Hayitova Iroda Ilhomovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Axborot ta’lim muhitida talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish metodikasini takomillashtirish (Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari fani misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1576.
Ilmiy rahbar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Rasmiy opponentlar: Uzakov Zair, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent; Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’limda axborot ta’lim muhitida talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
talabalar mustaqil ishining tashkiliy-uslubiy ta’minoti axborot ta’lim muhitida empirik va nazariy bilimlarga egalik, o‘z-o‘zini tahlil qilish va baholash, mantiqiy operatsiyalarga asoslangan ko‘nikmalarni o‘zlashtirish hamda kompyuter immitatsion modellar va mediata’lim resurslarini yaratish asosida takomillashtirilgan; 
axborot ta’lim muhitida talabalar mustaqil ishini tashkil etish platformada mustaqil ishlarni bajarish, didaktik tamoyillar orqali integratsion bilimlarni ilmiy-nazariy jihatdan rivojlantirishga qaratilgan rivojantiruvchi-mantiqiy o‘quv topshiriqlarni  kiritish asosida takomillashtirilgan;
mustaqil ishlarni tashkil etishning kompyuter dasturlari mustaqil ta’lim olish didaktik jarayonining pedagogik-psixologik komponentlarini innovatsion ta’lim muhitida tajriba faoliyati variativligini refleksiv yaxlitlash asosida takomillashtirilgan. 
talabalarning auditoriyadan tashqari mustaqil ishi “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fanidan virtual laboratoriya, vebinar, ijodiy topshiriqlar, mul`timedia ilovalarini yaratish hamda o‘zlashtirish darajasi bo‘yicha aniqlashga qaratilgan baholash mezonlari va modulli o‘qitish indikatorlarini kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Axborot ta’lim muhitida talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
axborot ta’lim muhitida talabalar mustaqil ishini tashkil etish Web - ilova dasturiy ta’minoti, platformada mustaqil ishlarni bajarish, didaktik tamoyillar orqali integratsion bilimlarni ilmiy-nazariy jihatdan rivojlantirishga qaratilgan o‘quv topshiriqlar  kiritish asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 noyabrdagi 1023-son buyrug‘i asosida berilgan 1023-135-son nashr ruxsatnomasi) hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” ta’lim yo‘nalishi uchun “ANAGRAMMWORD” amaliy dasturi mazmuniga singdirilgan va o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 maydagi 285-son buyrug‘i asosida berilgan 285-095-son nashr ruxsatnomasi). Natija oliy ta’limda talabalar mustaqil ishini tashkil etishda masofaviy ta’limdan foydalanib, axborot-uslubiy ta’minotini takomillashtirish imkonini bergan;
talabalar mustaqil ishining tashkiliy-uslubiy ta’minoti axborot ta’lim muhitida empirik va nazariy bilimlarga egalik, o‘z-o‘zini tahlil qilish va baholash, mantiqiy operatsiyalarga asoslangan ko‘nikmalarni o‘zlashtirish hamda kompyuter immitatsion modellar va mediata’lim resusrlarini yaratish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar “Ta’limda multimedia ilovalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 maydagi 285-son buyrug‘i asosida berilgan 285-095-son nashr ruxsatnomasi). Natija oliy ta’lim muassasalarida talabalar mustaqil ishini tashkiliy-uslubiy ta’minotini optimallashtirish imkonini bergan;
mustaqil ishlarni tashkil etishning kompyuter dasturlari mustaqil ta’lim olish didaktik jarayonining pedagogik-psixologik komponentlarini innovatsion ta`lim muhitida tajriba faoliyati variativligini refleksiv yaxlitlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limida bajarilgan I-XT-0-19929-raqamli “Ta’lim Qaraqalpoq tilida o‘qitiladigan maktablarning 8-9-sinflari uchun aniq fanlar bo‘yicha elektron darslik va metodik tavsiya ilovasini yaratish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish (matematika, informatika)” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 27 oktyabrdagi 17.02/203-son ma’lumotnomasi). Natija oliy ta’lim muassasalarida talabalar mustaqil ishini tashkiliy-uslubiy ta’minotini takomillashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish