III-IV-V navlarda esa 2,18% dan 1% ga kamayishiga erishilgan.