Temirov O‘ktam Shavkatovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Chorvachilik, parrandachilik va Markaziy Qizilqum fosforitlari chiqindilari asosida organomineral o‘g‘itlar olishning resurstejamkor va yuqori samarali texnologiyalarini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosida materiallar texnologiyasi, 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/T335.
Ilmiy maslahatchilar: Usanbaev Najimuddin Xalmurzaevich, texnika fanlari doktori; Namazov Shafoat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Erkaev Aktam Ulashevich, texnika fanlari doktori, professor; Muzafarov Amrullo Mustafaevich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Turdialiev Umid Muxtaralievich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: chorvachilik, parandachilik chiqindilari FG va FX organik mineral va kompleks o‘g‘itlarga qayta ishlashni ekologik xavfsiz texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chorvachilik, parrandachilik chiqindilari va FX asosida GO‘ olish jarayonida QG, PCh tarkibidagi organik kislotalar fosforitlar bilan ta’sirlashuvi natijasida fosforni o‘zlashuvchan shakli ortishi, fosforitlar xisobiga esa ammiakni va organik moddalarni gaz fazaga ajralib chiqishini kamayishi, organik moddalarni gumifikatsiyalanish darajasini ortishi asoslangan va FX, QG, PCh asosida GO‘ olish jarayonlarini maqbul sharoitlari aniqlangan; 
kompostlash yo‘li bilan etiltirilgan QG ajratib olingan ekstraktlar bilan FX va FG ta’sirlashishini o‘rganish natijalari asosida fosforni o‘zlashuvchan shaklini ortishi va FG konversiyalanish darajalarini ekstrakt tarkibidagi organik kislotalar miqdoriga va sifat tarkibiga bog‘liqligi aniqlangan;
FG ni QG yordamida qayta ishlash jarayonida kal`siy sul`fatni gumat kal`siyga va sul`fat ammoniyga konversiyalanishi va FG qo‘shilishi hisobiga ammiak va organik moddalarni gaz fazaga ajralib chiqishini kamayishi asoslangan;
FG ni PCh ishtirokida ammiak bilan ammonizatsiyalash yo‘li bilan tarkibida ammoniy sul`fati, gumat kal`siy tutgan GO‘ olishni, nitrat va sul`fat kislotada PCh nordonlashtirish va nordonlashtirilgan PCh bilan FX qayta ishlab tezkor GO‘ olishni va sul`fat kislotada past me’yorda faollashtirilgan maxsulotini PCh yordamida qayta ishlash asosida GO‘ olishni maqbul parametrlari aniqlanib fosforni o‘zlashuvchan shaklga o‘tish va FG konversiyalanish darajasini gumus moddalar miqdoriga va organik moddalarni gumifikatsiyalanish darajasiga bog‘liqligi asoslangan;   
FX, FG ni qayta ishlashda QG va PCh foydalnish samaraliligi va ekologik xavsizligi kompleks baxolanib, agrokimyoviy samarali, ekologik xavsiz o‘g‘itlar olishni maqbul rejimlari aniqlangan va texnologiyalari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
FX, FG, chorvachilik, parandachilik chiqindilari asosida  turli GO‘ olish texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nitrat kislotada faollashtirilgan NF, QG asosida organik mineral o‘g‘itlar olish texnologiyasi “NKMK jamg‘armasi” Davlat muassasi “Do‘stlik”  agrofirmasining “2022-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ilmiy ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“NKMK jamg‘armasi” Davlat muassasasining 2022 yil 6 iyundagi 01-03-01/1375-son ma’lumotnomasi). Natijada, NF va QG ekologik xavsiz qayta ishlab agrokimyoviy samarali organik mineral o‘g‘itlar olish imkonini beradi;
NF, PCh, nitrat kislota  asosida GO‘ olishni jadal va ekologik xavsiz   texnologiyasi “NKMK jamg‘armasi” Davlat muassasi “Do‘stlik”  agrofirmasining “2022-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ilmiy ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“NKMK jamg‘armasi” Davlat muassasasining 2022 yil 6 iyundagi 01-03-01/1375-son ma’lumotnomasi). Natijada, agrokimyoviy samaradorligi yuqori bo‘lgan organik mineral o‘g‘itlar assortimentini kengaytirish imkonini bergan;
NF, QG va turli mineral o‘g‘itlar  asosida kompleks organik mineral o‘g‘itlar olish texnologiyasi “NKMK jamg‘armasi” Davlat muassasi “Do‘stlik”  agrofirmasining “2022-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ilmiy ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“NKMK jamg‘armasi” Davlat muassasasining 2022 yil 6 iyundagi 01-03-01/1375-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibida gumus moddalaridan tashqari me’yorlashagan miqdorda azot, fosfor, kaliyli ozuqa moddalari tutgan kompleks GO‘ olish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish