Tlegenov Baxitbay Nietbaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish sifatini oshirishda muammoli o‘qitish metodikasini takomillashtirish (5-sinf informatika fani misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped1205.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Allambergenova Muxabbat Xasanbaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Qudaybergenov Karimbergen Qadirbergenovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish sifatini oshirishda muammoli o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish sifatini oshirishda informatika darslarini tashkil etishning uslubiy-didaktik ta’minoti muammoli o‘qitish metodlari (UFALAZ, HAITI, Zig-zag Think-Pair-Share) yordamida ijodiy, tanqidiy va kreativ fikrlashni, fanga oid kompetensiyalarga moslashuvni ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
muammoli o‘qitish asosida o‘quvchilarning informatikadan bilimlarni o‘zlashtirish sifatini oshirishning metodik modeli maqsaddan natijaga yo‘nalgan uzluksiz tizim asosida o‘quv materiallarini muammoli taqdim etishning akademik va innovatsion shakllarini didaktik vositalar bilan uyg‘unligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishining didaktik jarayonlari o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi va o‘rganishiga xizmat qiluvchi o‘quv materiallari va topshiriqlar asosida darslarning sxematik rejasini modellashtirish hamda o‘qitishning elektron dasturiy ta’minotini (Informatics electronic guide-line) yaratish orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning informatikadan bilimlarni o‘zlashtirish va ularning mustaqillik, ijodkorlik, tashabbuskorlik, tadbirkorlik sifatlarining rivojlanganlik darajasini baholashning mezonlari (motivational-valued, emotional, informative-cognitive, processual-activity) fanga oid kompetensiyalarni o‘zlashtirish va ob’ektiv baholashning integrativligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish sifatini oshirishda muammoli o‘qitish metodikasini takomillashtirish yuzasidan olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish sifatini oshirishda informatika darslarini tashkil etishning uslubiy-didaktik ta’minotini muammoli o‘qitish metodlari (UFALAZ, HAITI, Zig-zag, Think-Pair-Share) yordamida ijodiy, tanqidiy va kreativ fikrlashni shakllantirish orqali fanga oid kompetensiyalarga moslashuvini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir taklif va tafsiyalaridan “Muammoli o‘qitishning mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari” nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan muammoli savol va topshiriqlar, mashqlar tizimi, muammoli dars tuzilmasi va ishlanmalari asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinflari uchun «Informatika» darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 16 fevraldagi 01/11-01/03-210-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda bilimlarni o‘zlashtirish sifatini oshirishning informatsion-metodik tizimi yaratilgan;
muammoli o‘qitish asosida o‘quvchilarning informatikadan bilimlarni o‘zlashtirish sifatini oshirishning metodik modelini maqsaddan natijaga yo‘nalgan uzluksiz tizim asosida o‘quv materiallarini muammoli taqdim etishning akademik va innovatsion shakllarini didaktik vositalar bilan uyg‘unligini ta’minlash orqali takomillashtirishga hamda darslarning sxematik rejasini modellashtirish va o‘qitishning elektron dasturiy ta’minotini (Informatics electronic guide-line) yaratishning pedagogik algoritmini ishlab chiqish orqali didaktik jarayonlarni takomillashtirishga doir taklif va taviyalardan Jizzax politexnika institutida bijarilgan №AIF 1/4 “Kasb-hunarga yo‘naltirilgan markaz va elektronika bo‘yicha qo‘shma o‘quv laboratoriya yaratish” (2019-2021 yy.) va Buxoro muhandislik-texnologiya institutida bijarilgan №AIF 2/20 “Shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muxandis kadrlar tayyorlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish sifatini yaxshilash” (2019-2021 yy.) mavzularidagi xalqaro amaliy tadqiqot loyihalarini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 16 fevraldagi 01/11-01/03-210-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda ilgari surilgan g‘oyalar va olingan natijalar uzluksiz ta’lim tizimi bosqichlarida informatika fanini o‘qitishning ilmiy metodik asosi bo‘la olishi asoslangan;
o‘quvchilarning informatikadan bilimlarni o‘zlashtirish va ularning mustaqillik, ijodkorlik, tashabbuskorlik, tadbirkorlik sifatlarining rivojlanganlik darajasini baholashning mezonlarini (motivational-valued, emotional, informative-cognitive, processual-activity)  fanga oid kompetensiyalarni o‘zlashtirish va ob’ektiv baholashning integrativligini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Xalq ta’limi tizimi metodistlari, ta’lim muassasalari defektologi va o‘qituvchi logopedlarining takomillashtirilgan lavozim majburiyatlari hamda ularning faoliyatini baholash mezonlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 16 fevraldagi 01/11-01/03-210-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish sifatining oshganlik darajasini aniqlash mezonlari va mexanizmlarining takomillashuviga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish