Fayzieva  O‘g‘ilbubi  Ro‘zibadalovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Erta  yoshdagi  bolalarda  shifoxonadan  tashqari pnevmoniyaning    klinik – immunologik  va  molekullyar-genetik   rivojlanish   mexanizmi», 14.00.09 - Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Tib454. 
Ilmiy maslahatchi: Karimdjanov Ilxamdjan Asamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Shamansurova Elmira Amanullaeva, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Furqat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Boboev Qodirjon To‘xtaboevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot:  Tibbiyot  xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi erta yoshdagi bolalarda  shifoxonadan tashqari pnevmoniyaning klinik–immunologik va molekulyar-genetik rivojlanish mexanizmlarini o‘rganish asosida davolash va reabilitatsiyasini takomillashtirishdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda shifoxonadan tashqari pnevmoniyaning uchrash darajasi va prognostik  xavf omillari sifatida ekologik noqulay iqlim sharoiti, perinatal omillari, premorbid va komorbid fon va yo‘ldosh fon kasalliklarining  (OR>1,0; r<0,01; r<0,001) o‘rni isbotlangan;  
shifoxonadan tashqari pnevmoniyada yallig‘lanishni ko‘rsatuvchi sitokinlar kaskadi,  IL1β va IL4, TNFα  genlarining disfunksiyasi yallig‘lanish jarayoni faolligini baholashda qo‘shimcha prognostik mezoni sifatida foydalanilishi   isbotlangan;
interleykin genlari polimorfizmi  va klinik-laborator ko‘rsatkichlar bilan o‘zaro korrelyativ bog‘liqligi patogenetik ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan;
erta yoshli bolalarda, shifoxonadan tashqari pnevmoniyada informativ tashxisot markyorlari sifatida yallig‘lanishga xos va yallig‘lanishga qarshi sitokinlarning (IL -1β, IL -4, INFα, β) nisbatan 3,0 martaga ortishi va IFN-γ miqdori nisbatan kamayishi aniqlangan. IL-1β, IL-4, TNF-α genlari polimorfizmi  ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi ishonchli musbat korrelyasion bog‘lanish (r=0,76, r=0,68,) pnevmoniyaning og‘ir turi va asoratlarining rivojlanishiga olib kelishi isbotlangan;
erta yoshli bolalarda shifoxonadan tashqari pnevmoniyada standart bazis davosiga qo‘shimcha immunomodulyator dori vositasi polioksidoniyni qo‘llash davo samaradorligini oshishi, pnevmoniya bilan kasallanishni qaytalanish darajasini kamayishi va  pnevmoniya salbiy oqibatlarini oldini olishi isbotlangan;
kasallikning reabilitatsiya davrida nomedikamentoz davo usuli speleoterapiyani qo‘llash natijasida qon zardobidagi sitokinlar ko‘rsatgichi  normallashishi orqali pnevmoniyaning remissiya davrining uzayishi va bolalarni qayta kasallanish darajasi 80-85%ga kamayganligi  isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bolalarda shifoxonadan tashqari pnevmoniyani tashxisini va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
erta yoshdagi bolalarda shifoxonadan tashqari pnevmoniyani tashxislash, davolash va reabilitatsiyasida pnevmoniya salbiy oqibatlari,  rivojlanishining oldini olish va kasallikning asoratlangan shakllarga o‘tish xavfini kamaytirish asosida  ishlab  chiqilgan «Bolalarda shifoxonadan tashqari pnevmoniyalarda zamonaviy tashxislash, reabilitatsiya usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 sentyabrdagi 8n-z/316-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi erta yoshdagi bolalarda shifoxonadan tashqari pnevmoniyani tashxislash va davolash davolash usullari samaradorligini oshirish imkonini bergan;
bolalarda shifoxonadan tashqari pnevmoniyani davolashda salbiy oqibatlar rivojlanishining oldini olish, kasallikning og‘ir va murakkab shakllarga o‘tish xavfini kamaytirish asosida  ishlab  chiqilgan “Bolalardagi shifoxonadan tashqari zotiljamning davolash usullarini takomillashtirish” nomli uslubiy qo‘llanma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 sentyabrdagi  8n-z/316-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi bemorning klinik holatini, biokimyoviy tahlillari, sitokinlar ko‘rsatkichlarni yaxshilashga, uzoq muddatli remissiyaga erishishga va kasallik asoratlarini kamaytirish imkonini bergan; 
shifoxonadan tashqari pnevmoniyani erta tashxislash, davolash va oldini olish, reabilitatsiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent  tibbiyot akademiyasi Termiz filiali klinik bazasi Surxondaryo  viloyat bolalar  ko‘p  tarmoqli tibbiyot markazining pul`monologiya  bo‘limi  va Sherobod, Termiz tumanlari tibbiyot birlashmalari  klinik  amaliyotiga  joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 29 iyuldagi 08-21889-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi bir yilda pnevmoniya bilan og‘rigan barcha bemorlar soniga nisbatan davlat byudjet mablag‘larini tejash orqali dori vositalariga ehtiyojni kamaytirish, kasallikka erta tashxis qo‘yishni yaxshilashni 1,5 martaga, davolash  muddatlarini  qisqartirishni 1,2 martaga va pnevmoniyaning asoratlanish darajasini 1,6 martaga kamayishi hisobiga iqtisodiy samaradorlikni oshirishga imkon yaratgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish