Taydjanova Malika Muratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Katta maktabgacha yoshda emotsional buzilishlarning psixologik xususiyatlari», 19.00.06–Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/P136.
Ilmiy rahbar: Safaev Nuritdin Salixovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; To‘ychieva Saodat Mellikuzievna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: M.Lomonosov nomli Moskva davlat universiteti Toshkent filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi katta maktabgacha yoshdagi bolalarning ruhiy holatiga ta’sir etuvchi emotsiogen omillarni aniqlash, emotsional buzilishlarning oldini olishga oid profilaktik chora-tadbirlarni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
katta maktabgacha yoshdagi bolalarda emotsional buzilishlarning psixoprofilaktikasi va korreksiyasini tasniflanishida xavotirlanish, qo‘rquv xislarini giperaktivlik jihatini dominantlik xususiyatida tormozlanish, ichidagi holatini yashirish hissi namoyon bo‘lishiga asoslanib, «kayfiyat», «xulq-atvor», «psixomotor» kabi psixologik mezonlardan foydalanish samarali ekanligi dalillangan;
katta maktabgacha yoshdagi bolalarda emotsional buzilishlarni vujudga kelishiga «ota-ona-bola» munosabatlari ko‘rinishining ta’siri natijasida bola ijtimoiy mavqei va refleksiv rivojlanishidagi ego-ziddiyatlarni ustuvorligini kuchayishi noorgatik tuzilishdagi xissiy buzilishlarning chastotasini ortishiga olib kelishiga asoslanib, emotsional soha shakllanishida yoshga oid dinamik hamda gender tafovutlar kuzatilishi dalillangan;
katta maktabgacha yoshdagi bolalarda talabchan ona munosabati negizida bola emotsional holatini shakllanishi bola refleksif rivojlanishining past darajasi va shaxslararo munosabatda tengdoshlari tomonidan «qabul qilinmagan»likning vaziyatga bog‘liq xavotirlanishni kuchayishiga ko‘ra, profilaktik-korreksion ta’sir samaradorligini ta’minlaydigan individual rivojlanish xaritasini qo‘llash zarurati isbotlangan;
bolalardagi emotsional buzilishlarni oldini olish va bartaraf etishda emotsiyalar «dunyosi» bilan tanishish, ularni anglash va nazorat qilish, o‘z-o‘zini adekvat baholashini shakllantirishga qaratilgan «Quyoshli tuyg‘ular mamlakati» mualliflik profilaktik-korreksion dasturini qo‘llash samarali ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Katta maktabgacha yoshda emotsional buzilishlarning psixologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot ishi natijalari asosida:
katta maktabgacha yoshdagi bolalarda emotsional buzilishlarning psixoprofilaktikasi va korreksiyasini tasniflanishida xavotirlanish, qo‘rquv xislarini giperaktivlik jihatini dominantlik xususiyatida tormozlanish, ichidagi holatini yashirish hissi namoyon bo‘lishiga asoslanib, «kayfiyat», «xulq-atvor», «psixomotor» kabi psixologik mezonlardan foydalanish samarali ekanligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi «Psixologiya» o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 14 iyun 6-sonli buyrug‘iga asosan «Rivojlanish psixologiyasi» o‘quv-uslubiy modul fani materiallariga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 14 iyundagi PM-25-a-son ma’lumotnomasi). Natijada bu bo‘lajak mutaxassislarda maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlash, ularga psixologik xizmat ko‘rsatish, oila muhitida va maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoasida psixologik sog‘lom muhitni shakllantirish bo‘yicha ilmiy-nazariy tayyorgarligi darajasini oshirish takomillashtirilgan;
katta maktabgacha yoshdagi bolalarda emotsional buzilishlarning vujudga kelishiga «ota-ona-bola» munosabatlari ko‘rinishining ta’siri natijasida bola ijtimoiy mavqei va refleksiv rivojlanishidagi ego-ziddiyatlarni ustuvorligini kuchayishi noorgatik tuzilishdagi xissiy buzilishlarning chastotasini ortishiga olib kelishiga asoslanib, emotsional soha shakllanishida yoshga oid dinamik hamda gender tafovutlar kuzatilishiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi «Psixologiya» o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 14 iyun 6-sonli buyrug‘iga asosan «Psixodiagnostika» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 14 iyundagi PM-25-a-son ma’lumotnomasi). Natijada ijtimoiy-psixologik omillar tizimida emotsional buzilishlarning asosiy sabablarini aniqlashda bo‘lajak psixologlarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalari shakllantirilgan;
katta maktabgacha yoshdagi bolalarda talabchan ona munosabati negizida bola emotsional holatini shakllanishi bola refleksif rivojlanishining past darajasi va shaxslararo munosabatda tengdoshlari tomonidan «qabul qilinmagan»likning vaziyatga bog‘liq xavotirlanishni kuchayishiga ko‘ra, profilaktik-korreksion ta’sir samaradorligini ta’minlaydigan individual rivojlanish xaritasini qo‘llash zaruratiga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi «Psixologiya» o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 14 iyun 6-sonli buyrug‘iga asosan «Psixologik xizmat» moduliga kiritilgan va mazmunini boyitilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 14 iyundagi PM-25-a-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagilarning emotsional rivojlanishining muammoli masalalari bilan ishlash bo‘yicha malakali tayyorgarlikni yaxshilashga xizmat qilgan;
bolalardagi emotsional buzilishlarni oldini olish va bartaraf etishda emotsiyalar «dunyosi» bilan tanishish, ularni anglash va nazorat qilish, o‘z-o‘zini adekvat baholashini shakllantirishga qaratilgan «Quyoshli tuyg‘ular mamlakati» mualliflik profilaktik-korreksion dasturini qo‘llash samarali ekanligiga asoslangan ma’lumot Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi «Psixologiya» o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 14 iyun 6-sonli buyrug‘iga asosan «Psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 14 iyundagi PM-25-a-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliy psixologlarning maktabgacha yoshdagi bolalar muammolari bilan ishlashda uslubiy jihozlarini takomillashtirish imkoniyatlari kuchaytirilgan.