Amirkulov Akram Ziyaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Korporativ boshqaruv samaradorligini oshirishda marketing strategiyalaridan foydalanish”, 08.00.13 – Menejment va 08.00.11 – Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2022.2.PhD/Iqt2293.
Ilmiy rahbar: Xashimov Akrom Abdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Akramov Toxir Abiraxmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xasanov Tohir Abdurashidovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mamlakatdagi sanoat korporatsiyalarida korporativ boshqaruv tizimi natijadorligini baholash asosida istiqboldagi rivojlanish strategiyasini shakllantirish bo‘yicha takliflar hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aksiyadorlik jamiyatlarida boshqaruv tizimi faoliyati natijadorligini integral oraliq natijalari (nomaqbul (0,48 dan past), mumkin bo‘lgan (0,55-0,49), normal (0,62-0,56), yuqori (0,68-0,63) va juda yuqori (0,69 dan yuqori)) darajalariga muvofiq keluvchi samaradorlik ko‘rsatkichlari aniqlangan;  
aksiyadorlik jamiyatlari foydasining dividend va biznesni rivojlantirish uchun yo‘naltiriladigan qismlari o‘rtasidagi optimal nisbatni belgilash orqali korporatsiyalarning uzoq muddatli barqaror rivojlanishini ta’minlashga yo‘naltirilgan marketing strategiyalarini qo‘llash taklifi asoslangan; 
“O‘zkimyosanoat” AJ tarkibiga kiruvchi korxonalarning korporativ boshqaruv raqobat ustunligi hamda korporativ boshqaruv faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro miqdoriy bog‘liqlik aniqlanib, uning asosida ko‘zlangan natijani ta’minlash imkonini beruvchi marketing strategiyalarini shakllantirish asoslangan;
“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatining 2026 yilga qadar korporativ boshqaruv tizimi korporativ ustunliklarini ta’minlashning prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korporativ tuzilmalarda korporativ boshqaruv natijadorligini baholash asosida rivojlanish strategiyalarini shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aksiyadorlik jamiyatlarida boshqaruv tizimi faoliyati natijadorligini integral oraliq natijalari (nomaqbul (0,48 dan past), mumkin bo‘lgan (0,55-0,49), normal (0,62-0,56), yuqori (0,68-0,63) va juda yuqori (0,69 dan yuqori)) darajalariga muvofiq keluvchi samaradorlik ko‘rsatkichlaridan “O‘zkimyosanoat” AJ tarkibidagi korxonalar boshqaruv va marketing faoliyatiga joriy etilgan (“Navoiyazot” AJning 2021 yil 18 dekabrdagi, “Maksam-Chirchiq” AJning 2022 yil 11 apreldagi ma’lumotnomalari). Natijada “Navoiyazot” AJ korxonasi boshqaruv tizimi faoliyati samaradorligini integral ko‘rsatkich 2020 yilda 2019 yildagiga nisbatan 0,21 bandga, “Maksam-Chirchiq” AJ korxonasi boshqaruv tizimi faoliyati samaradorligini integral ko‘rsatkich 2020 yilda 2019 yildagiga nisbatan 0,14  bandga oshgan;
aksiyadorlik jamiyatlari foydasining dividend va biznesni rivojlantirish uchun yo‘naltiriladigan qismlari o‘rtasidagi optimal nisbatni belgilash orqali korporatsiyalarning uzoq muddatli barqaror rivojlanishini ta’minlashga yo‘naltirilgan marketing strategiyalarini qo‘llash taklifi “O‘zkimyosanoat” AJ tarkibidagi korxonalar boshqaruv va marketing faoliyatiga joriy etilgan (“Navoiyazot” AJning 2021 yil 18 dekabrdagi, “Maksam-Chirchiq” AJning 2022 yil 11 apreldagi ma’lumotnomalari). Natijada “Navoiyazot” AJ korxonasi yalpi foydasi 2020 yilda 2019 yildagiga nisbatan 18,23 foizga, “Maksam-Chirchiq” AJ korxonasi yalpi foydasi 2020 yilda 2019 yildagiga nisbatan 49,0 foizga oshgan;
“O‘zkimyosanoat” AJ tarkibiga kiruvchi korxonalarning korporativ boshqaruv raqobat ustunligi hamda korporativ boshqaruv faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro miqdoriy bog‘liqlik aniqlanib, uning asosida ko‘zlangan natijani ta’minlash imkonini beruvchi marketing strategiyalarini shakllantirish taklifi “O‘zkimyosanoat” AJ tarkibidagi korxonalar boshqaruv va marketing faoliyatiga joriy etilgan (“Farg‘onaazot” AJning 2021 yil 22 dekabrdagi, “Maksam-Chirchiq” AJning 2022 yil 11 apreldagi ma’lumotnomalari). Natijada “Farg‘onaazot” AJ korxonasi sotilgan mahsulotdan tushgan umumiy daromad hajmi 2020 yilda 2019 yildagiga nisbatan 28,63 foizga, “Maksam-Chirchiq” AJ korxonasi sotilgan mahsulotdan tushgan umumiy daromad hajmi 2020 yilda 2019 yildagiga nisbatan 30,01 foizga oshgan;
“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatining 2026 yilga qadar korporativ boshqaruv tizimi korporativ ustunliklarini ta’minlashning prognoz ko‘rsatkichlari “O‘zkimyosanoat” AJ tarkibidagi korxonalar boshqaruv va marketing faoliyatiga joriy etilgan (“Navoiyazot” AJning 2021 yil 18 dekabrdagi, “Farg‘onaazot” AJning 2021 yil 22 dekabrdagi, “Maksam-Chirchiq” AJning 2022 yil 11 apreldagi ma’lumotnomalari). Natijada “Navoiyazot” AJ korxonasi mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishdan sof tushum ko‘rsatkichi 2020 yilda 2019 yildagiga nisbatan 46,95 foizga oshgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish