Absalamov Rashid Amirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Energetika sohasining elektr kabel tarmoqlarida yong‘inlarning oldini olish usullarini takomillashtirish”, 05.10.02 – Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2022.1.PhD/T1238.
ilmiy rahbar: Berdiev Kabul Raimovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi
PhD 40/30.12.2020.T.129.01. raqamli Ilmiy kengashi.
Rasmiy opponentlar: R.I.Ismailov – I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti professori, texnika fanlari doktori, professor; R.R.Nurmamatova – Qarshi Davlat universiteti dotsenti, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi elektr kabel tarmoqlarida yong‘inlarning oldini olish uchun kabellarda alanganing tarqalishini tahlil qilish hamda olovbardosh polimer kompozitlar orqali kabel tarmoqlarida yong‘in xavfini pasaytirishning iqtisodiy va optimal usullarini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
taklif etilayotgan yangi namunadagi polimer kompozitlarning fizik-mexanik xususiyatlarining mustahkamligi 12-15% gacha, zichligi 10% gacha, cho‘zilishiga nisbatan 20% gacha, siqilish va bukilishga bo‘lgan xususiyatlari 7-10% gacha, sovuqqa bardoshliligi -30 °S gacha, massa yo‘qotishi 3,5-5%gacha yaxshilash usullari ishlab chiqilgan;
polimer kompozit tarkiblari inson organizmiga ta’sir qiluvchi (HCl) vodorod xlorid gazining amaldagi sohaviy me’yoriy standart talablariga muvofiq ruxsat etilgan chegara konsentratsiyasidan 40%ga kamaytirilganligi va tutun hosil qilish koeffisienti o‘rtacha tutash xossasiga ega ekanligi ilmiy jihatdan asoslangan;
taklif etilayotgan yangi namunadagi olovbardosh polimer kompozitlar tarkiblari bilan qoplangan kabel` namunalariga 750-800°S oralig‘ida alanga ta’sirida olovbardosh koks qoplama hosil qilishi orqali, taklif etilayotgan namunadagi kabel` izolyasiyasining himoya qilish xususiyati 70-90 daqiqagacha saqlanib qolinishiga erishilgan;
polimer kompozitlar bilan qoplangan namunadagi elektr kabelining alanga tarqalishi aniqlanmadi, taklif etilayotgan yangi namunadagi kabel` izolyasiyasida olovbardosh koks hosil qilib, alanganing ta’sirida izolyasiya shikastlanishi 14 mmdan oshmasligi va amaldagi kabellarga nisbatan alanganing tarqalishi 30%gacha kamaytirish imkoniyati yaratilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ilmiy ish natijalari asosida olingan kabel simlarining izolyasiyasi uchun mahalliy xom ashyolar asosidagi polimer kompozitli olovbardosh qoplamalar tarkibi ishlab chiqilgan va olingan ilmiy natijalar asosida:
yangi olovbardosh kompozisiya bilan elektr kabellarini ishlab chiqish uchun O‘zbekistondagi SP OO “UZERAECABLE”dan 2022 yil 19 fevraldagi 21-sonli va SP OO “TECHNO CABLE GRUP”dan 2022 yil 18 martdagi 32-sonli korxonalar tomonidan joriy etilishiga dalolatnoma va tegishli tartibdagi hujjatlar olingan. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan 2022 yil 1 avgustdagi 8/4/36-2/56-son ma’lumotnomasi olingan.Natijada import o‘rnini bosuvchi mahalliy xomashyolar asosidagi yangi olovbardosh tarkiblar bilan elektr kabellarni ishlab chiqarish imkonini bergan.