Ibodulloeva Shoxida Yusufboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda o‘t ajratish yo‘llari surunkali kasalliklarining shakllanish bosqichlari va klinik namoyon bo‘lishi», 14.00.09 - Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib754.
Ilmiy rahbar: Muratxodjaeva Aqida Valievna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Shamansurova Elmira Amanullaeva, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedova Inobat Muxamedjanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalarda o‘t ajratish yo‘llari surunkali kasalliklarining shakllanish bosqichlari va klinik namoyon bo‘lishini o‘rganish, rivojlanishining oldini olish, erta tashxislash mezonlarini ishlab chiqish, o‘t tosh kasalligi kelib chiqishi oldini olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘t ajratish yo‘llari funksional buzilish kasalliklari maktabgacha yoshdagi qiz va o‘g‘il bolalarda bir xil tezlikda uchrashi kuzatildi (r<0,05), 7-16 yosh davrida esa qiz bolalarda funksional buzilishlar ustunlik qilishi (r<0,01), o‘t yo‘llari yallig‘lanish kasalliklari va o‘t cho‘kmasi kasalligi uchrashi yoshiga qarab oshib bordi, xamda qiz bolalarda ustunlik qilishi, bu esa balog‘at yoshida esterogen garmoni ko‘pashi bilan isbotlangan;
o‘t ajratish yo‘llari kasalliklarining shakllanishida o‘t yo‘llari anomaliyalari bilan bir nechta xavf omillari natijasida yuzaga kelishi va o‘t cho‘kmasi rivojlanishi uchun irsiy omil, uzoq antibiotik(seftriakson) qabul qilish, kam xarakatlik, ortiqcha vazn, ichak disbiozi eng muhim xavf omillari ekanligi isbotlangan;
o‘t ajratish yo‘llari kasalliklar fonida o‘t cho‘kmasi belgilari aniqlangan bemorlarda xolesterin miqdorining biroz oshishi, umumiy bilirubinning ko‘payishi, IF, GGT, LAP fermentlarining faolligi oshganligi va klinik belgilarining yaqqol namoyon bo‘lishi xolestaz rivojlanish belgisi ekanligi isbotlangan;
o‘t cho‘kmasini davolashda ursodezoksixolat kislota preparatini o‘t cho‘kmasi tarkibiga ko‘ra tavsiya etish, standartda belgilangan miqdorga qaraganda davolash tezroq va samarali natija berishi, xamda bu bolalarni 2 yil davomida nazorat qilish va xar 6 oyda bir marta UTT o‘tkazish, davolashni o‘z vaqtida olib borish, o‘t cho‘kmasi xosil bo‘lishi qaytalanishi va o‘t tosh kasalligi yuzaga kelishini oldini olishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda o‘t ajratish yo‘llari kasalliklarining klinik shakllanishini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bolalarda uchraydigan o‘t yo‘llari funksional kasalliklarini samarali tashhislash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bolalarda biliar tizimning disfunksional buzilishlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 28 martdagi 8n-z/144-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma biliar tizim funksional buzilishi bo‘lgan bolalarda kasallikni erta tashhislash, davolash samaradorligini oshirish, bemorlarning shifoxonada bo‘lish vaqtini qisqartirish bilan birgalikda kasallikning asoratlarini kamaytirish imkonini bergan;
bolalarda biliar tizim funksional buzilish kasalliklari klinik-funksional kechish xususiyatlariga asoslangan holda tashhislash va davolash tartibini takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari klinik amaliyotga joriy qilinishi jumladan, jumladan, Toshkent shaxar 4- bolalar shifoxonasi, Toshkent shahar 44-sonli oilaviy poliklinika klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil yil 9 avgustdagi 08-23217-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar orqali o‘t ajratish yo‘llari zararlanishi noxush oqibatlarini erta baholash, surunkali xolesistit, o‘t chiqarish yo‘llari infeksiyasi xolelitiaz, o‘t tosh kasalliklari asoratlar sonining hamda kasallik oqibatlari bilan bog‘liq nogironlik darajasini kamaytirish imkonini yaratgan.