Djabborov Isroil Ismoilovichning
falsafa doktori(PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida davlat xizmatlarini takomillashtirish”, 08.00.05 − Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt907.
Ilmiy rahbar: Xoliqulov Anvar Ne’matovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat yuritayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Muxammedov Murod Muxammedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Isroilov Bahodir Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat xizmatlarini takomillashtirish orqali iqtisodiyotni rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholining Davlat xizmatlaridan foydalanish samaradorligini Davlat xizmatlari markazlari filiallarini bosqichma-bosqich mahallalarda tashkil etish orqali xizmatlarga ketadigan vaqt bilan bog‘liq transaksiya xarajatlarini kamaytirish takomillashtirilgan;
Davlat xizmatlari markazlari xizmatlar tarkibi fuqarolarning pensiya ta’minoti, pensiya va nafaqalar miqdori, yashash maydoni, uy-joyga egaligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni berish kabi yangi davlat xizmatlarini joriy etish asosida kengaytirilgan;
davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini baholashda “Inson qadrini yuksaltirish” mezonidan kelib chiqib, Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan xizmatlarni takomillashtirish bo‘yicha ijtimoiy yo‘naltirilgan kompleks tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan;
yangi turdagi onlayn elektron xizmatlar ularning o‘ziga xos xususiyatlari hamda aholining turli ijtimoiy ehtiyojlarining qamrov darajasini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari hisobiga takomillashtirilgan, bir-birini takrorlaydigan xizmatlarni unifikatsiya qilish va ularni reestrga qo‘shish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi.
Davlat xizmatlari markazlari faoliyati samaradorligini oshirish va Davlat xizmatlarini takomillashtirish, yangi xizmatlar joriy etish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
aholining davlat xizmatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 31 yanvardagi
PF-5930-son «Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga kiritilgan (Davlat xizmatlari agentligining 2019 yil 12 sentyabrdagi 1-7-2/1-499-son ma’lumotnomasi). Natijada mahallalarda davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish hamda mahallalarda davlat xizmatlari markazlari filiallarini tashkil etish imkonini bergan;
Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar tarkibini kengaytirish bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil
31 yanvardagi PF-5930-son «Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni bilan joriy etilgan (Davlat xizmatlari agentligining 2019 yil 12 sentyabrdagi 1-7-2/1-499-son ma’lumotnomasi). Natijada jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlaridan foydalanishda qo‘shimcha yangi qulayliklarni yaratish imkonini bergan;
davlat xizmatlarini ko‘rsatishni mahallabay yondashuvi asosida rivojlantirishga yo‘naltirilgan «Yo‘l xaritasi» bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 31 yanvardagi PF-5930-son «Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonining 3-ilovasiga kiritilgan (Davlat xizmatlari agentligining 2019 yil 12 sentyabrdagi 1-7-2/1-499-son ma’lumotnomasi). Natijada davlat xizmatlarini rivojlantirishga qaratilgan milliy metodologik asoslari va yondashuvlarini takomillashtirishga hamda aholining xizmatlardan foydalanish sarf-xarajatlarini 1,5 barobarga kamayishiga olib kelgan.
davlat xizmatlari markazlari faoliyatini kengaytirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish vakolatiga ega bo‘lgan tashkilotlarda ko‘rsatiladigan xizmatlarni sifat jihatdan tartibga solish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi davlat xizmatlari agentligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Davlat xizmatlari agentligining 2019 yil 12 sentyabrdagi 1-7-2/1-499-son ma’lumotnomasi). Natijada amaldagi 693 turdagi xizmatlarni jamlagan yagona reestrga qo‘shimcha yangi 21 turdagi xizmatlarni kiritish imkonini bergan.