Mansurov Xusniddin Gabtrashitovichning 
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Vigna radiata l. jahon genofondidan foydalangan holda yuqori hosildor, eksportbop mosh navlarini yaratish», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Qx748.
Ilmiy rahbar: Mavlyanova Ravza Fazletdinovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.QX.13.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: moshning «Osiyo » navi (NAR 00381). O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2022 yil 31 yanvardagi №20190075-son xulosasi.
II. Tadqiqotning maqsadi Moshning jahon genofondini kompleks o‘rganish asosida, Respublikamiz tuproq-iqlim sharoitiga mos, morfobiologik va qimmatli-xo‘jalik belgi va xususiyatlariga ega, tik o‘suvchi, mexanizatsiya o‘rimiga yaroqli, dukkaklari chatnamaydigan, yirik donli, yuqori hosildor va eksport talablariga javob beradigan mosh navlarni yaratish hamda ishlab chiqarishga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor moshning 151 ta jahon kolleksiya namunalarini morfobiologik va qimmatli xo‘jalik belgi va xususiyatlari bo‘yicha kompleks baholash asosida respublikamiz tuproq-iqlim sharoitiga mos bo‘lgan istiqbolli namunalar ajratib olingan;
mosh kolleksiyani qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha o‘rganish natijasida vegetatsiya davri 66-70 kun bo‘lgan ul`tra ertapishar 5 ta, ertapishar (71-75 kun) 12 ta, yuqori hosildorligi bo‘yicha 3 ta (26,0-27,4 s/ga), dukkakdagi donlar soni bo‘yicha (11 ta) 3 ta, 1000 dona urug‘ vazni bo‘yicha (70-80 g) 2 ta, uglevodlar (63,5-65,5%), oqsil 23,0-23,6% va moy 1,1-1,3% miqdori bo‘yicha 3 ta namunalar ajratib olingan;
moshning don hosildorligi va sifati yuqori, eksport talablariga javob beradigan yangi “Osiyo” navi yapatilgan;
moshning yangi “Osiyo” navini respublikamizda ekilayotgan boshqa navlarga nisbatan o‘zining ertapisharligi, asosiy poyadagi bo‘g‘imlar soni, dukkak uzunligi, bir o‘simlikdagi dukkaklar soni, yuqori don va ko‘k massa hosili hamda donining yirikligi bo‘yicha ustun ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Moshning jahon genofondini kompleks o‘rganish asosida morfobiologik va qimmatli xo‘jalik belgi va xususiyatlariga ega, tik o‘suvchi, mexanizatsiya o‘rimiga yaroqli, dukkaklari chatnamaydigan, yirik donli, yuqori hosildor va eksport talablariga javob beradigan navlarni yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
moshning yuqori hosildor, yirik donli, tik o‘suvchi, mexanizm yordamida yig‘ishtirib olishga yaroqli, o‘rtapishar (o‘suv davri 85-90 kun) yangi «Osiyo» navi yaratilgan va Respublikaning barcha hududlarida ekish uchun qishloq xo‘jaligi ekinlari Davlat reestriga kiritilgan (O‘zbekicton Pecpublikaci Qishloq xo‘jaligi vazipligining 2022 yil 5 apreldagi №07/23-04/1938-son ma’lumotnomasi). Natijada, mosh genofondi poyasi tik o‘suvchi, yirik donli, 1000 dona urug‘ vazni 80 g., don hosili 25,0-26,0 s/ga, ko‘k massa hosili 200,0-250,0 s/ga, hosili mexanizm yordamida yig‘ishtirib olishga mos yangi mosh navi bilan boyitilgan;
intensiv tipidagi moshning «Osiyo» navi 2020 yilda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida Surxon SFU hududidagi «Tashabbus Surxon» fermer xo‘jaligida 14,0 ga, «Homkon» fermer xo‘jaligida 18,0 ga, «Surxon tajriba uchastkasi» fermer xo‘jaligida 19,0 ga, «Surxon nur dala» fermer xo‘jaligida 26,0 ga, «Oltin mehnatobod paxtasi» fermer xo‘jaligida 29,0 ga, «Javlonbek agro firmasi MChJ» xo‘jaligida 35,0 ga, Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani «Innovatsion texnologiyalarni joriy qilish markazi» MChJda 67,5 ga, jami 208,5 ga maydonga ekilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 5 apreldagi 07/23-04/1938-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, moshning yangi «Osiyo» navidan sug‘oriladigan maydonlarda o‘rtacha 20,0-25,0 s/ga don hosili olinib, gektaridan olinadigan sof daromad 10,3-11,8 mln. so‘mni, rentabellik darajasi esa Toshkent viloyatida 42,2-43,2%, Surxondaryo viloyatida 41,2 -42,3% ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish