Ruzmetova Aida Shonazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Orolbo‘yi mintaqasi mineral-texnogen resurslarini qayta ishlash va ular asosida issiqqa chidamli bog‘lovchi olish texnologiyasi», 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 02.00.15 - Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T649.
Ilmiy rahbarlar: Babaev Zabibulla Kamilovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Yunusov Mirjalil Yusupovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qodirova Zulayho Raimovna, kimyo fanlari doktori, professor; Iskanderov Axmet Maksedbaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qaraqalpaq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Orolbo‘yi mintaqasi xomashyolari va sanoat chiqindilarini qayta ishlash va ular asosida issiqqa chidamli bog‘lovchi olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xo‘jako‘l kaolini, Aktau ohaktoshi va glinozyomli chiqindini kompleks tahlil qilib, ular asosida issiqqa chidamli bog‘lovchi materiallar olish imkoniyati isbotlangan;
“kaolin - glinozyomli chiqindi - oxaktosh” sistemasida SaO miqdori (mass.%) 35,00-45,00; Al2O3 - 35,00-50,00; SiO2 - 5,00-15,00 va Fe2O3 0,0- 5,00 bo‘lgan glinozyomli sement tarkiblari ishlab chiqilib, ularda monokal`siy alyuminat SA hosil qilish hisobiga tez qotish, yuqori haroratga chidamli va mexanik mustahkamlik ko‘rsatkichi ustunligi ta’minlanishi asoslangan;
reaksion qobiliyatga ega yangi tarkibli xomashyo aralashmalariga yuqori haroratda termik ishlov berishda SaO Al2O3; 5SaO ZA12O3; 12SaO 7A12O3 va SaO 2A12O3 klinker minerallarining hosil bo‘lishi aniqlangan;
glinozyomli sement va metakaolin asosida issiqqa chidamli bog‘lovchining tarkiblari va olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Orolbo‘yi mintaqasi mineral resurslari va texnogen chiqindi acocida tez qotish va yuqori xarorat va mexanik mustahkamlik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan import o‘rnini bocuvchi raqobatbardosh glinozyomli sement va issiqqa chidamli bog‘lovchi olish texnologiyacini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar acocida:
“Kaolin-glinozemli chiqindi-ohaktosh” sistemasida sement tarkiblari olish texnologiyasi “Qoraqalpoq sement” MChJ QKda amaliyotga joriy etilgan («O‘zcanoatqurilishmateriallari» uyushmacining 2022 yil 17 iyundagi 05/15-1514-con ma’lumotnomaci). Natijada, mahalliy xomashyolardan foydalanib davlat standartlariga to‘liq javob beruvchi glinozyomli sement olish imkonini bergan;
glinozemli sement asosida issiqqa chidamli betonlar olish texnologiyasi «Yugazstroy» AJga qarashli “Janubgazbutlash va qurilish qurilmalari” UKda va “Soyot chinni sopol” oilaviy korxonasida keramik buyumlarni pishirishga mo‘ljallangan issiqliq agregatlarini poddon qismini ta’mirlashda amaliyotga joriy etilgan («O‘zcanoatqurilishmateriallari» uyushmacining 2022 yil 17 iyundagi 05/15-1514-con ma’lumotnomaci). Natijada, import o‘rnini bocuvchi, tez qotish, yuqori xarorat (1200-1800oS) va mexanik mustahkamlik ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan bog‘lovchi olish imkonini bergan.