Ibragimova Madina Ismoilovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda ta’lim turizmi xizmatlarini rivojlantirish istiqbollari», 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt98.
Ilmiy rahbar: Muxammedov Murod Muxammedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.1.18.01.
Rasmiy opponentlar: Navruz-zoda Baxtiyor Negmatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xalilov Sirojiddin Sherali o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda ta’lim turizmi xizmatlarini samarali rivojlantirish va istiqbollarini asoslash bo‘yicha tavsiyalar va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inson kapitalini rivojlantirishda «ta’lim turizmi» tushunchasining mohiyatining integratsiyalovchi tasnifiy belgilari tarkibiga bir yilgacha bo‘lgan vaqt davomida jismoniy shaxs yoki bir guruh shaxslarning doimiy yashash joyidan bilim olishni kiritish asosida takomillashtirilgan;
ta’lim turizmi samaradorligini oshirish sharoitida iste’molchilar bilan kommunikativ kompleks tizimi taqdim etilgan ta’lim xizmatlari sifatiga jamiyat oldidagi ijtimoiy javobgarlik va ta’lim oluvchilar xavfsizligini ta’minlash kabilarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
respublikada ta’lim turizmi xizmatlari hajmini oshirishda kiruvchi va chiquvchi turistik oqimning o‘rta muddatli rivojlantirish istiqbollari va trendini yaratishga xizmat qiluvchi 2025 yilga bo‘lgan davrga prognoz parametrlari asoslangan;
turistik majmuani, jumladan ta’lim turizmini yaxlit tizim sifatida strategik boshqarish samaradorligini oshirishda ta’lim turizmini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish hamda uning muhim komponenti sifatida, jumladan sohada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirgan holda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda ta’lim turizmi xizmatlarini rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
«ta’lim turizmi» tushunchasining mohiyati integratsiyalovchi tasnifiy belgilari tarkibida bir yilgacha bo‘lgan vaqt davomida jismoniy shaxs yoki bir guruh shaxslarning doimiy yashash joyidan bilim olishni e’tiborga olgan holda «ta’lim turizmi» tushunchasining takomillashgan ta’rifi 5610100 –“Xizmatlar sohasi” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Restoran menejmenti” nomli o‘quv qo‘llanmaga (guvohnoma raqami 1186-088) kiritilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2021 yil              6 yanvardagi 89-03-61-son ma’lumotnomasi). «Ta’lim turizmi» tushunchasiga mualliflik yondashuvi ta’lim sayyohlarini tegishli yashash joylari, jumladan yotoqxonalar bilan ta’minlanishini yaxshilash bo‘yicha maqsadli qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga xizmat qiladi;
ta’lim turizmi samaradorligni oshirish sharoitida iste’molchilar bilan kommunikativ kompleks tizimini takomillashtirish bo‘yicha jamiyat oldidagi ijtimoiy javobgarlik, ta’lim oluvchilar xavfsizligini ta’minlash, tinglovchi ta’lim olayotgan mamlakatning madaniy o‘ziga xosligi bilan tanishtirish kabi takliflari O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi “Madaniy meros ob’ektlari muammolarini o‘rganish va turizmni rivojlantirish ilmiy tadqiqot instituti”ning     2022 yil 10 maydagi Ich-15-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilingan (Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 19 maydagi 04-18/1769-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi ta’lim turizmi bilan shug‘ullanuvchi turistik firmalarda iste’molchilar bilan kommunikatsion jarayonlarni takomillashtirish, ularni tegishli ma’lumotlar bilan ta’minlash va ko‘rsatilgan xizmatlar sifatidan qoniqish darajasini hamda mavjud kamchiliklarni aniqlash va pirovard natijada mijozlarning korxona to‘g‘risidagi fikrlarini ijobiy tomonga o‘zgartirish, potensial turistlar auditoriyasini kengaytirishga hamda xizmatlar hajmini ko‘paytirishga imkoniyat yaratgan;
respublikada ta’lim turizmi xizmatlari hajmini oshirish maqsadida kiruvchi va chiquvchi turistik oqimning o‘rta muddatli rivojlantirish istiqbollari va trendini yaratishga xizmat qiluvchi 2025 yilga qadar prognoz parametrlaridan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi “Madaniy meros ob’ektlari muammolarini o‘rganish va turizmni rivojlantirish ilmiy tadqiqot instituti”ning     2022 yil 10 maydagi ICh-15-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilingan (Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 19 maydagi 04-18/1769-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish ta’lim sohasini rivojlantirish va sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar natijasida 2023 yildan boshlab ta’lim olish bo‘yicha kiruvchi turistlar oqimining o‘sishi aniqlangan holda tegishli chora-tadbirlarni tashkil qilish imkoniyatlarini  kengaytirishga xizmat qilgan;
turistik majmuani, jumladan ta’lim turizmini yaxlit tizim sifatida strategik boshqarish samaradorligini oshirishda ta’lim turizmini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqib, uning muhim komponenti sifatida, jumladan sohada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirgan holda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi huzuridagi Madaniy meros ob’ektlari muammolarini o‘rganish va turizmni rivojlantirish ITIning 2022 yil          10-maydagi Ich-15-son buyrug‘i bilan (vazirlikning 2022 yil 21 iyuldagi 04-18/3582-son xati bilan institutga vakolat berilgani to‘g‘risidagi ma’lumoti) amaliyotga joriy qilingan  (Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 19 maydagi 04-18/1769-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijadan foydalanish O‘zbekistonda ta’lim turizmi xizmatlar bozorining samaradorligini oshirishning ichki va tashqi imkoniyatlarini baholash, jarayonni samarali boshqarish mexanizmini takomillashtirishga imkoniyat yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish